"Sotmaydi yurtini biror otboqar, Sotsa zerikkandan "ziyoli " sotar!"



Download 33,03 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.02.2023
Hajmi33,03 Kb.
#914684
Bog'liq
Vatan



VATAN 
(HIKOYA) 


“Sotmaydi yurtini biror otboqar,
Sotsa zerikkandan “ziyoli “ sotar!..” 
Muhammad Yusuf she`ri.
Ikki kundan beri O`sh shahrining ko`chalarida muallaq turib qolgan tumanning 
mevasi o`laroq, uchunchi kuni, nihoyat qor yog`di. Ko`chada qolgan mashinalar 
ustidagi qorlar, yalang`och daraxtlar, odamlarning og`zidan chiqayotgan hovurlar 
qish kayfiyatini yanada yorqinlatayotgan edi. 
Erkin uyidan chiqqan payt qor yog`ishi yana ham tezlashib, ko`chalarga chiroyli 
tus berayotgan edi. Garchi u qorda sayr qilishni yoqtirsa ham, ayni vaqtda 
shoshilyotgani uchun tezroq “taxi”ga o`tirishi kerak edi. Aslini olganda u unchalik 
ham kech qolmayotgandi, lekin, bugungi kun u uchun o`ta ahamiyatli bo`lgani uchun 
ko`ngliga qorda sayr qilish sig`madi.
U egniga uzun qora palto, pastiga bo`lsa soddaroq qora shim va oyoq kiyim kiyib 
olgan edi. Bularning barchasi qora tusda bo`lib, uning oppoq yuziga xoldek yarashib 
turgan edi. Erkin sutdek oppoq asfaltda omonatgina borayotgan yengil mashinalarga 
birin-ketin qo`l ko`tara boshladi. Chamasi, ularning hech biri ortiqcha yo`lovchiga 
muhtoj emas edi shekilli, uning qo`llari qizargancha, havoda muallaq turib, javobsiz 
qolaverdi. U o`zini bosmaxonaga hayallayotgandek his qila boshlagan ham ediki, 
oldiga havorang tusdagi “matiz” kelib to`xtadi. Erkin eshikni ochib:
- Assalamu alaykum, aka, markazga - dedi. Haydovchi unga boshini qimirlatib 
“ha” ishorasini qilgach asta mashinaga o`tirdi. Haydovchi qorachadan kelgan, soqoli 
qirtichlangan, burun kataklari keng va semizgina bo`lgan bir soddanamo odam edi. 
Egnidagi kiyimlari ko`rimsiz va ancha eskirgan bo`lsa-da, kishini e`tiborini 
tortadigan darajada emasdi. U o`zidan ham ko`ra mashinasiga e`tibor qaratadigan 
odamlar sirasiga kirsa kerak. deb o`yladi Erkin. Rostdan ham uning mashinasi juda 
ozoda bo`lganligi uchun, unga o`tirgan kishi endigina mashinasini yuvdiribdi, deb 
gumon qilishi mumkin edi. Mashinaning oynasiga tasbeh bog`lab qo`yilgan, 
oynaning o`zi esa negadur tepaga qaratib qo`yilgan edi (Erkin orqadagi bolali 
kelinchakni keyinroq payqadi).
Mana yo`lni yarmiga yetishsa hamki, haydovchi “churq” etmasdi. “Odatda 
haydovchilar sergap bo`lardi, bunisi “ichimdagini top” deydiganlardan ekan-ku” dedi 
Erkin. U ayni vaqtda haydovchi gap boshlashini va u nimadur qilib suhbat mavzusini 
o`zining “ijod”iga burishni xohlardi. Ha nima? Haydovchi kimni mashinasida olib 
ketayotganini bilib qo`ysinda! Kimsan Erkin Boyqobilov! Bu shaharda ikkita iqtidorli
yosh shoir bo`lsa bittasi shu qahramonimiz. Agar u bitta bo`lsa ham, shu kishining 
o`zlari edi.
Erkin endigina yigirmani qoralagan bo`lsa ham, (nazarida) ulkan natijalarga 
erishgan edi. Garchi, she`rlarini tog`asining nashriyotidan boshqasi qabul qilmasa 
ham, mahallada shoir degan nom chiqardi. Bu nom uni juda ulug`namo qilib 
yuborgan, endilikda uning she`rlari mahalla xotinlari-yu, choyxonani qarorgoh tutgan
kishilarning suhbatida bosh mavzuni egallagandek edi go`yo. U endilikda bu 


mahalladagi kishilardan, yo`q, shu shahardagi kishilardan o`zini bir pog`ona balandda
deb o`ylardi.
Erkin nima qilib bo`lsa ham bu kishining oldida hurmat qozongisi, yaxshi 
taassurot qoldirgisi kelardi. U gapni nimadan boshlashni bilmay miyasi g`ovlab ketdi.
Yuragi siqilib, bu bezabon haydovchini ichida qarg`ashni boshladi. U oynadan 
tashqariga qarab sassiz ketib borar, mashinaning ichi qabristondek jimjit edi. Shunda 
bir fikr Erkinning miyasidan yalt etib o`tdi. Qovog`i solingan shoirning chehrasi 
yorishdi. Yuzida g`olibona tabassum namoyon bo`ldi. U asta tomoq qirgancha gap 
boshladi: 
- Anchadan beri haydovchilik qilasizmi, aka?
- Yigirma yildan beri.
- Ha-a-a-a, sezildi. Qish, yog`ingarchilik bo`lsa ham mashinangiz juda ozoda 
ekan. Haydovchi maqtovdan erib javob berdi – Bu jonivorga yaxshiroq 
qaramasangiz, bir pastda shalaxo`rdasi chiqib ketadi. Yangidek, yaltillatib minib urish
kerak-da mashinani.
Erkin mashinaga tushunmasdi, shu sabab zo`rga ulagan suhbat zanjiri uzulib 
ketilishidan xavfsirab darhol gapni ilib ketdi.
- Ha bu gap bilan bo`lib, ismingizni ham so`ramabman aka.
- Karimjon ismim. Siznikichi?
U aynan shu “siznikichi?” degan savolni kutib turgan edi. Berilgan savoldan u 
xuddi tilla topgan gadoydek xursand bo`lib ketgan edi.
-Erkinjon. Bobom rahmatli qo`ygan. Erkin Vohidovdek shoir bo`lsin, deb niyat 
qilgan bo`lsalar kerak. Mana hozir niyatini amalga oshirib yuribmiz. 
- Shoirmisiz?
- Ha. Mana hozir ham nashriyotga ketyapman. Yangi she`rlarimni bostirish uchun 
(u she`ridan bir ikki qator o`qib bermoqchi edi-ku, lekin negadir fikridan qaytdi). 
Men asosan vatan haqida yozaman. Bilasizmi, men shahrimizdagi har bir daraxtni, 
undan to`kilgan har bir barkni qog`ozga tushirgim keladi. Vatanga bo`lgan 
muhabbatimni she`rlarim orqali ifoda etaman. “Адекватный” odam she`rlarimni 
o`qib, hozirgi she`rlardan tubdan farq qilishini tushunadi. 
U o`rni bo`lmasada amallab “адекватный” degan so`zni qistirib o`tib ketdi. 
Suhbatdoshini oldida obro` orttirish uchun nodir terminlarni qo`llash uning odati edi. 
Uzoq davom etgan nutqdan keyin Erkin so`zni haydovchiga berdi. U juda 
bolaxonador so`zlaganini his etar va ayni damda suhbatdoshining og`zidan 
maqtovlarni qabul qilishga shay turar edi.
Haydovchi xotirjam gap boshladi – Men uka… unaqa gapga chechan odam 
emasman. Vatan haqida she`r yozish tugul ikki og`iz gapirib ham berolmayman. 
Mana yigirma yildan beri haydovchilik qilayotgan bo`lsam ham, lekin mashinamning
oynasidan biror marta axlat uloqtirmaganman.
Erkin xuddi “bo`ldimi” deganday unga bir pas tikilib turdi. Haydovchi hech nima 
demagach, yana yo`lga qarab oldi. 
Manzilga yetib kelgach Erkin pulni to`lab mashindan tushdi va haydovchini 
she`riyatni tushunmaganlikda ayblab, tahririyatga kirib ketdi.

Download 33,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish