Mavzu: Toshkent viloyatining turistik salohiyati va undan turpaket yaratishda foydalanish yo’llari.
Reja:
1.Toshkent viloyatining geografik joylashuvi
2. Toshkent viloyatining turistik salohiyati
3. Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan ishlar va qarorlar
1.Toshkent viloyatining geografik joylashuvi
Toshkent viloyati O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida, Tyan-Shan tog‘i bilan Sirdaryo daryosi oralig‘ida joylashgan. Viloyatning maʼmuriy markazi Nurafshon shahri hisoblanadi. Toshkent vohasining tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu yerda tosh davri odamlari manzilgohlarining izlari, bronza davri manzilgohlarining qoldiqlari va ko‘hna qalʼa, qo‘rg‘onlarning xarobalari, hamda qoyatoshga uyilgan rasmlar topilgan. Ammo bu o‘lka nafaqat qadimiy tarixi bilan balki, boy tog‘oldi tabiati bilan o‘ziga jalb etadi. Siz bu yerda dam oluvchilar uchun barcha sharoitlarga ega Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida quyoshda toblanishingiz, Ugam-Chotqol tabiiy parki bo‘ylab sayohat qilishingiz, sirli g‘orlar, tog‘li sharsharalar va oynadek toza ko‘llarni o‘zingiz uchun kashf etishingiz, shunindek Ugam, Chotqol va Pskom tezoqar soylarida suzib tushishingiz mumkin.
Qishki mavsumda esa viloyatning Amirsoy, Chimyon, Bildirsoy va Yangiobod tog‘-chang‘i dam olish maskanlarida dam olishingiz mumkin. Tog‘-chang‘i turizmining asosiy mavsumi noyabr oyidan mart oyigacha davom etadi. Muloyim iqlim, shamolning yo‘qligi, chang‘i poygasi va tez tushish uchun yo‘laklarning ko‘pligi tog‘-chang‘i sporti uchun ajoyib sharoitlarni yaratadi.
Tarix sahifalaridan ma'lumki Toshkent qadimdan Buyuk ipak yo'lidagi savdo – sotiq, ilm fan, hunarmandchilik va madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bo'lgan.Toshkent viloyati 1938 yilda tashkil etilgan bo'lib, Shimoliy va shimoliy – g'arbdan Qozog'iston Respublikasi, shimoliy – sharqdan Qirg'iziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubdan Tojikiston Respublikasi bilan o'zarochegaradosh.Mazkur viloyat mamlakatimizningshimoliy sharqida joylashgan bo'lib Respublikamizning eng rivojlangan va tobora shiddat bilan o'sib borayotgan viloyatlaridan biri hisoblanadi. Viloyat barcha jabhalarda jumladan sanoat, ishlab chiqarish texnologiyalari hamda hozirda taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotida o'sishning muhim yo'nalishlaridan biri bo'lgan turizm sohasida ham bir qancha yutuqlarga erishib, tez suratlarda rivojlanib borayotganini ko'rish mumkin. Toshkent viloyatining o'ziga xos tabiati, joylashuvi, o'z tarixi va bir qancha shunga o'xshash jozibasi bilan ajralib turadi. Toshkent viloyati asosan 2 yo'nalishda: ziyorat va eko turizm sohalari bo'yicha tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlar uchun o'z eshiklarini ochadi. Viloyatda joylashgan Bo'stonliq, Parkent, Zangiota, Angren, Olmaliq tuman va shaharlari alohida e'tiborga loyiq. Ushbu shahar va tumanlar turizmni rivojlantirish yo'lida bir biridan qolishmay kelmoqda. Jumladan Parkent va Zangiota tumanlari ziyorat turizmi bo'yicha etakchilik qilsa, Bo'stonliq tumani va Angren shahri ziyorat hamda eko turizm yo'nalishlari bo'yicha etakchilikni qo'ldan boy bermay kelmoqda. Bo'stonliq tumanida “Chorvoq erkin turistik zonasi”, “Ugam – chotqol milliy bog'i” va Chorvoq suv ombori mavjud bo'lib, bundan tashqari mazkur tumanda katta va kichikligiga ko'ra to'qqizta tabiiy ko'llar hamda balandligi bo'yicha dog'da qoldiruvchi bir biridan go'zal va betakror bo'lgan tog' cho'qqilarini ko'rish mumkin. Parkent tumani o'zining yashil qir - adirlari, urf – odatlari, va qadimiy qadamjolari bilan ajralib tursa, Zangiota tumanida joylashgan ulug' avliyo “Zangibuva” maskaniga islom diniga mansub davlatlardan tashrif buyuruvchi ko'plab ziyoratchilar va chet ellik mehmonlarni jalb etuvchi ziyorat maskanlaridan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda, davlatimiz va shaxsan mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan turizm yo'nalishini yanada rivojlantirish bo'yicha belgilab berilgan bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan: investorlar uchun qulay shart sharoitlar yaratilganligini inobatga olsak, o'tgan mavsumda aynan Bo'stonliq tumanida bir nechta yirik loyihalar amalga oshirilgan bo'lib ular orasidan eng sarasi bu shubhasiz ekstremal chang'i uchish sport turiga mo'ljallanib barpo etilgan “Amirsoy tog' chang'i kurorti” hisoblanadi.
Hozirda ikkinchi bosqich qurilish jarayoni ketayotgan ushbu turizm ob'ekti butun dunyo sayyohlar e'tiborida bo'lib, kelgusida xalqaro musobaqalar o'tkazish orqali turizm salohiyatini yanada yuksaltirish ko'zda tutilgan. Aynan shu sabab yildan yilga Toshkent viloyati mahalliy hamda chet el turistlarini o'ziga jalb etib borishini, turistlarning oqimi va salohiyati sezilarli ortib borayotganligini inobatga olib, 2019 yil 6 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport va turizm ob'ektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” PQ–4229-son qaroriga muvofiq Toshkent viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasida Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tashkil qilinib, tanlov asosida bir nechta xorijiy tillarda erkin so'zlasha oladigan xodimlar bilan jamlandi. Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasining asosiy vazifalari sifatida, eng avvalo, turizm ob'ektlarida jamoat tartibini saqlash, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavf-xatar va tahdidlarni bartaraf etish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, mahalliy va xorijiy sayyohlarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini, shu jumladan, ularning hayoti, sog'lig'i va mol-mulkini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilish belgilangan. Shuningdek, ushbu bo'linmalar xodimlari mamlakatimizga xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan rasmiy delegatsiya vakillarini kutib olish, tashrif chog'ida ularning xavfsizligini ta'minlash va kuzatish kabi muhim vazifalarni ham bajarib kelmoqda. Yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun boshqarma zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan, alohida belgilar va logotiplar bilan ajralib turuvchi engil xizmat avtomashinalari, patrullik xizmatini olib borish uchun mototsikl, skuter, segvey, planshetlar bilan ta'minlangan, shuningdek, xodimlarning o'ziga xos imijini yuksaltirish uchun ekipirovka va tashqi ko'rinishiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Bir so'z bilan aytganda, Toshkent viloyati IIBBning Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi sayyohlarga doimiy ravishda xizmat ko'rsatish, ularga yordam berishga shay. Tizim xodimlari O'zbekistonga keladigan sayyohlarning mamlakatimiz haqida go'zal xotiralar bilan qaytishiga barcha imkoniyat va salohiyatini safarbar etishda davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |