Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari Reja



Download 92,24 Kb.
bet1/9
Sana13.07.2022
Hajmi92,24 Kb.
#792160
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari mustaqil ish
123456789, Термиз давлат университети Педагогика факультети 1 курс - копия, lug'at (matematik), 3.Allamurodova Shohista Abdurahmon qizi (5), 5-tajriba, Dilshoda1, Rtsyknsteatrky, Doc1, yuqori darajali tenglamalar sistemasini yechishda ikki ozgaruvchili simmetrik kophadlardan foydalanish, science, zakovat uchun maxsus, zakovat uchun maxsus, zakovat uchun maxsus, Interfaol ta, Interfaol ta

Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari
Reja:
1. Statistik kuzatish to`g’risida umumiy tushuncha
2. Statistik kuzatish shakllari
3. Statistik kuzatish turlari va usullari.
Tayanch iboralar:
Statistik kuzatish, kuzatish ob`ekti va birligi, uzlukli va uzluksiz kuzatish, yoppasiga va qiyman kuzatish, bevosita kuzatish, hujjatli kuzatish, so`roqnoma, reprezentativ xato, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi.
2.1. Statistik kuzatish to`g’risida umumiy tushuncha Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichni o`z ichiga oladi:

  • statistik kuzatish;

  • kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash;

  • kuzatilayotgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi-umumlashtiruvchi ko`rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish.

Hayot turli xil hodisalarning almashinuvidir. Istagan joyda qulay ahvolda qolish uchun ularni o`rganish va kuzatish kerak, degan edi frantsuz yozuvchisi Bal’zak. Binobarin, har qanday statistik tadqiqot o`sha o`rganilayotgan ob`ekt haqida tegishli ma`lumotlarni to`plash bilan boshlanadi.
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma`lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to`plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi. U tekshirishning poydevori, birinchi va eng mas`uliyatli bosqichi hisoblanadi. U qanchalik to`g’ri va chuqur ilmiy mulohazalar asosida tashkil etilsa, oqibatda tekshirish natijalari ham aniq va maqsadga javob bera oladigan bo`ladi. Mas`uliyatsizlik bilan to`plangan noaniq va pala-partish boshlang’ich ma`lumotlar o`rganilayotgan hodisa xususida noto`g’ri yakun va xulosalarni yasashga sabab bo`ladi.
Statistik kuzatish amalga oshirilayotganda bir qator shart-sharoitlarning hisobga olinishi talab qilinadi. Aks holda to`plangan ma`lumotlar ilmiy tekshirish talablarini to`la qondirmasligi va hattoki butunlay yaroqsiz ham bo`lishi mumkin. eng muhim ilmiy talablar, shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:

  • Statistik kuzatish dalillarni bir-biri bilan o`zaro bog’lanishda va bir butunlikda qayd qilishi lozim.

  • Ma`lumotar to`la-to`kis bo`lishi uchun eng avvalo kuzatilayotgan to`plamdagi birliklar makon (mintaqa, hudud) chegarasida to`la hisobga olinishi kerak.

  • Statistik kuzatishning to`laligi ma`lumotlarning vaqt bo`yicha qamrab olinishi bilan ham belgilanadi. Agarda birinchi yilda to`plam kuzatilsayu, ikkinchi yilda uning ayrim birliklari, uchinchi yilda esa qandaydir boshqa birliklar tushib qolsa va shu tarzda kuzatish davom etaversa, u holda olingan ma`lumotlar vaqt bo`yicha to`la-to`kis bo`lmasdan, ularning taqqoslamaligiga putur etadi.

  • Olinayotgan ma`lumotlar aniq, haqqoniy va ishonchli bo`lishi shart, aks holda ular isbotlab beradigan kuchga ega bo`la olmaydi. Bu erda gap ma`lumotlarning faqat arifmetik jihatdangina (masalan, tiyin, grammgacha) aniq bo`lishi to`g’risida emas, balki u ma`lumotlarning ob`ektiv haqiqatni aks ettirishi to`g’risida boryapti.

O`rganilayotgan hodisa va voqealarni tavsiflovchi ma`lumotlar yagona dastur va metodologiya asosda to`planishi lozim. Ma`lumotlarni to`plash dasturi va metodologiyasi hamma hududlar, idora va tashkilotlar hamda davrlar uchun bir xil bo`lishi kerak. Aks holda ular taqqoslama bo`lmaydi va ilmiy tekshirish uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilarni o`z ichiga oladi (4-chizma).

Download 92,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti