Ferrorezonans hodisasi



Download 0,51 Mb.
bet1/4
Sana10.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#771873
  1   2   3   4
Bog'liq
Ferrorezonans hodisasi


Ferrorezonans hodisasi
Po‘lat o‘zakli induktiv g‘altak (nochiziq element) va kondensator (chiziqli element) o‘zaro ketma-ket yoki parallel ulangan zanjirda yuz beradigan rezonans ferrorezonans deb ataladi. Chiziqli zanjirlardagi rezonansdan farqli o‘laroq, nochiziq zanjirlarda rezonans rejimini nafaqat zanjir parametr(L, C)larini yoki manba kuchlanishi (tok manbai toki) chastotasini, balki manba kuchlanishi (tok manbai toki) qiymatini rostlab ham hosil qilish mumkin. Bunda tok va kuchlanish asosiy garmonika orasidagi faza siljish burchagini ishorasi o‘zgarishi kuzatiladi. Quyida ferrorezonans hodisasiga 1963 yilda prof. G’.R.Raximov tomonidan berilgan ta’rifni keltiramiz: «Ferrorezonans – nochiziq induktivlik va chiziqli kondensatordan iborat konturning ma’lum parametrlaridagi chastotasi manba chastotasiga teng, amplitudasi esa maksimumga yaqinlashadigan davriy avtoparametrik ravishda qo‘zg‘aladigan elektromagnit tebranishlar paydo bo‘lish hodisasidir». Ferrorezonans hodisasini o‘rganishda tahlilni soddalashtirish maqsadida induktiv g‘altakdagi nosinusoidal tok va kuchlanishlar ekvivalent sinusoidalar bilan almashtiriladi. Reaktiv elementlarning o‘zaro ulanish usuliga qarab, zanjirda kuchlanishlar va toklar ferrorezonansi kuzatiladi.
Kuchlanishlar ferrorezonansi
Nochiziq induktivlik va chiziqli kondensator ketma-ket ulangan zanjir sinusoidal kuchlanish manbaiga ulangan bo‘lsin (6.40 – rasm, a). Tahlilni osonlashtirish maqsadida po‘lat o‘zak va chulg‘amdagi quvvat isroflarini hamda sochilgan magnit oqimini hisobga olmaymiz. Tok va kuchlanishlar vaqt bo‘yicha sinusoidal qonuniyat bilan o‘zgaradi, deb hisoblaymiz (6.40 – rasm, b).
Kirish kuchlanishining kompleks ta’sir etuvchi qiymati Kirxgofning 2 - qonuni bo‘yicha quyidagicha yoziladi:
(6.10)
6.40 – rasm, v da va bog‘lanishlar grafiklari qurilgan. Undagi bog‘lanish magnitlanish egri chizig‘i

6.40 – rasm
ga o‘xshash bo‘ladi, ya’ni chulg‘amdan o‘tayotgan tokning ortishi bilan g‘altakning to‘la qarshiligi kamayib boradi. xarakteristikani qurish uchun (6.10) tenglamadan foydalanamiz. Ideal holat uchun A nuqtada reaktiv elementlardagi kuchlanishlar qiymatlari o‘zaro teng, yo‘nalishlari esa qarama-qarshi bo‘ladi. Zanjirdagi bunday rejim chiziqli zanjirlardagi mos rejimga o‘xshash bo‘lganligi sababli kuchlanishlar ferrorezonansi deb ataladi.
Agar zanjir , С elementlardan tashqari R aktiv qarshilikka ham ega bo‘lsa, u holda (6.10) tenglik quyidagicha yoziladi (6.41 – rasm, a):

Oxirgi tenglikka mos keluvchi vektor diagramma 6.41 – rasm, b da, VAX lar esa 6.41 – rasm, v da keltirilgan. natijaviy VAXning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u absissa o‘qiga nisbatan yuqorida joylashgan.

6.41 – rasm
Rezonansgacha bo‘lganligi sababli, zanjir induktiv xarakterga, rezonansdan keyin esa, bo‘lganligi sababli sig‘im xarakterga ega. xarakteristikani olinishini tahlil qiladigan bo‘lsak, agar manba kuchlanishi noldan oshirib borilsa, VAXdagi nuqta 0-1-2 yo‘l bo‘ylab harakatlanadi (6.42 – rasm, a). Manba kuchlanishi yanada oshirilsa, bu nuqta 2 dan 4 ga sakrab o‘zgaradi. Bunda 2 – nuqtada zanjir induktiv xarakterdan 4 – nuqtada sig‘im xarakterga o‘zgaradi, faza siljish burchagining esa ishorasi o‘zgaradi, ya’ni faza to‘ntarilishi yuzaga keladi.

6.42 – rasm
Manba kuchlanishining keyingi ortishida nuqtaning 4-5 yo‘l bo‘ylab harakatlanishi kuzatiladi. Manba kuchlanishi kamaytirilganda, VAXdagi nuqta 5-4-3 yo‘l bo‘ylab harakatlanadi, keyin esa 1 – nuqtaga sakrash yuz beradi. Sakrash paytida zanjirdagi tok o‘z qiymatini sakrab o‘zgartiradi va bu trigger effekti deb ataladi. Bu effektning yuzaga kelishiga asosiy sabab VAXning 2-3 qismida pasayish, ya’ni kuchlanish va tok o‘rtasidagi to‘g‘ri proporsionallikning buzilishidir. Elektrotexnikada VAXning bu qismi nobarqaror qism deb ataladi.
VAXdagi 2-3 nobarqaror qismni tajribada sakrashsiz hosil qilish uchun zanjirni qiymati rostlanuvchi tok manbaidan ta’minlash lozim bo‘ladi.
Shuni aytish joizki, zanjirda aktiv qarshilikning orttirilishi VAXni absissa o‘qidan yuqoriga ko‘tarilishiga va pasayuvchi qismni kamayishiga olib keladi (6.42 – rasm, b). Aktiv qarshilik juda katta bo‘lganda esa pasayuvchi qism umuman yo‘qoladi. Kondensator sig‘imining o‘zgarishi ham rezonans jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi: agar xarakteristika egri chiziqdan yuqorida yoki juda pastda joylashib, u bilan kesishmasa, u holda ferrorezonans umuman yuzaga kelmaydi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish