ALISHER NAVOIY
1. «Makorim ul-axloq» asaridan olingan quyidagi misralar kim haqida ekanligini toping.
“Bolalik chog‘laridayoq ul hazratning muborak tillaridan o‘ta ajoyib va kutilmagan so‘zlar chiqar va eshitganlar hayrat dengiziga g‘arq bo‘lardilar”. Alisher Navoiy
2. “Makorim ul-axloq” asarida “Xusraviya” madrasasining ilk g‘ishtini kim qo‘yib berganligi yoziladi? Kichik Mirzo
3. Hirotlik o‘zbek shoiri, orif va mutafakkir, o‘z zamonasining «malik ul kalom»i darajasiga erish-gan ijodkor qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Lutfiy
4. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilishicha, Lutfiy Alisher Navoiyning go‘zal misralarini eshitgach, o‘zining necha ming misradan iborat bo‘lgan barcha g‘azallarini shu birgina g‘azalga almashishga rozi ekanligini aytadi? O‘n-o‘n ikki ming baytdan iborat bo‘lgan
5. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida tilsimni kim ochadi? Aflotun
6. «Saddi Iskandariy»ida o‘z jonini saqlash umidida tilsim qo‘rg‘onga qochgan kim edi? Mallu
7. «Saddi Iskandariy» dostonining XXXIX bobida qaysi obraz: «Shioring lutf ehson bo‘lishi, adolat yo‘lini tutishing zarur», – deya Feruzga nasihat qiladi? Iskandar
8. «Saddi Iskandariy» dostonining nechanchi bobida hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida hikoyat keltiriladi? XLI bobida
9. “Saddi Iskandariy” dostonida “Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida”gi hikoyatda keltirilgan ibratli fikrni toping.
Kimgaki, Tangridan rahm-shafqat yetar ekan, u o‘zgalarning ahvolidan tajriba va ibrat oladi.
10. Quyidagi bayt “Saddi Iskandariy” dostoni-ning qaysi bobida keltirilgan?
Shabob o‘tti-yu quvvati qolmadi, Dedi: «Toat aylay», qila olmadi.
(Bu yigitning «ha» demay yoshligi o‘tib, kuch-quvvatdan qoldi. Toatibodat qilay deganida esa qila olmadi). “Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida”
11. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar Doroga boj to‘lashdan voz kechgach, Doro o‘z elchilari orqali Iskandarga nimani berib yuborish bilan o‘zining askarlarini shu narsa singari behisobligini bildirib qo‘ymoqchi bo‘ladi? Bir idish to‘la kunjutni
12. “Saddi Iskandariy” dostonidan olingan quyidagi baytning nasriy bayondagi muqobilini ayting. Tufuliyat o‘tgachki, bo‘ldi shabob Xirad nuri soldi dimog‘ ichra tob.
Bolalik o‘tib, o‘spirinlik davri boshlangach, miyaga aql nuri harorat bera boshlaydi.
13. «Saddi Iskandariy»ida sehrli oynani ko‘rgach, Iskandarda ham shunday kashfiyot qilish istagi paydo bo‘ladi va uning topshirig‘iga ko‘ra olimlar nimalarni yasaydilar?
Suturlob va ko‘zguni
14. «Saddi Iskandariy» dostonida keltirilgan himmat haqidagi hikmatli so‘zlarni ayting.
1) Ani angla mufliski, yo‘q himmati, Chu yo‘q himmati, yo‘q aning hurmati.
2) Kishi naqdi gar bir qaro mis emas, Agar himmati bo‘lsa muflis emas.
15. «Saddi Iskandariy» dostonining asosiy qismi himmat, adolat, qish, bahor, to‘g‘rilik, yoshlik, mehmondorchilik, safar qilish, o‘lim va aza singari mavzular yoritilgan hamda o‘zaro yaxlitlikni tashkil etadigan necha mavzuni qamrab olgan? 18 ta mavzuni
16. «Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?
“Bu dunyo bilan xayrlashsam, mening o‘rnimga o‘tirsang-da, mening nomus-orim, shon-shuhratim yellarga uchmasa, degan umidda seni topgandim”. Faylaqus
17. «Saddi Iskandariy» dostoni qahramoni Arastuning otasi kim? Naqumohis
18. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar taxtga o‘tirgan davrda Rum ahli kimning qo‘l ostida edi? Faylaqusning
19. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Doroga boj to‘lashdan voz kechgach, Doro o‘z elchilari orqali Iskandarga nimalarni berib yuborib, uning yosh bolaligini bildirib qo‘ymoqchi bo‘ladi? Chavgon, to‘p – koptok
20. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar jang paytida o‘ng yonida kimlar bilan tasvirlangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |