Shinni, sirka
18. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da suv kirib yotgan kemaning teshigini qaysi obraz berkitadi? Ilon
19.“Qisasi Rabg‘uziy”dagi “Yilon va qarlug‘och hikoyati”da oru (ari) gung bo‘lib g‘ingshib qolganida, uning ahvolini qaysi jonzot tushuntiradi? Qaldirg‘och
20.“Qisasi Rabg‘uziy”dagi “Yilon va qarlug‘och hikoyati”ning so‘nggida qaysi jonzotning odamga yaxshilik qilib, odam farzandi bilan bir uyda yashashi aytiladi? Qaldirg‘ochning
21. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida mo‘rcha qaysi voqeadan keyin Sulaymon payg‘ambarga: «Baxil ekansiz», – deydi? Sulaymon payg‘ambarning Ollohdan hech kimga berilmagan bir mulk tilaganini eshitganidan so‘ng
22. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan? “…bani Isroildan erdi. O‘n qarindosh erdilar. Otalari Is’hoq otlig‘ ... qamug‘idin (barchasidan) kichik erdi. Tun-kun yig‘layur erdi ibodat ichinda». Dovud payg‘ambar
23. «Qisasi Rabg‘uziy» o‘zbek nasrining eng qadimiy namunalaridan biri bo‘lib, unda nechanchi asrlardagi o‘zbek adabiyotining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo‘lgan? XIII asr oxiri XIV asr boshlaridagi
24. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada qaysi payg‘ambar Allohdan duo qilib o‘ziga bir hunar so‘raydi? «Iziyo (egam-ey), manga bir hirfa (hunar) o‘rgatgil. Aning birla qazg‘achiligi (nasibamni) yeyayin. Xalq mani so‘zlamasunlar». Dovud payg‘ambar
25. «Qisasi Rabg‘uziy»da insonlarning mast holda yurishi, umuman, spirtli ichimliklar ichishini qoralovchi aqida tasdig‘i uchun qaysi hikoyat keltirilgan? «Uzum hikoyati»
26. Quyidagi ma’lumotlar «Qisasi Rabg‘uziy»da nomi zikr qilingan qaysi payg‘ambar haqida?
«Dovud payg‘ambarning o‘n ikkinchi, kenja o‘g‘li. U ham boshqa akalariday «olim, faqih, oqil» yigit edi. Dovud podshohligi unga meros qoldi. Ammo otasiga o‘xshab o‘z hunarini ham qo‘ymas edi. U temirchilik hunarini oliy darajaga yetkazdi. Bu hunarning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi». Sulaymon payg‘ambar
27. «Qisasi Rabg‘uziy»da kimlar bilan bog‘liq qissalar bayonida xalq og‘zaki ijodining bevosita ta’siri ko‘rinadi? Sulaymon payg‘ambar, Luqmoni hakim, Dovud payg‘ambar bilan
28. «Qutadg‘u bilig»da Qo‘zi burji sifatida tilga olingan, Quyosh yili hisobidagi birinchi oy nomi bo‘lib, hozirgi mart oyiga to‘g‘ri keladigan, Qo‘y burjining arabcha nomini ayting. Hamal
29. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azali bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlarni toping.
1) Tasvirda jonlantirish, sifatlash va o‘xshatishlar asosiy o‘rin tutadi; 2) Rabg‘uziy g‘azalning barcha shakliy-badiiy talablarini mukammal darajada ado etolmagan bo‘lsa-da, g‘azal mumtoz adabiyotimizning nodir namunalaridan biri hisoblanadi; 3) Matla’dan to maqta’gacha navro‘z va go‘zal yorga muhabbat mavzulari uyg‘unlikda vasf etiladi; 4) Qofiyalarda qo‘llanilgan so‘zlar turkiy til tarovatini ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lgan: navro‘zi, buzi, yuzi, yozi, tuzi, qo‘y-qo‘zi, juzi, qo‘zi, qunduzi, kunduzi, yulduzi; 5) Lola, bulbul, turna, qo‘zi kabi so‘zlar bahor-ning turli belgilarini ko‘rsatish vositasi bo‘lgan; 6) Yer-osmon zidligi asosida bahorning o‘ziga xos tasviri berilgan. 1, 4, 5, 6
30. Ramal vaznining oxirgi rukni avvalgilaridan qisqaroq, unda bir hijo kam bo‘lib, uning ushbu shakli qanday ataladi? Mahzuf
31. «Qisasi Rabg‘uziy»da dialoglarning mavqeyi jihatidan qaysi hikoyat muhim bo‘lib, u to‘lig‘icha ikki tomonning so‘zlashuvi – savol-javoblariga tayanadi, shu bilan birga, albatta, ularda muallif izohi ham mavjud? «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyati
32. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida Manzara: «Shuncha tilag‘oningizcha nima berdi?» – deb so‘raganida Sulaymon qanday javob beradi?
1) «Shamolni musaxxar qilib berdi. Muncha hashamat va saltanat lashkarimni taxt-baxtlarim birla ko‘tarib yurur»; 2) «Bu uzukni berdi. Hamma olamning bandi shu uzukdadur».
33. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi qaysi hikoyatda asosiy qahramon Shayton – «shaytoni mal’un (haydalgan, la’natlangan)» hisoblanadi? «Uzum hikoyati»da
34. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi qaysi hikoyatda mushuk bilan sichqon, ilon bilan baqa, ilon bilan qarlug‘och (qaldirg‘och) hamda ari, inson va qushlar hamda hayvonot olami orasidagi o‘ziga xos munosabatlar izohlanadi, badiiy tadqiq etiladi? «Yilon va qarlug‘och» hikoyatida
35. “Yilon va qarlug‘och hikoyati”da kema qancha vaqt suv ichida yuradi? 6 oy
36. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi payg‘ambar bilan bog‘liq hikoyatda halollikka, o‘z mehnati bilan kun ko‘rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka undash asosiy maqsaddir?
Do'stlaringiz bilan baham: |