Sodda gapning turlari
I. Sodda gapning turlarga ajratishda gapni tashkil etuvchi 7 ta qismga asosiy e’tiborni qaratamiz. Ma’lumki o‘sha 7 ta qismdan 5 tasi gap bo‘laklari deb yuritiladi. Bu jihatdan sodda gaplar 2 ga bo‘linadi.
1. Bo‘laklarga ajraladigan gaplar.
2. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar.
Gapda 5ta son bilan gap bo‘lagidan 1taginasi mavjud bo‘lsa ham u bo‘laklarga ajraladigan gap hisoblanadi. Masalan: Bahor(egasi bor). Gapirilmasin(kesimi bor). Do‘stim qani?(ega va kesim bor). Institutda (hol bor).
So‘z-gapda ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol ham bo‘lmaydi. Odatda undalma va kirish so‘zlar yaxlit holda kelsa, so‘z-gaplar hosil bo‘ladi. So‘z- gapni bitta so‘zdan iborat deb o‘ylash noto‘g‘ri, chunki 1ta so‘zdan iborat bo‘lgan gaplar to‘liqsiz gap yoki bir bosh bo‘lakli gap bo‘lishi mumkin. SHuningdek,so‘z gap bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin.
Kirish s. U n d a l m a.
M: Xayr, yashil o‘rmonzor, moviy dengizlar.
CHunki yuqoridagi gapda ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol yo‘q.
II. Bosh bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra sodda gaplar 2xil bo‘ladi.
1. Bir bosh bo‘lakli gaplar(yo egasi, yo kesimi bor).
2.Ikki bosh bo‘lakli gaplar (egasi ham, kesimi ham bor).
Bular 5 xil bo‘ladi.
1. Atov gaplar (kesimi yo‘q).
2. SHaxsi ma’lum gap (egasi yo‘q).
3. SHaxsi umumlashgan gap(egasi yo‘q).
4. SHaxsi noma’lum gap (egasi yo‘q).
5. SHaxsi topilmas gap yoki shaxssiz gap (egasi yo‘q).
III. Ikkinchi darajali bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi.
1. Sodda yig‘iq gaplar. Faqat ega va kesimdan iborat bo‘ladi. M: Bahor keldi. Dalalar ko‘m-ko‘k. U vrach bo‘lmoqchi. Dars boshlandimi?
2. Sodda yoyiq gaplar.Ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘laklar qatnashadi. M: Kecha ziyoratga bordik. Biz ustozlarimizni juda hurmat qilamiz.
IV. Zarur bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra gaplar 2 xil bo‘ladi.
1.To‘liq gaplar.
2. To‘liqsiz gaplar.
Bir bosh bo‘lakli gaplar to‘liqsiz gap hisoblanmaydi. Ularda ega va kesim bo‘lmasligi mumkin, lekin ega yoki kesimga zarurat bo‘lmagani uchun tushib qolgan. To‘liqsiz gapda ma’lum bo‘laklar 2ta sababga ko‘ra tushib qoladi.
A) Oldin ishlatilganligi uchun. – Bugun soat 2 da qaerda bo‘lasiz?-Universitetda.
B) Urf-odatga aylanganligi uchun. YAngi yilingiz bilan. Navro‘zingiz muborak.
V. Maxsus elementlar bilan kengaygan yoki kengaymaganligiga ko‘ra ham gaplar ikki xil bo‘ladi.
1. Maxsus elementlar bilan kengaygan gaplar.
2. Maxsus elementlar bilan kengaymagan gaplar.
Maxsus elementlarga undalma, kirish bo‘laklar ba’zi darsliklarga ko‘ra uyushiq bo‘laklar ham kiradi. Kitobni olib bering( kengaymagan).Aka, kitobni olib bering(kengaygan). Ko‘chada sizni bir kishi kutyapti (kengaymagan). Ko‘chada, darvoza oldida, sizni bir kishi kutyapti(kengaygan).
Bir bosh bo‘lakli gaplar
2 xil bo‘ladi.
1. Kesimsiz gaplar.
2.Egasiz gaplar.
Kesimsiz gaplar asosan bir xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ular atov gaplar (nominativ gap ). Atov gap faqat egadan iborat bo‘lishi ham, ega sostavidan iborat bo‘lishi mumkin. YA’ni ega yakka holda kelishi ham, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol bilan ham kelishi mumkin. Ularning barchasi ham baribir atov gap hisoblanadi, chunki kesimi yo‘q. M: Bahor. Qadimiy Buxoro. Sinov. YOzgi sinov.
Egasiz gaplar 4 xil bo‘ladi.
1. SHaxsi ma’lum gaplar.
2. SHaxsi umumlashgan gaplar.
3. SHaxsi noma’lum gaplar .
4. SHaxsi topilmas ( shaxssiz )gaplar.
SHaxsi ma’lum gaplarda ega bo‘lmasa-da, uni osongina topish mumkin, chunki kesimdagi shaxs-son qo‘shimchalari egani aniq ko‘rsatib turadi. M: Institutga bordim (men).Kitobni o‘qidik(biz). Vazifani bajardingmi (sen)?
SHaxsi umumlashgan gaplarning kesimi odatda buyruq-istak maylida bo‘ladi. U shaklan ikkinchi shaxsga qaratilgan bo‘lsa-da , mazmunan barchaga, umumga tegishli hisoblanadi. Bu holat ko‘proq xalq maqollarida uchraydi. M: Bugungi ishni ertaga qo‘yma. Etti o‘lchab bir kes.
Bu xil gaplarning formal egasi Sen, lekin mazmuni hammaga taalluqli.
1. Egasiz gaplarning uch ko‘rinishida egani har holda tiklash mumkin . SHaxsi topilmas yoki shaxssiz gaplarda esa egani tiklab bo‘lmaydi. Uning o‘rni ham unga zarurat ham yo‘q.
M: O‘zi borida gapirilsin. Doim yaxshi niyat bilan yashash kerak.
Yig‘lanmasin, nega yig‘lanadi .
SHaxsi noma’lum gaplarning egasi (ifodalanmagan egasi)ni ular, odam so‘zlari bilan topish mumkin.Lekin bu odamlarning familiyasini aniqlab bo‘lmaydi.
M: Marg‘ilonda yosh bolalarni ham sizlaydilar.
Daraxtning yoshini poyasidagi xalqalardan bilishadi.
Egasini topib bo‘lmaydigan gap shaxsi topilmas gap deyiladi. Masalan: Majlisda intizom haqida so‘zlashga to‘g‘ri keldi.
SHaxsi topilmas gaplarning kesimi quyidagicha ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |