Ferrorezonans hodisasi



Download 0,51 Mb.
bet4/4
Sana10.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#771873
1   2   3   4
Bog'liq
Ferrorezonans hodisasi

Toklar ferrorezonansi
Po‘lat o‘zakli induktiv g‘altak va kondensator o‘zaro parallel ulangan zanjirda toklar ferrorezonansi kuzatilishi mumkin (6.43 – rasm, a). va bog‘lanishlarning o‘zgarish xarakteri ketma-ket ulangan zanjir elementlaridagi kuchlanishlarning tokka bog‘liqlik grafiklariga o‘xshash bo‘ladi (6.43 – rasm, b).

6.43 – rasm
Zanjirning natijaviy VAXsini qurish uchun Kirxgofning 1 - qonunidan foydalaniladi:
yoki
va grafiklarning kesishgan nuqtasi P zanjirdagi toklar rezonansi rejimiga mos keladi. Bunda induktivlikdagi tokning birinchi garmonikasi sig‘imdagi tokka teng bo‘ladi. Zanjirning umumiy toki aktiv tashkil etuvchi va induktiv tashkil etuvchi tok yuqori garmonikalarining yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Parallel zanjirda ham trigger effekti kuzatilishi mumkin. Agar manba tokining qiymati sekin asta oshirib borilsa, u holda U va I lar bog‘lanishini belgilovchi nuqta avvalgi grafikdagi 0-1-2 qism bo‘ylab harakatlanadi. Keyin kuchlanish bo‘yicha esa 2- nuqtadan 4- nuqtaga sakraydi. Manba tokining qiymati yanada oshirilishi natijasida nuqta grafikning 4-5 qismi bo‘ylab siljiydi. Tok kamaytirilganda esa qaralayotgan nuqta 5-4-3 yo‘l bo‘ylab siljib, keyin sakrab 1-nuqtaga o‘tadi va nolgacha kamayadi. Toklar ferrorezonansida kuchlanish o‘z qiymatini sakrab o‘zgartiradi.
Parallel zanjirning natijaviy VAXsidagi pasayuvchi qismini tajribada olish uchun zanjirni kuchlanish manbaidan ta’minlash lozim bo‘ladi.
Rezonans rejimida zanjir umumiy toki uchinchi garmonikasining amplitudasi birinchi garmonika amplitudasidan bir necha marta ortib ketishi mumkin.
Shuni aytib o‘tish lozimki, ferrorezonans hodisasiga o‘xshash effektni chiziqli induktivlik nochiziq sig‘im elementlaridan tashkil topgan zanjirda ham kuzatish mumkin.
Ferrorezonansli kuchlanish stabilizatori
Ferrorezonansli zanjirlar yordamida o‘zgaruvchan tok kuchlanishini stabillash mumkin. Energetika va avtomatika tizimlarida kuchlanishlar va toklar ferrorezonansiga asoslangan va xilma-xil sxemali kuchlanish stabilizatorlari keng qo‘llaniladi.
6.44 – rasm, a da ferrorezonansli kuchlanish stabilizatorining eng oddiy sxemalaridan biri keltirilgan. U parallel LC konturga ketma-ket ulangan L1 induktivlik va u bilan induktiv bog‘langan Lk kompensatsiyalovchi induktivlikdan tashkil topgan. L1 va Lk g‘altaklar bitta o‘zakka o‘ralgan bo‘lib, induktiv jihatdan o‘zaro qarama-qarshi ulangan. Lk g‘altakdagi Uk kuchlanish tok bilan chiziqli bog‘langan. Shuning uchun
Stabilizator chiqish xarakteristikasi ni olish uchun rezonans konturining , chiziqli induktivlikning va kompensatsiyalovchi g‘altakning VAXlarini quramiz (6.44 – rasm, b). Bunda deb hisoblaymiz. va VAXlarni kuchlanish o‘qi bo‘ylab qo‘shamiz. bog‘lanishni hosil qilish uchun egri chizig‘idan VAXsini ayiramiz.

6.44 – rasm
Ko‘rib chiqilgan sxemada kirish kuchlanishining ma’lum diapazonda o‘zgarishi sxemaning chiqishidagi kuchlanishni deyarli o‘zgartirmaydi, ya’ni chiqish kuchlanishi stabil saqlanadi.
Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish