Kasbim mashaqqatlari



Download 43 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi43 Kb.
#471431
Bog'liq
Kasbim mashaqqatlari Ozoda


Kasbim mashaqqatlari

Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o’zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak ”




I.A.Karimov

Har bir kasbning, har bir sohaning o’z qiyinchiligi va mashaqqatlari bor. Dunyoda oson kasbning o’zi yo’q. Biror bir sohani egasi bo’lish uchun yillar davomida o’qishi va shu sohaning yetuk mutaxassisi bo’lib yetishi kerak bo’ladi. Men tanlagan yo’nalish ham boshqa kasblarga nisbatan ancha mas’uliyatli va sharafli hisoblanadi. Xuddi o’qituvchi o’z o’quvchilarni o’qitib, bilim berib, ularni katta hayotga tayyorlab bergandek, tarbiyachi ham o’z guruhidagi bolalarni har tomonlama yetuk va barkamol qilib, ularni maktab hayotiga tayyorlaydi. Bola maktabga chiqqunga qadar maktab sharoitiga, o’qish davomidagi ruhiy-psixologik jarayonlarga, o’zgarishlarga tayyor bo’ladi. Bola maktabdagi darslarda fanlarni o’zlashtirishga va sinfdoshlari bilan muloqot kirishib ketishga qiynalmaydi. Shunday ekan, men bu sohani tanlaganimga hech ham afsuslanmayman.


Bu Oliygohga kirgunga qadar bir qancha qiyinchiliklarga duch keldim. O’qishga kirib, talaba bo’lishim uchun ikki yil harakat qildim va uchinchi yili men talaba bo’ldim. Esimda, kollejni bitirgan yilim shirin xayollar va orzular bilan O’zbekiston Milliy Universitetiga o’qishga hujjat topshirgandim. “Men talaba bo’laman” deb o’zimni ishontirib qo’ygandim. 1-avgust imtihon kuni esa shunday hayajonlandimki, hatto bilganlarimni unutib qo’ydim, Ancha vaqt o’tirib savollarning javobini belgiladim. O’shanda men katta xato qildim. Birinchidan, men o’zimni bilimimga juda qattiq ishongandim. Ikkinchidan, hamma javoblarni belgilangandan so’ng miyamda “mana bu javoblar noto’g’ri ” degan fikr paydo bo’ldi va qaytadan javoblarni belgilab, javoblar varaqasiga o’sha keyingi javoblarni belgilangandim. Bu xatoyim tufayli men o’qishga kirolmadim.
Ikkinchi yili imtihonga ham juda yaxshi tayyorlangandim. Enda bu safar albatta o’qishga kirishga qat’iy kirishgandim. O’sha yili men Toshkent Davlat O’zbek tili va adabiyoti universitetiga o’qishga hujjat topshirdim. Chunki, O’zMU da ona tili va adabiyot yo’nalishi olinib, alohida universitet tashkil etilgan edi. Men yangi universitetning birinchi talabasi bo’lishga ahd qilgandim. Birinchi ijodiy imtihondan yuqori ball oldim. Shundan o’zimga bo’lgan ishonch ortdi. Biroq, 1-avgust kun imtihonda ham xuddi birinchi yilgi imtihonga o’xshab juda hayajonlandim. Oldingi xatoyimni yana takrorladim. Bu esa menga juda qimmatga tushdi. Men yana o’qishga kirolmadim. O’sha paytlarda o’zimga bo’lgan ishonchim so’ndi, hayotga bo’lgan qiziqishim qolmadi. Men uchun hayot tugagandek edi, go’yo. O’qishga kiraman deb o’qigan barcha kitoblarimni bir chetga surib qo’ydim. Peshonamga oliy o’quv yurtida o’qish menga nasib qilmagan ekan, degan o’y-xayollar meni yanada qiynardi.
Ikki yil davomida men o’qishga kirish uchun ham tayyorlandim, ham ishladim. Toshkent Aloqa kollejini bitirganim uchun aloqa sohasida operator bo’lib ishladim. Ikki yil ishlab, men shuni anglab yetdimki, ishlab pul topish oson emas. Ayniqsa, biz farzandlar kamoli uchun, bekamu ko’st qiynalmay o’sishimiz uchun tinim bilmay ishlayotgan ota-onamning qadriga yeta boshladim. Avvallari maktab, kollej paytlarida “Buncha pul bering”, “Mana bu narsani olib bering” deb ota-onamga xarxasha qilardim. Aytgan narsamni olish uchun pul bermasalar ulardan xafa bo’lardim. Endi esa o’zim ham ishlab, ota-onamni qattiq ranjitganimni tushunib yetdim. Mehnat orqali kelgan rizq qanchalik shirin va totli bo’lishini va bu dunyoda har bir odam faqat halol mehnat tufayli baxtli hayot kechirishi mumkinligini anglab yetdim. Aloqa sohasida ishlagan paytimda bidimki, har bir kasbning o’ziga yarasha qiyinchiligi bor. Masalan, men kun bo’yi ishda faqat kompyuter oldida o’tirib, ma’lumotlar, hisobotlar kiritardim, Kun oxiriga kelib juda charchardim, ko’zlarim qizarib ketardi. Ertasiga ham shu hol takrorlanardi. Lekin, shunga qaramay, bu yerda ishlash menga yoqardi, Birga ishlaydigan hamkasblarim bilan juda inoq edim. Ular “Sen o’qishing kerak. Umidingni so’ndirma, albatta, o’qishga kirasan” deb menga dalda berishardi.
Bu yil butunlay boshqa oliy o’quv yurtiga, ya’ni ushbu Toshkent davlat pedagogika universitetiga hujjat topshirdim. Bunga asosiy sabab, onam shu universitetda o’qiganlari uchun men ham shu yerda o’qishga qaror qildim. To’g’risini aytsam, bu yil menda o’qishga kirish uchun o’zimga bo’lgan ishonch ikki yil mobaynida talaba bo’lolmaganim uchun ancha so’ngandi va bu yil “nima bo’lsa bo’lar, peshonamda borini ko’rarman” deb tavakkal qildim. 1-avgust kungi imtihonlarda esa juda xotirjam edim. Javoblarni belgiladim, o’tgan yillardagi xatoyimni takrorlamadim. va imtihon tugashidan bir soat oldin xonadan chiqdim. Uyga kelgach esa buyog’i nima bo’lishi menga qiziq emasdi. Chunki, men bu yil umuman tayyorlanmagan edim, o’qishga kirolmasligimga o’zimni butkul ishontirib bo’lgandim.
Nihoyat, 15-avgust kuni imtihon javoblari chiqdi. Qizig’i, hatto imtihon javoblarini bilishga ham bormadim. Biroq , otam internet orqali javobni bilgach, onamga qo’ng’iroq qildilar va meni o’qishga kirganim bilan tabrikladilar. Buni eshitib bir zum karaxt bo’lib qoldim. O’zimga kelgach, shunaqangi xursand bo’dimki, hatto ko’zlarimga yosh keldi. Ko’z o’ngimda o’qishga kirgunga qadar kechirgan qiyinchiliklarim, ishlagan paytimdagi mashaqqatlar, charchashlar, ota-onamning har kungi duolari birma-bir o’ta boshladi. Talaba bo’lish baxtiga yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar keltirdim. Bu xabarni eshitgan barcha qarindoshlarim, do’stlarim, hamkasblarim va ustozlarim juda xursand bo’lishdi. Bu hayotimdagi eng unutilmas kun bo’ldi.
Nihoyat, men kutgan kun keldi. Universitetga kirar ekanman, o’zimni dunyodagi eng baxtli odam deb hisoblardim. Menimcha, bunday holatni talaba bo’lgan barcha yoshlar his qilsa kerak. Universitetda o’qishlar ham boshlandi. Tan olib aytaman, eng kuchli va bilimli o’qituvchilar aynan oliy o’quv yurtida qolib ishlar ekan. Har bir ma’ruzalar, amaliy darslar belgilangan reja asosida, batafsil tushuntirib olib boriladi. Men bu yerda ikki oy mobaynida o’qib, o’qituvchilarning bergan bilimlari orqali tanlagan sohamga bo’lgan qiziqish ortib bordi va hozirda bu maktabgacha ta’lim yo’nalishini tanlaganimdan hech ham afsuslanmayman.
Bugungi kunda mamlakatimizda barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Bu haqda birinchi prezidentimiz Islom Karimov shunday degan: “Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kungi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib, o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lishiga bog’liq”. Darhaqiqat, yurtimizda barkamol avlodni tarboyalashda ta’lim sohasida xususan, maktabgacha ta’lim tizimida muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bir qator qarorlari, farmonlari asosida islohotlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri bu Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilganligidir. Ushbu vazirlik zimmasiga maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, mamlakatimizdagi barcha bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarga to’liq qamrab olinishi borasida, shuningdek, yetuk va malakali pedagog kadrlarni tayyorlash bo’yicha bir qator vazifalar yuklatildi. Muhtaram prezidentimiz so’nggi 5 yil ichida davlatimizdagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga to’liq 100 % qamrab olinishi haqida alohida ta’kidlab o’tdilar. Prezidentimiz qarori bilan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga 3 yoshdan qabul qilinadigan bo’ldi. Bundan ko’rinadiki, maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish hamda yetuk kadrlarni tayyorlash davlatimiz oldida turgan muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Men nega bu sohani tanladim? Bilamizki, bola xuddi niholga o’xshaydi. U parvarishga, e’tiborga muhtoj, O’z vaqtida sug’orilib qarab turilmasa, nihol to’g’ri o’smay qolishi aksincha qiyshiq o’sishi mumkin. Bola ham xuddi shunday. Agar biz bolaga to’g’ri tarbiya bermasak yoki ularga o’z holiga tashlab, e’tibor bermasak, kelajakda ular o’z yo’lini topishga qiynalishadi. Natijada ular jamiyatga hech qanday foydasi tegmaydigan shaxs bo’lib yetishadi. Bola tarbiyasida nafaqat ota-ona balki, tarbiyachi-o’qituvchilar ham mas’ul hisoblanadi. Maqsadim, men tarbiyalagan bolalar kelajakda xalqiga va vataniga foydasi tegadigan barkamol inson bo’lib yetishsin. Zero, vatan kelajagi - yoshlar qo’lida. Men ushbu universitetni bitirib, shu sohada katta-katta yutuqlarga erishishib, yurtimiz ravnaqi va istiqboli uchun o’z hissamni qo’shmoqchiman.
Men shu universitet talabasi ekanligimdan faxrlanaman. Mamlakatimizdagi barcha oliy o’quv yurti talabalarini 17-noyabr Talabalar kuni bilan chin dildan tabriklayman. Barchangizga o’qishingizda omad, zafar va muvaffaqiyatlar tilayman.!
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
101-guruh talabasi
Abduqodirova Ozoda
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish