t/r
|
Tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Ijro muddati
|
Moliyalashtirish manbalari
|
Mas’ul ijrochilar
|
1.
|
Toshkent viloyatining “Oltin halqa” turizm logotipini (yo‘nalishga kiritilgan hududlarning turizm xususiyatlarini umumiy fonda aks ettirgan holda) ishlab chiqish.
|
1. Tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2. Toshkent viloyatining “Oltin halqa” logotipining asosiy talablarini belgilagan holda tanlov e’lon qilish.
2. Tanlov natijalari bo‘yicha takliflarni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish.
3. Yakuniy natijalarni Tanlov komissiyasida muhokama qilish va logotipni ishlab chiqish.
|
2020-yil mart
|
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari va homiylik mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
2.
|
“Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarning kirish joyida tasdiqlangan logotip asosida stella o‘rnatish.
|
1. Stella maketini tayyorlash.
2. “Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarning kirish qismida stella o‘rnatiladigan joylarni belgilash.
3. Shahar va tumanlar Toshkent viloyatining “Oltin halqa”siga kirishini ko‘rsatuvchi stella o‘rnatish ishlarni amalga oshirish.
|
2020-yil aprel
|
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari va homiylik mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi
|
3.
|
Toshkent viloyatining “Oltin halqa” yo‘nalishi bo‘yicha turizm xaritasini ishlab chiqish.
|
1. “Oltin halqa” yo‘nalishidagi turizm obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ro‘yxatini shakllantirish.
2. Turizm xaritasini ishlab chiqish.
3. Turizm axborot-markazlari va turoperatorlar orqali turizm xaritalarini turistlarga tarqatish.
|
2020-yil
mart
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zerdavgeokadastr” qo‘mitasi qoshidagi “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi
|
4.
|
“Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarning turizm salohiyati haqida o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi videoroliklar ssenariysini ishlab chiqish va suratga olish.
|
1. “Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi videoroliklar ssenariysini ishlab chiqish.
2. Tayyorlangan ssenariylar asosida suratga olish ishlarini tashkil etish.
|
2020-yil yanvar
2020-yil
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi
|
5.
|
“Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarda “Tomosha-kuzatuv maydonlari”ni barpo etish.
Ushbu maydonlarda turizm axborot markazlari, Toshkent viloyati haritasini (katta shaklda) joylashtirishga alohida e’tibor qaratish.
|
1. “Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarda “Tomosha-kuzatuv maydonlari”ni barpo etish uchun yer maydonlarini belgilash;
2. Belgilangan hududlarda “Tomosha-kuzatuv maydonlari”ni barpo etish.
|
2020-yil iyul
|
Tashabbuskorlar mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zerdavgeokadastr” qo‘mitasi,
Favqulotda vaziyatlar vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi
|
6.
|
Kumushkon qishlog‘ida yil davomida tashkil etiladigan ommaviy, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar ro‘yxatini, har bir tadbirni tashkil etishning aniq muddatlarini ko‘rsatgan holda shakllantirish va tasdiqlash.
|
1. Ommaviy, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Shakllantirilgan ro‘yxatni tasdiqlash.
3. Ro‘yxat asosida tadbirlarni tashkil etish.
|
2020-yil yanvar
2020-yil
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Madaniyat vazirligi
|
7.
|
Toshkent viloyati Oqtosh-Chorvoq yo‘nalishida “Aktash-Charvak mountains” har yilgi velopoyga musobaqasini tashkil etish.
|
1. Velopoyga tashkil etishning tashkiliy masalalarini hal etish.
2. Velopoyga musobaqasini o‘tkazish.
|
2020-yil
may-iyun
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
“Uzreport” telekanali
|
8.
|
“Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarda zamonaviy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish, shu jumladan, Toshkent shahri va viloyatlarda mavjud nufuzli restoran va yengil ovqat shoxobchalarining filiallarini tashkil etish.
|
1. Zamonaviy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish nuqtalarini belgilash.
2. Aniqlangan hududlarni kelishish uchun Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish.
3. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorini qabul qilish.
4. Belgilangan nuqtalarda zamonaviy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash.
5. Loyihalarni amalga oshirish.
|
2020-yil fevral
2020-yil fevral
2020-yil mart
2020-yil mart-aprel
2020-2021-yillar
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Toshkent viloyati hokimligi,
“O‘zerdavgeokadastr” qo‘mitasi
|
9.
|
“Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarda yengil konstruksiyali ovqatlanish shoxobchalarini barpo etish uchun har bir shahar va tumanda kamida 10 ta hudud (nuqta) belgilab, “Shashleek” ovqatlanish savdo nuqtalarini pilot o‘rnatish.
|
1. Yengil ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish nuqtalarini belgilash.
2. Aniqlangan hududlarni kelishish uchun Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish.
3. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorini qabul qilish.
4. Belgilangan nuqtalardagi hududlarni vaqtincha foydalanishga berish uchun tashabbuskorlarini aniqlash.
5. Loyihalarni amalga oshirish.
|
2020-yil fevral
2020-yil fevral
2020-yil mart
2020-yil mart-aprel
2020-2021-yillar
|
Tashabbuskorlar mablag‘lari
|
Toshkent viloyati hokimligi,
“O‘zerdavgeokadastr” qo‘mitasi,
“Shashleek” MChJ
|
|