“Tasdiqlayman”
Ohangaron shahar
MTB tasarrufidagi
4-sonli KTIMTT v/b mudirasi:
___________Bekmurzaeva R.I
Ohangaron shahar maktabgacha ta’lim
bo’limi tasarrufidagi 4-sonli KTIMTT
OCHIQ MASHG’ULOT
(III - Kichik guruh)
Defektolog: Suleymanova N.A
Ohangaron sh
2021 yil
Faoliyatni amalga oshirish
Texnologiyasi:
Faoliyat: Til va nutq markazida.
Metodik: Ko’rgazmali – suhbat.
Shakli: Jamoaviy guruh shaklida.
Mavzu: “Yangi yil nima? ’’
Ta’limiy maqsad: Bolalarga yangi yil haqidagi bilimlari mustahkamlash. Bolalarni qish quvonchlari
haqidagi fikrlarini kengaytirish. Ularning
og’zaki nutqini rivojlantirish. She’r va ashulalarni
do’stlari bilan yod olish malakalarini tarbiyalash.
Korreksion maqsad: Savollarga o’ylab aniq va to’liq javob
berishga, ikrlarini erkin aytishga undash.
To’g’ri nafas olishga o'rgatish. Mayda
qo’l matorikalarini o’stirish. Lug’at
boyliklarini kengaytirish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalarga defektologni diqqat bilan
tinglash, do’stlarini hurmat qilish,
faoliyat davomida bir-birlarini tinglay
olishga ahamiyat berish.
Kerakli jihozlar: Yangi yil tasvirlangan rasmlar,
Kartochkalar,she’rlar to’plami, hikoyalar.
Defektolog: Assalom, yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y, rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling,
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalomu aleykum, aziz mehmonlar, mehribon ustozlar.
Kirib kelgan Yangi 2021 – yilingiz muborak bo’lsin.
Faoliyatimizni boshlashmizdan oldin sizlar bilan nafas mashqiniqilib olamiz. Qog’ozdan yasalgan “qor parchasini” puflaymiz, qani kimning puflashi uzoq davom etar ekan. Nafaslarimizni rostlab olib faoliyatimizni boshlaymiz.
Bolajonlar, bugungi ochiq faoliyatimizning nomi “Yangi yil nima?” Keling, bu savolimga mana bu suratlarga qarab o’zingiz javob bering.
Bolajonlar rasmlarga qarang bu qaysi fasl.
Bolalar: Bir ovozdan Qish deb javob berishadi.
Defektolog : juda to’g’ri bolajonlar. Qish faslining nechta oyi bor va ularni birgalikda sanaymiz.
Bolalar: Dekabr, Yanvar, Fevral.
Defektolog: Juda to’g’ri.
Qish deganda eng avvalo, ko’z ongimizga qor keladi.
Qishning eng katta quvonchi – qor. Qishda ko’p o’zgarishlar bo’ladi: suvlar muzlaydi, dalalar qor bilan burkanadi. Daraxtlar oppoq tusga kiradi. Faqat archalar yam – yashil bo’lib turadi.
Defektolog: Bolajonlar qish faslida hammamizning eng yaxshi ko’rgan bayramimiz bu Yangi yil. Yangi yil hammamiz orziqib kutadigan bayram. Yaqinda bizning bo’g’chamizda ham Yangi yil bayrami nishonlandi. Bayramda yodlagan sherlaringizdan bizga yana aytib bering.
Quvonch: Qorbobomiz oppoq,
Peshonasi yalpoq.
Xassasi uzunchoq,
Ko’proq bering o’yinchoq.
Defektolog: Barakalla o’g’lim. Yana kim aytadi.
Tolibjon: ----
------
-------
-------
Defektolog: Barakalla! Raxmat.
Qoyil, bolajonlar. Yangi yil hammamiz orziqib kutadigan bayram. Hozir diqqatingizni monitorga qarating. U erda barcha mamlakatlar vakillari yangi yilni qanday kutib olishlari haqida ko’rsatilgan.
Hindistonlik bola: - Hindistonda bayram kechasi barcha shirinso’z, nazokatli
Do'stlaringiz bilan baham: |