TERMIZ DAVLAT UNVERSITETI MILLIY LIBOS VA SA’NAT FAKULTETI MADANIYAT VA SA’NAT YO’NALISHI 2-KURS 220-GURUH TALBASI RAJABOVA GULSHODANING O’ZBEK ADABIYOTI FANIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
Rauf Parfi (Tursunali Parfiyev) (27-sentabr 1943-yil, Shoʻralisoy qishlogʻi, Yangiyoʻl tumani, Toshkent, Oʻzbekiston — 28-aprel 2005-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) oʻzbek shoiridir. Otasi Parfi Muhammadamin savodli boʻlib, Fargʻona viloyatining Vodil qishlogʻidan shoʻrolar quvgʻini tufayli Shoʻralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Fargʻonadan edi. Rauf 1958-yilda 8-sinfni tugatgach, oʻqishni Yangiyoʻl shahridagi kechki maktabda davom ettiradi va mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965-yillarda Toshkent davlat unuversitetining filologiya fakultetini tugatgan. Turli yillarda Kinematografiya davlat qoʻmitasi, „Oydin“ gazetasi, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat hamda „Yozuvchi“ nashriyotlarida muharrir boʻlib ishlagan.[1]
Boʻlajak shoir boshlangʻich va oʻrta taʼlimni “Sharq yulduzi” (1-7-sinflar), Shoʻralisoy (53-maktab, 8-9-sinflar), Yangiyoʻl shahridagi Alisher Navoiy nomidagi (10-sinf, kechki) maktablarda oldi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)da tahsil oldi (1960–1965). Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat, “Yozuvchi” nashriyotlari, turli gazeta va jurnallarda faoliyat koʻrsatdi.
Uning “Karvon yoʻli” nomli birinchi kitobi 1968 yilda nashr etildi. Shundan soʻng “Aks sado” (1970), “Tasvir” (1973), “Xotirot” (1975), “Koʻzlar” (1978), “Qaytish” (1981), “Sabr daraxti” (1986), “Sukunat” (1991), “Tavba” (2000) kabi sheʼriy majmualari eʼlon qilindi. Vafotidan soʻng “Sakina” (2013), “Turkiston yodi” (2013) singari saylanmalari bosilib chiqdi.
Rauf Parfi sheʼriyatining asosiy mavzulari – bu shaxs erki, Vatan mustaqilligi va Turkiston, Turk dunyosining birligidir. Bu sheʼriyat – XX asr shaxs shuurini, keskin fojialar dramatizmini ifodalashga jazm etgan jasoratli sheʼriyatdir.
Rauf Parfining “Vatan haqida Bernd Ietshga maktubim”, “Tangri sogʻinchi”, “Sunbula”, “Qora devor”, “Abdurauf Fitrat” (1995) asarlarini olasizmi, Vyetnam urushi haqidagi sheʼrlarinimi, tanka, xokku ‒ uchliklarimi, ularning barchasida adolatsizlikka, haqsizlikka nisbatan nafrat, gʻazab tuygʻulari limmo-limdir.
Rauf Parfi K. Kaladzening “Dengiz xayoli” (1972), Bayronning “Manfred” (1973), A. Salamatning “Oltin bolta” (1974), I. Noneshvilining “Shiddat” (1976), A. Dyumaning “Uch sarboz” (pyesa, 1980), N. Hikmatning “Inson manzaralari” (1981), A. Tvardovskiyning “Zaytun novdasi” (1981), “Xotira huquqi” (1985), “Uygʻur shoirlari” (1986), “Ozod inson qoʻshigʻi” (1988), U. Saroyanning “Hoy, kim bor?” asarlarini hamda B. Brext, P. Neruda, G. Emin, O. Vatsiyetis kabi qardosh va jahon adabiyoti namoyandalari ijodidan namunalarni tarjima qilgan.
Rauf Parfiga “Sabr daraxti” toʻplami uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi yillik mukofoti berildi. 1992 yilda Xalqaro Mahmud Qoshgʻariy mukofoti bilan taqdirlandi. Turkiyada Diyonat Vaqfi tomonidan oʻtkaziladigan turkiy zabon shoirlar tanlovida gʻolib boʻldi (1993).
Rauf Parfi sheʼriyatimiz rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |