Juda aziz axir tiriklik kuni Bekor ishga sarflab bo‘lmaydi uni. O‘zg‘urmishga
21. «Qutadg‘u bilig» asarida O‘zg‘urmish kim-ning oqilona tushuntirishlaridan so‘ng, ziyorat maqsadidagina elig huzuriga boradi? O‘gdulmishning
22. «Qutadg‘u bilig» badiiyatning yuksak namunasi bo‘lib, bunda shoir nimalardan foydalanadi?
Go‘zal obrazlar, hayotiy o‘xshatishlar, ta’sirchan tamsillar, mo‘jaz ramzlar, lo‘nda istioralar.
23. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan qaysi o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga aylangan?
Yuzni oyga, tiriklik (hayot)ni rabotga, yigitlikni arg‘umoqqa, so‘zni zahar yo shakarga, ko‘ngilni dengizga, ko‘ngilni shishaga
24. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo‘riga o‘xshatilishida uning dushmanga ayovsiz va katta kuch bilan dahshat solishi nazarda tutilgan? lashkarboshining
25. «Qutadg‘u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz qo‘rqib ketgan yoxud noqulay ahvolda qolgan odam yuzining belgisi sifatida keladi? bo‘z
26. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining jang taktikasidagi mohirligi, hiyla va tadbirkorligi nimaga o‘xshatiladi? tulkiga
27. «Qutadg‘u bilig»da quyosh qanday istioralar bilan ifodalangan?
1) rumiy qizi; 2) sata(marjon); 3) sata qalqoni(marjon shodasi); 4) sara qiz yuzi; 5) yorug‘ yuz
28. Yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasi hisoblanib, turkiy o‘gitnoma – didaktik yo‘nalishni nihoyatda yuqori darajaga olib chiqqan Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari nechanchi asrda bitilgan? XI asrda
29. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» dostonini yozib tugallaganda necha yoshdan oshganligini aytadi? ellik yoshdan
30. «Qutadg‘u bilig» asarining tabdilidan olingan quyidagi ta’rif qaysi qahramonga tegishli?
Eligga yarasin bu san’at-hunarlarim, (Elig) xursand bo‘lsin, mening tashvishlarim ketsin.
Zakovatli, bilimli, yumshoq fe’lli bek emish, San’at-hunarli va odobli (kishi)larni orzu qilayotgan emish. Oyto‘ldiga
31. «Qutadg‘u bilig» asarida eligning oldida to‘pda o‘tirgan kim? Oyto‘ldi
32. “Qutadg‘u bilig”da elig qanday kursi ustida o‘tiradi? Oyog‘i uch ayrilik kumush kursi ustida
33. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi» qismida eligning qo‘lida nima bor edi? pichoq
34. «Qutadg‘u bilig» qanday ma’noni anglatadi? qut (saodat, baxt) keltiruvchi bilim
35. Ijtimoiy-siyosiy maydonda arablar hukmronligining yemirilishi va mahalliy mustaqil davlatlar-ning qaror topishi uning ma’naviy asoslarining ham yangilanishi va mustahkamligini taqozo etar edi. Shunday paytda “Qutadg‘u bilig” asari qaysi davlatning falsafiy-axloqiy yo‘riqnomasi sifatida paydo bo‘lgan? Qoraxoniylar davlatining
36. «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni Oyto‘ldi kim va nimaning ramzi? vazir – davlat ramzi
37. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon mushohadali, qat’iy fikrli inson bo‘lib, eligning shaharga kelish haqidagi taklifini rad etadi? O‘zg‘urmish
38. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga aylanib ketgan bo‘lib, adib nimani mash’alga va kimyoga o‘xshatgan? bilimni
39. «Qutadg‘u bilig» asaridagi Kuntug‘di ismiga berilgan to‘g‘ri izohni ayting.
Kun – Quyosh hammaga bir xil yorug‘lik beradi. Hammani birdek isitadi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
40. «Qutadg‘u bilig»da qaysi ramziy qahramon vafot etadi va bu nimaga ishora qiladi?
Oyto‘ldi, davlatning bebaqoligiga
41. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon dunyoda faqat davlat yoki aql bilan bitirib bo‘lmaydigan ishlar ham borligidan, inson ko‘nglida nozik tuyg‘ular mavjlanib turishidan xabar beradi, shu tuyg‘ularga beparvo bo‘lmaslikka undaydi, umrni behuda o‘tkazmaslik uchun hushyorlikka chaqiradi? O‘zg‘urmish
42. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga aylanib ketgan bo‘lib, adib xalqni nimaga o‘xshatgan? qo‘yga
43. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo‘riga o‘xshatilishidan maqsad uning tajovuzkorli-giga, bosqinchiligiga diqqatni tortishdir? dushmanning
44. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo‘riga o‘xshatilishi har ikkisining ham yaxshi-yomonning farqiga bormasligi asosida vujudga kelgan? o‘limning
45. Yusuf Xos Hojib tun so‘zi o‘rnida qanday istioralardan foydalangan?
1) qora yuz bog‘i; 2) zangi yuzi; 3) hindu qirtishi (qiyofasi); 4) qora soch bo‘dug‘i; 5) qora ko‘ylak; 6) zog‘ rangi; 7) habash qirtishi; 8) tul to‘ni; 9) qunduz terisi; 10) sevuglar qoshi.
1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
46. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining hujumkorligi va dushmanga hamlasi nimaga o‘xshatiladi? To‘ng‘izga
47. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon behuda ishlar bilan band bo‘lish, har xil mayda-chuyda orzu-havaslarga ovunib umrni behuda o‘tkazib yuborishdan ogohlantiradi, mudrab borayotgan tuyg‘ularni sergaklantiradi? O‘zg‘urmish
48. Yusuf Xos Hojibning quyidagi jumlasida qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying va uning turkcha so‘zlarni nimaga qiyoslaganini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |