3-sinf ona tili darsida “gap” mavzusini o’tishda interfaol usullardan foydalanish”



Download 322,95 Kb.
bet16/30
Sana14.04.2022
Hajmi322,95 Kb.
#550571
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
madina 12

Uyushiq bo‘laklar bir so‘z turkumiga oid bo‘lib, bir so‘roqqa javob beradi. YUqoridagi misolda oq, qizil, pushti, sariq so‘zlari sifat so‘z turkumiga ega va u qanday? so‘rog‘iga javob beradi. Uyushiq bo‘laklar sintaksisga xos xodisa hisoblanadi. Uyushiq bo‘lak gapda bir xil shakllangan, o‘zaro ohang, teng bog‘lovchilar bilan bog‘lanib keladigan gap bo‘lagi hisoblanadi. Masalan: Bola goh menga, goh unga qaradi. O‘zbek tilida beshta gap bo‘lagi, ba’zan undalmalar ham uyushib kelishi mumkin:
Ega uyushib kelishi. Bugun Saida, Raxama, Saodat keladi.
Kesim uyushib kelishi. Yo‘l keng va tekis edi (ot kesim). U asta joyiga o‘tirdi va gapira boshladi (f’el kesim).
To‘ldiruvchi: Akamga va opamga xabar qildik.
Aniqlovchi: Olmaning va shaftolining hosili mo‘l bo‘ldi.
Hol: vaziyatva payt holi: Bugun yoki erta topshiriqlar tez va puxta bajariladi.
O‘rin holi: SHahar va qishloqlarda qurilish avjida chiqqan.
Sabab xoli: Quvonch va shodlikdan tili alanmay qoldi.
Maqsad xoli: U shaharga o‘qish va ishlash maqsadida kelgan edi.
Miqdor xoli: Men sizga o‘n marta, yuz marta bu xaqda gapirgan edim.


I.2. Boshlang‘ich sinflarda gap va uning qurilishiga oid mavzularning o‘tilish darajasi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan sintaktik material kam bo‘lsa ham butun o‘quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi. Boshlang‘ich sinfda gap va uning bo‘laklarini o‘rganish bilan gap bo‘laklari haqidagi bilim kengaytiriladi. SHunday qilib o‘quvchilarda gap bo‘laklari xaqidagi tasavvurni o‘stirish gapni o‘zlashtirishda etakchi hisoblanadi. O‘quvchilarda gapda so‘zlarning bog‘lanishlarini aniqlash ko‘nikmasini shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy qatoriga kiradi.
Til sathining katta qismi sintaksis bilimlaridan tashkil topgan bo‘lib, so‘z, so‘z birikmasi, gap, gaplarning o‘zaro aloqalarini, so‘z birikmasi va gaplarni tashkil etgan bo‘laklarning xususyatlarini o‘rgatadi. Tinish belgilari matndagi gaplarning urg‘usini topishga, so‘zlarni gap mazmuniga mos ohangda, to‘g‘ri va aniq talaffuz qilishga yordam beradi. SHu bois tinish belgilari qoidalari sintaksisga bog‘lanib o‘rganiladi. Boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o‘rganiladigan bilimlarga bo‘linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o‘rganish savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi, 2-,3-,4- sinflarda esa murakkabroq holda davom ettiriladi. Boshlang‘ich sinfda “gap”, “darak gap”, “so‘roq gap”, “buyruq gap”, “xis- xayajon gap”, “sodda gap”, gap bo‘laklari uyushiq bo‘laklari, mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarning muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish xisoblanadi. Morfologiya, leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o‘zlashtirilgani uchun tilni o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ot, sifat, son, olmosh, fel va ularning mahim kategoriyalarining tilimizdagi rolini gapda ifodalanishi asosida bilib oladilar. Tilshunos olima T.S.Ramzaeva boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda 5 yo‘nalishda bo‘ladi.

  1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish, til birligi bo‘lgan gapning muhim belgilarini o‘rgatish.

  2. Gap qurilishini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash, gapningn grammatik asosi, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig‘iq gaplar ustida ishlash).

  3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va oxangga ko‘ra turlardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.

  4. Sodda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish.

  5. Yoma nutqda gapni to‘g‘ri tuzish, yozishda uni bosh xarf bilan boshlash, tinish belgilarini qo‘yish ko‘nikmasini shakllanitirish3.

Ishning bu bosh yo‘nalishi bir –biriga o‘zaro ta’sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o‘rganish maqsadidagina ularning xar birigina mustaqil muhokama qilinadi. Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, doimiy boyitib borishga asoslanadi. O‘quvchi qanday yangilikni bilsa unga bu yangilik xaqida xabar berish extiyoji tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. “Gap” barcha sinflarda o‘rganiladi. Gapning belgilari xaqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi.
O‘quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi gap xaqidagi elementlar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarni, gapda so‘zning bog‘lanishi, gapning uyushiq bo‘laklarni o‘rganishga o‘tadilar.
4-sinfda o‘quvchilar “Gapning uyushiq bo‘laklari” mavzusini o‘rganilganda sanash ohangi bilan bog‘langan bo‘laklarda vergulning vazifasi bilan tanishadilar. O‘qituvchi ikki gapni o‘qib taqqoslash bilan nuqta va vergulda ohangning qanday berilishini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi xar xil mashqlarni ishlash orqali tire, ikki nuqtaning ishlatilishiga e’tibor qaratadi, matni o‘qiganda bu tinish belgilariga rioya qilishni o‘rgatadi. Olma, olcha, nok – meva; Kitob – bilim bulog‘i, o‘quvchining o‘rtog‘i.
Sodda gaplar ustida ishlash o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda muhim ahamiyatga ega. Sodda gapning asosiy vazifasi o‘quvchilarning sintaktik jihatdan to‘g‘ri va aniq gap turish, tugallangan fikr bildirishga o‘rgatish hisoblanadi. Gap grammatik jihatdan o‘zaro bog‘langan, tugallangan ohanga ega bo‘lgan nutq birligi bo‘lib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun muximi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. SHunday ekan mavzuga oid mashqlarga qo‘yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham talluqlidir, ikkinchidan gap grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lmog‘i lozim va u muhim ahamiyatga ega. Sodda gaplar ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bog‘liq, bu jarayonda gap qurilishi, gapda so‘zlarning bog‘lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda ahamiyatga egadir. Gap nutq va til birligidir. U tugallangan tazmuni attenkalari ustida ham ishlash zarur, gapning ohangiga katta e’tibor berish kerak. Ohangining mazmun bilan bog‘liqligini tushuntirish lozim. Bola boshlang‘ich sinflarda berilgan sintaktik materiallar xajmida faqat ona tili darslardagina emas, balki boshqa darslarda va maktabning boshqa darslarida ham gap tuzish, imlo qoidalarga rioya qilish, taxlil qilish, gapni qayta tuzishga o‘rgatib borilishi lozim. Gap ustida ishlashga oid mashqlar juda xilma – xil bo‘lib, analiz va sintezning ustunligiga ham o‘quvchilarning mustaqillik darajasiga ko‘ra tasnif qilinadi. Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo‘linadi: a) analitik mashqlar, ya’ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni taxlil qilish. b) sintetik mashqlar, ya’ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar4. Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin hozirlaydi, parallel xolda yoki sintetik mashqdan so‘ng analitik mashq o‘tkaziladi. O‘quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko‘ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo‘linadi:

  • namuna asosidagi mashqlar,

  • konstruktiv;

  • ijodiy mashqlar.

Namuna asosidagi mashq aniq, to‘g‘ri tuzilgan sintaktik qurilmalar amaliy o‘zlashtirishni, ularning ichki bog‘lanishi, mazmunini tushuntirish ko‘zda tutiladi. Bunday mashqlar ichida analitik mashqlarga, shuningdek, gapni kuzatish va eshtirish, uning o‘qishga muhim o‘rin beriladi.
Namuna asosidagi mashqlarga quyidagilar kiradi. Gap ustida ishlashning eng oddiy shakliy, eng zaruriy namunasi o‘qish, yozish, ohangi, ifodaligi ustida ishlash, gapning mazmunini tushuntirish, ba’zan esa gapni yodda saqlash, yodlash hisoblanadi. Gapni o‘qish va kuzatish nutq o‘stirishda katta yordam beradi, gap ohangi ustida ishlash gap mazmuni va bog‘lanishini tushuntirishga qarab, uni o‘zlashtirish va yodda saqlash, yodlash o‘quvchilarning nutqini o‘stirishga, xotirada saqlashi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. gapni ohangiga qarab ajratish ohangni tugallanganlikni ifodalashga, darak, so‘roq va xis – xayajon gaplarning ohangiga qarab uyushiq bo‘lakli gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sanash ohangiga bog‘langan qo‘shma gap ohangiga e’tibor berish kerak.

Download 322,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish