(Tabiat bilan tanishuv)
Bolalarni kiyim kechaklar bilan tanishtirish usullari.
Kiyim-kechaklar, bosh, oyoq kiyimlarining ahamiyati va bajaruvchi vazifalari, ularning qismlari, har bir faslga xos bo‘lgan kiyim-kechaklar.
Leksiko-grammatik mashq va o‘yinlar
• “So‘zni yakunlang”. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha lug‘atni o‘zlashtirish: ko‘y . . ., yub . . ., qal . . ., shlya . . ., tuf . . ., et . . ., pal . . ., shi . . ., bo‘ . . ., pay . . ., xa . . ., jem. . ., kurt . . ., qo‘l . . . va h.k.
• “Sayrga nima kiyib chiqamiz?” Kiymoq fe’lini o‘zlashtirish.
Bolalarning qo‘llarida rasmlar bo‘lib, logoped savol beradi: “Siz nima kiyasiz, Dildora-chi?” Bola esa javob beradi: “Men futbolka kiyaman, Dildora esa ko‘ylak kiyadi” va h.k.
• “Qanday kiyim?” Kiyim so‘ziga mos keluvchi sifatga oid so‘zlarni topish: ust …, bola …, katta …, ayol …, erkak …, spo …, mavsum …, qish …, yoz …, kuz …, bahor …, to …, bayra …, is …, chiroy … va h.k.
ust…
yoz…
bola…
kuz…
katta…
bahor…
ayol…
to…
erkak…
bayra…
spo…
is…
mavsum…
chiroy…
qish…
• “Teskarisini ayting”. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha fe’llarni o‘zlashtirish: kiymoq – yechmoq, sotib olmoq – sotib yubormoq, boylamoq – yechmoq, taqmoq – yechmoq, dazmollamoq – g‘ijimlamoq, osmoq – yig‘ishtirmoq, yuvmoq – kir qilmoq, taxlamoq – yoymoq.
• “Mos so‘zni toping”. Kiyim so‘ziga mos keluvchi fe’lni topish: kiymoq, yechmoq, sotib olmoq, tikmoq, to‘qimoq, kiyib yurmoq, taqmoq, dazmollamoq, yamoq solmoq, yuvmoq, quritmoq, osmoq va h.k.
• Nima yetishmayapti?” Kiyim-kechak, oyoq va bosh kiyimlarining qismlari bilan tanishtirish. Bosh kelishikdagi so‘zlarni o‘zlashtirish.
Logoped rasmning biror-bir qismini berkitgan holda kiyimlar rasmini ko‘rsatadi. Bolalar esa uni sharhlaydilar: “Ko‘ylakning yengi yetishmayapti”.
Namuna uchun so‘zlar: cho‘ntak, yoqa, manjet, tugma, belbog‘, zamok, ishtoncha, poshna, bog‘ich.
• “Nima bilan?” Kiyim haqidagi bilimlarni mustahkamlash. -li bog‘lovchisi yordamida gap tuzishni o‘zlashtirish.
Logoped bolalarga kiyim-kechaklar, oyoq va bosh kiyimlarining nomlarini sanab o‘tishni, shuningdek, sanab o‘tilgan kiyimlarning qismlarini aytib o‘tishni taklif etadi.
Mening ko‘ylagim yoqali.
Mening yubkam belbog‘li.
Mening sharfim popukli.
Mening tuflim poshnali va h.k.
Bog‘langan nutqni rivojlantirish
• Tasvirlovchi hikoyalar tuzish.
“Ko‘ylak – ayollar kiyimi. U matodan tikiladi. Ko‘ylakning yoqasi, yenglari, belbog‘i, tugmalari bor. Uning rangi qizil bo‘lib, oq gullari mavjud”.
“Ko‘ylak – bu erkaklar kiyimi. U matodan tikiladi. Ko‘ylakning yoqasi, yenglari, manjetlari, cho‘ntagi, tugmalari va tugma o‘tkazish uchun teshikchalari bor. U yo‘l-yo‘l”.
“Etik – bu oyoq kiyimi. U teridan tayyorlangan. Etikning qo‘nji, zamogi, tag qismi, poshnasi bor. Etikni qishda, kech kuzda va erta bahorda kiyish mumkin”.
Jismoniy daqiqa – logoritmika
• Nutqiy harakatli o‘yin “Biz rasmlar bilan o‘ynaymiz”. Rasmlar o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha.
Biz rasmlar bilan o‘ynaymiz,
Uni bo‘g‘inga bo‘lamiz.
Kaftlaringni sen ko‘rsat,
Endi bir oz chal chapak.
Bolalar bir-birlariga qarab turib oladilar. Birinchi bola she’rning ritmiga mos ravishda ikkinchi bolaning kaftlariga kaftlarini tekkizadi.
“B” tovushi artikulyatsiyasi va talaffuzini aniqlashtirish. “B” harfi.
• Tovushning tavsifi (undosh – cho‘zib aytilmaydi, jarangli, ovoz ishtirokida aytiladi, portlovchi, lab undoshi.)
• “Teskarisini ayting”: ba – bya, be – bi, bu – byu, bo – bo‘, be – bye, bor – bog‘, borla – bog‘la, yubka – yupqa, bozor – bahor.
• “Gap tuzing”. Namuna asosida gap tuzish: “Kamolaning kitobi ko‘k rangda. – Kamolaning kitobchasi ko‘kimtir rangda”.
So‘zlar juftligi: ko‘ylak – ko‘ylakcha, lenta – lentacha, tufli – tuflicha, munchoq – munchoqcha, poshna – poshnacha, futbolka – futbolkacha, etik – etikcha, yubka – yubkacha, belbog‘ – belbog‘cha.
Mashg’ulotni yakunlash.
Tayyorladi 1-guruh tinglovchisi: Nuraddinova Sohiba.
Sana_________
Do'stlaringiz bilan baham: |