6 sinf Adabiyot (2009-yil nashri)



Download 444,5 Kb.
bet17/42
Sana31.12.2021
Hajmi444,5 Kb.
#269766
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
2 5204010236733557737

Dovud payg‘ambar

57. «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagi qaysi qissada bir necha hikoyat, latifa, bayt, g‘azal va boshqa janr namunalari uchraydi? Yusuf qissasida

58. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida Manzara: «Haq taolodan nima talab qildingiz?» – deganida Sulaymon payg‘ambar qanday javob beradi?

«Bir mulk tiladimki, andog‘ mulk hech kimga berilmish yo‘q».

59. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da Nuh alayhissalom qaysi jonzotga eng shirin go‘shtni aniqlab kelishni buyuradi? Ariga

60. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da shayton uzumni uchinchi marta nimaning qoni bilan sug‘oradi? To‘ng‘izning qoni bilan

61. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan «ma’siyat» so‘zining ma’nosini ayting. «... bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqlug‘, ko‘p yozuqlug‘...» Shariatga xilof tarzda ish tutish, gunoh

62. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da ari (oru)ga: «Ey birodar, tilingni chiqorg‘il, man totib boqay», – deb qaysi jonzot aytadi va uning tilini uzib oladi? Qaldirg‘och

63. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida Sulaymon payg‘ambar: «Hammasini qochirib o‘zing na uchun qochmading?» – deb kimga aytadi? Mo‘rchaga

64. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da qaysi jonzot kemani teshib qo‘yadi va suv kira boshlaydi? Sichqon

65. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?



«Bir kecha andog‘ so‘zlayurda Mavlo taolo bir farishtani izdi (jo‘natdi) bir qurtqa (kampir) surati uza. Andin so‘radi: «Podshohingiz netak turur, ontasi (shunisi) bor, kishilar molin yeyur». Dovud payg‘ambar

66. «Qisasi Rabg‘uziy»da: «Taxti bir yig‘och yer ichinda. Ul taxtni oltun, kumush birla qilmish erdi», – deya kimning taxti ta’riflanadi? Sulaymon payg‘ambarning

67. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi qissa va hikoyatlar orasida o‘nlab she’rlar ham mavjud bo‘lib, bahor vasfiga bag‘ishlangan birinchi o‘zbek g‘azali ham Rabg‘uziy qalamiga mansub va u quyidagi qaysi misralar bilan boshlanadi?

Kun hamalga kirdi ersa keldi olam navro‘zi,

Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori, buzi

68. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azalining ruknlar taqte’si qanday?



- V - - / - V - - / - V - - / - V -

69. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida Rabg‘uziy shaxs kamoloti faqat jismoniy sifatlar bilan belgilanmasligini buning uchun undagi aqliy-ma’naviy fazilatlar ustun bo‘lishi lozimligini qaysi obraz misolida ta’kidlaydi? Chumolilar podshosi

70. «Qisasi Rabg‘uziy» asarida kimlar haqidagi qissalar Rabg‘uziyning olam va odam haqidagi qarashlarini badiiy jihatdan ifodalash uchun vosita bo‘lgan? Payg‘ambarlar

71. «Qisasi Rabg‘uziy»da kimga bag‘ishlangan she’riy madhiyada uning «ortug’ yaroqlig’ siyrati», «arslon mengizlik savlati», «ko‘rklug sifatlig‘ surati», «tuz so‘zlayur so‘zni uqa» singari sifatlari keltiriladi? Nosiriddin To‘qbo‘g‘aga

72. “Qisasi Rabg‘uziy”da qissalar tarkibida uchraydigan hikoyatlar haqidagi to‘g‘ri fikrlarni ayting. 1) Hikoyatlar qissalardagi muayyan voqea-hodisalar yoki alohida qahramonlarning tegishli xususiyatlarini izohlash vazifasini bajaradi; 2) Hikoyatlar ham nasrda, ham nazmda bitilgan; 3) Hikoyatlarning hajmi ancha keng, shunga ko‘ra ularning sujeti ham anchayin murakkab hisoblanadi; 4) Hikoyatlarda og‘zaki ijodning kuchli ta’siri seziladi, xatto latifa janriga xos tasvir usullari ham ko‘zga tashlanadi; 5) Hikoyatlarda hikoyatchilikning keyingi davrlarida ko‘zga tashlanadigan batafsil tasvir kurtak holidagina uchraydi. 1, 2, 4, 5

73. Ramal vaznining rukni foilotun ohanglariga tayanadi va bir baytda bu rukn sakkiz marta qo‘llangani uchun qaysi nomni oladi? Musamman

74. O‘zbek adabiyotidagi ilk g‘azal muallifi kim? Nosiruddin Rabg‘uziy

75. Quyidagi parcha «Qisasi Rabg‘uziy»ning qaysi hikoyatidan olingan?



«Qo‘yda tildan, yurakdin yaxshiroq yo‘q. Agar yovuz ersa tildin, yurakdin yovuzroq yo‘q».

«Luqmon va uning xojasi» hikoyatidan

76. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatidan olingan quyidagi parchada Sulaymon payg‘ambar taxtida lashkari bilan havoda uchib borayotganlarida qaysi jonzotning yerda quyidagi so‘zlarni aytayotganini eshitadi?



«…Qochg‘il, yerning tagiga kir, nobud bo‘lursan, charoki, Hazrat Sulaymonning lashkarlari o‘tadir. Poymol bo‘lmag‘il». Qarinchg‘aning

77. Rabg‘uziy yirik shoir va adib bo‘lishiga qaramasdan, uning «Qisasi Rabg‘uziy»dan boshqa asarlari haqida ma’lumotlar mavjud emas, ushbu asarning kimning topshirig‘i asosida yozilganligi ma’lum? Nosiruddin To‘qbo‘g‘aning

78.“Qisasi Rabg‘uziy”dagi “Yilon va qarlug‘och hikoyati”da mushuk qayerdan paydo bo‘ladi?

Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, burnidan tushadi.

79. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?



«Ey Sulaymon, aning ma’nisi olam yeldek o‘tar. Aning borcha ishi behudadur. Yelning vujudi bo‘lmas, hamma ishlari foniydur. Ani minguncha ma’rifat markabini minganingizda erdi, ko‘z yumub ochg‘uncha Arshi a’loga borur erdingiz». Mo‘rcha

80. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida quyidagi so‘zlar qaysi obraz tilidan aytiladi?



«Man bu zaif holim birla har kecha uxlamay hamma lashkarlarimning atrofini aylanib, agar ag‘riqi bo‘lsa, borib ko‘rub sihatligiga muhojot qilurman...» Manzara

81. “Qisasi Rabg‘uziy”da qaysi hikoyatlardagi voqealar Nuh payg‘ambarning kemasi ichida bo‘lib o‘tadi? «Uzum hikoyati», «Yilon va qarlug‘och» hikoyati

82. «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da ilon (yilon) xizmati uchun nimani so‘raydi?

Go‘shti shirin bo‘lgan jonzotni

83. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada qaysi tarixiy shaxs ulug‘langan?



«...yigitlar arig‘i (poki), ulug‘ otlig‘, qutlug’ zotlig‘, ezgu xulqlig‘, islom yorig‘liq, mo‘g‘ul sanilig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengiz beg». Nosiruddin To‘qbo‘g‘a

84. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da keltirilishicha, chog‘ir (may, sharob, kishini sarxush qiladigan ichimlik) ichgan odam qanday fe’lli bo‘lishini toping.

1) «...tulki bo‘lib notanish kishi bilan do‘stluq og‘oz qilur»; 2) «...bo‘ridek yuraklik bo‘lub, hech ishdin qo‘rqmas, har qism yomon ishlar sodir bo‘lur»; 3) «...yo‘lbarsdek bo‘lib, himmati jo‘sh bo‘lub, har kimga bir narsa berur»; 4) «...ayiqdek bo‘lib, himmati jo‘sh bo‘lub, har kimga bir narsa berur»; 5) «...to‘ng‘izdek yuraklik bo‘lub, hech ishdin qo‘rqmas, har qism yomon ishlar sodir bo‘lur». 1, 3, 5

85. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da Nuh alayhissalom ilonga qaysi maxluqotning go‘shtini buyuradi? Baqaning

86. «Uzum hikoyati»da uzumning urug‘ini kim o‘g‘irlaydi? Shaytoni mal’un

87. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi til odobi va qalb pokligi alohida o‘rin tutuvchi hikoyat qaysi?



«Luqmon va uning xojasi» hikoyati

88.“Qisasi Rabg‘uziy”dagi “Yilon va qarlug‘och hikoyati”ning so‘nggida ilon bildiki, qaysi jonzot odamga yaxshilik qildi? Qaldirg‘och

89. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da shayton uzumning ikkinchi suvini nima bilan sug‘oradi? Sherning qoni bilan

90. “Qisasi Rabg‘uziy”dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da: «Baqani go‘shtidan totlig‘ nimarsa yo‘q ekan?» – deb qaysi jonzot aytadi? Qaldirg‘och

91. O‘zbek prozasida ilk marotaba dialoglar kim tomonidan keng qo‘llangan bo‘lib, ular vositasida asosiy g‘oyaviy maqsad yorqin va ta’sirchan ifodaga ega bo‘lgan?

Nosiruddin Rabg‘uziy

92. O‘zbek adabiyotida maqta’da taxallusni qo‘llash ilk bor kimning ijodida uchraydi? Rabg‘uziy

93. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da shinni va sirkaning paydo bo‘lishi bevosita qaysi payg‘ambar bilan bog‘langan? Nuh payg‘ambar

94.“Qisasi Rabg‘uziy”dagi qaysi hikoyatda chog‘ir - ichkilikning paydo bo‘lishi shaytonning nomi bilan aloqalantiriladi? «Uzum hikoyati»da

95. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azali uchun turkiy adabiyotda keyinchalik eng ko‘p qo‘llangan qaysi vazn tanlab olingan? Ramali musammani mahzuf


Download 444,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish