2.3. Statistik kuzatish turlari va usullari.
Statistik kuzatish quyidagi turlarga bo`linadi (7-chizma).
Uzluksiz kuzatishda voqea (hodisa) sodir bo`lishi bilanoq, ya`ni o`sha damning o`zida qayd qilindi. Masalan, tug’ilish, o`lish, nikohdan o`tish va ajralishlarni fuqarlik holatlarini qayd qilish organlarida qayd qilish, ishlab chiqarilgan mahsulotlani boshlang’ich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel’ hisobida qayd qilish va hokazo.
Uzlukli kuzatiish deyilganda voqea sodir bo`lgandan so`ng ma`lum vaqt o`tgach uni qayd qilish tushuniladi. Odatda, bunday kuzatishlar teng vaqt oralig’ida takrorlanib turadi. SHunga qarab, uzlukli kuzatish: davriy va fursatli kuzatishlarga bo`linadi. Davriy kuzatish ma`lum teng muddat o`tishi bilan takrorlanib turadi. Masalan, har o`n yilda aholi ro`yxatining o`tkazilishi, har yilning boshida qoramollarning hisobini olish tadbirlari bunga misol bo`la oladi.
Bir yo`la kuzatish qandaydir masalani echish maqsadida zaruriyat tug’ilgan hollarda turlicha muddatlarda qayta amalga oshirib turiladi. bunday kuzatishga uy-joy fondi ro`yxati, ko`p yillik mevali daraxtlar ro`yxati, tabiiy ofat natijasida ko`rilgan zarani aniqlash kabilar misol bo`la oladi.
Boshlang’ich ma`lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish turoi usullarda amalga shiriladi.
Bevosita kuzatish usuli. Bu usulning xarakterli tomoni shundaki, tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita qatnashadi. U kuzatayotgan narsalarni birma-bir ko`rib, sanab, tortib va o`lchab, olingan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi. Masalan, kuzatuvchi paxta punktidagi paxtani maxsus asboblar bilan tekshirish natijasida uning 80 foizi birinchi, 15 foizi ikkinchi, 5 foizi uchinchi nav ekanligini aniqlaydi. Bu erda kuzatuvchi boshlang’ich ma`lumotlarni olishda bevosita kuzatish usulini qo`llaydi. Statistik kuzatish o`rganilayotgan hodisa to`g’risida ko`pdan-ko`p ma`lumotlarni to`plashga imkon tug’dirsa-da, lekin olingan ma`lumotlarning tarqoqligi sababli hodisa to`g’risida umumiy xulosalar yasashga imkon bermaydi. SHuning uchun ham mazkur ma`lumotlarni bir tizimga solish, qayta ishlash navbatdagi vazifa hisoblanadi. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo`lib, statistik kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash deb yuritiladi.
Svodkalash oldindan tuzilgan va tasdiqlangan dastur hamda reja asosida amalga oshiriladi. Dasturda ayrim belgilar bo`yicha ajratilishi lozim bo`lgan guruhlar ro`yxati, shu guruhlar uchun hisoblanadigan ko`rsatkichlar tizimi, qaysi hudud chegarasida va ma`muriy tomondan tobelik jihatidan materiallarni svodkalash lozimligi kabi masalalar echiladi. Svodkalash rejasida esa kim va qanday tartibda svodkalashning bajarilishi, uning natijlarini qanday rasmiylashtirish va matbuotda ma`lumotlarning qaysi qismini nashr etish kabi tashkiliy masalalar yoritiladi.
Svodkalash oddiy va murakkab svodkalashlarga bo`linadi. Oddiy svodkalash deganda olingan ma`lumotlarni guruhlarga bo`lmasdan to`plam bo`yicha umumiy yakunlarni chiqarish tushuniladi. Masalan, institutda ta`lim olayotgan jami talabalarning sonini hisoblash uchun kunduzgi, kechki va sirtqi fakul’tetlardagi talabalar sonini qo`shib chiqishning o`zi kifoya. SHuning o`zi oddiy svodkalash bo`ladi. Murakkab svodkalash deyilganda ma`lumotlarni dasturda ko`zda tutilgan belgilar asosida ayrim guruhlarga bo`lib o`rganish tushuniladi. Jami talabalarni kurslarga va mutaxassisliklarga bo`lib o`rganish bunga misol bo`la oladi.
Svodkalash tashkil qilinishiga qarab: markazlashgan va markazlashmagan svodkalashlarga bo`linadi. Markazlashgan svodkalashda boshlang’ich ma`lumotlar bir yoki bir necha statistika boshqarmalarida to`planadi va o`sha era ko`zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |