Statistik kuzatish turlari, ma'lumotlarni to'plash nazariyasi va amaliyoti
Tayyorlovchi: Usmanov Hasan
Statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi.
Statistik kuzatish informatsiya yetkazib beruvchi suby’ektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi:
1. Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idoralar (soliq, bojxona, nikohdan o’tkazish va x.k.) statistika organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumotlarni pulsiz va so’ralgan vaqtda etkazib berishga majburdirlar.
2. Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar orqali to’planadi.
3. Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi, aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan ma’lumot.
Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari
Statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarga bo’linadi.
Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo’linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni to’plash uchun imkoniyat yaratadi. Uning ma’lumot manbai bo’lib buxgalteriya va operativ hisob hujjatlarida qayd etilgan boshlang’ich yozuvlardir. Joriy statistika butunlay va to’laligicha hisobot ma’lumotlariga asoslanadi.
Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarni voqea va hodisalarning sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab uch turga-uzluksiz, fursatli va bir yo’la kuzatishga ajratish mumkin.
Uzluksiz kuzatish deganda hodisalar ro’y berishi bilanoq qayd qilinadigan kuzatish tushuniladi.
Fursatli kuzatish deganda ma’lum muddatlarda o’tkaziladigan kuzatishlar tushuniladi. Masalan, aholi ro’yxati va boshqalar.
Bir yo’la kuzatish deb birorta masalani echish uchun o’tkazilgan kuzatishga aytiladi.
Qisman kuzatishda o’rganilayotgan to’plam birliklarining bir qismi kuzatishga jalb qilinadi. Qisman kuzatish to’rtta turga: anketa orqali kuzatish, monografik tasvirlash, asosiy massivni kuzatish, tanlab kuzatishga bo’linadi.
Yoppasiga kuzatishda to’plam birliklarining barchasi kuzatiladi.Masalan, O’zbekistonda aholi ro’yxati o’tkaziladigan bo’lsa, respublika fuqarolarning barchasi (qaerdaligidan qat’iy nazar) ro’yxatga olinadi. Bu degani fuqaro chet davlatdami, dengizdami, okeandami va hatto kosmosdagi kishi ham ro’yxatdan o’tishi kerak.
O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish ikki turga: yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga bo’linadi.
Qisman kuzatishda o’rganilayotgan to’plam birliklarining bir qismi kuzatishga jalb qilinadi. Qisman kuzatish to’rtta turga:
Anketa orqali kuzatish
Monografik tasvirlash
Tanlab kuzatish
Asosiy massivni kuzatish
Statistik jamlash (svodkalash) deganda har kuni radio va televizorda beriladigan informatsiyani tushunmaslik kerak. Yuqorida ta’kidlaganimizdek informatsiya ma’lum bir ishning bajarilishi to’g’risidagi operativ ma’lumotdir.
Statistik jamlash deganda to’plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi.
Statistikada jamlash: turlari va mohiyati
Qoida tariqasida, ma’lumotlarni uch xil yo’l bilan olishingiz mumkin:
Chop etilgan manbalardan
Ishlab chiqilgan eksperimentdan
Kuzatish tadqiqotlardan (masalan, so’rovdan)
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |