Rauf Parfi "Tong otmoqda"



Download 13,79 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi13,79 Kb.
#895678
Bog'liq
Allayarov Xudoyor 1916. She’r tahlili


She’r tahlili
Rauf Parfi “Tong otmoqda”


Tong otmoqda. Tong oʻqlar otar,
Tong otmoqda. Quyosh – zambarak.
Yaralangan Yer shari yotar,
Boshlarida yashil chambarak.

Tong otmoqda. Musaffo tongga,
Yuragini tutar odamlar.
Shu tong uchun kelgan jahonga
Va shu tong deb oʻtar odamlar.

Tong otmoqda…
Rauf Parfi (Tursunali Parfiyev) 1943-yil 27-sentabrda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab o‘rta maktabda o‘qidi. Keyin ToshDUning filologiya fakultetida tahsil oldi. Shundan so‘ng Rauf Parfi adabiy jarayonga faol aralashdi. Respublikaning nufuzli adabiy nashriyotlarida, turli gazeta va jurnallarda faoliyat ko‘rsatdi. Rauf Parfi she’rlari yuksak badiiyati bilan ajralib turadi. Shoir ijodida inson erki, Vatan ozodligi, Turkiston yodi, muhabbat tuyg‘usi kabi adabiy mavzular yetakchilik qiladi. Shoir o‘z quvonchlari, dard-u alami ifodasida, ko‘pincha, tabiat unsurlariga murojaat qiladi.

«Tong otmoqda» she’ri 19-asrning 60 va 70- yillar oralig’ida yozilgan. Bu sher haqida unchalik ham ko’p ma’lumot berilmagan bo’lsada, sherning ko’proq tabiat va odamlarga bag’ishlanganligi, shunchaki oddiy emasligi albatta kishini bee’tibor qoldirmaydi, albatta.


She’r janri haqida gapiradigan bo’lsak, ushbu she’r “murabba” ya’ni “to’rtlik” janrida yozilgan bo’lib, 1 va 3, 2 va 4–misralar o’zaro qofiyalanib kelmoqda. Har ikki bandda ham biz shu holni ko’rishimiz mumkin. She’rning vazniga to’xtaladigan bo’lsak, she’r “barmoq” vaznining sodda shaklida yozilgan. Biz buni bilib olishimiz uchun har bir misradagi bo’g’inlar soniga e’tibor berishimiz kerak. Ushbu she’rning har bir misrasi 9 ta bo’g’indan iborat va bu uning sodda shaklda ekanligini anglatadi.
Ushbu she’rda shoirning umidlari, yorqin tuyg‘ulari ifodasini topgan. E’tibor berilsa, bunda quyosh zambarakka, uning zarrin nurlari o‘qlarga qiyoslangan. Quyoshdan tinimsiz o‘qlar yog‘iladi go‘yo. Aslida, bu o‘xshatish bejiz emas. Fizik qonuniyatlarga ko‘ra, nurning zarralar ko‘rinishida tarqalishi ham mavjud voqelikdir. Yer shari shoir tasavvurida o‘sha zarralar oqimi – o‘qlardan yaralangandek ko‘rinadi. Keyin shoir nigohi tabiat hodisasidan insonlarga ko‘chadi. Har kuni saharda uyg‘ongan odam musaffo tong bilan qarshilashadi. Tong pokizaligi odamlar yuragiga ko‘chadi. Bu she’rning juda sodda zohiriy ma’nosini shunday tahlil qilish mumkin. Ammo Rauf Parfi she’rlari bir marta o‘qib qo‘yiladigan va darhol uqib olinadigan sodda she’rlar sirasiga kirmaydi.
She’riy san’atlar haqida gapiradigan bo’lsak, ushbu misralarda “tajnis”, “takrir”, va “tazod” san’atlari qo’llanilgan:


Tong otmoqda. Tong oʻqlar otar,
Tong otmoqda. Quyosh – zambarak.
Yaralangan Yer shari yotar,
Boshlarida yashil chambarak.
Birinchi mirsadagi “Tong otishi” va “o’q otilishi” da otmoq so’zi tajnis sifatida kelgan. Takrir san’ati esa birinchi va ikkinchi misralardagi “tong” so’zining takrorlanishidan yuzaga kelgan. Shuningdek, oxirgi ikki misralardagi “yaralangan yer shari” va uning “boshlarida yashil chambarak” deya tasvirlanishi tazod san’atidan ham foydalanilganidam dalolat beradi.
Shaxsan ozim bu she’rni maktab davrlarimda juda sevib mutolaa qilganman. Shu jumkadan, Rauf Parfiga bo’lgan muhabbatim ham aynan shu she’r orqali yuzaga kelgan. Chunki bu she’rni shoir juda ham mohirlik bilan sodda ammo zohiriy ma’no bilan boyitgan. Avval ham aytganimizdek, Rauf Parfi she’rlari bir marta o‘qib qo‘yiladigan va darhol uqib olinadigan sodda she’rlar sirasiga kirmaydi. Har gal o’qiganingizda yangi ma’no, yangi mazmun topaverasiz. Shuning uchun ham Rauf Parfi ijodiga alohida hurmat bilan qarayman.
Download 13,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish