3-sinf ona tili darsida “gap” mavzusini o’tishda interfaol usullardan foydalanish”



Download 322,95 Kb.
bet11/30
Sana14.04.2022
Hajmi322,95 Kb.
#550571
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
madina 12

Undalma va uning ifodalanishi
So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so‘z undalma deyiladi.
1. Undalma odatda ot bilan ifodalanadi. Do‘stlar, yaxshilikni avaylab saqlang.
2. Undalma otlashgan sifat, otlashgan son bilan ifodalanishi mumkin.
Undalma gap boshida , gap o‘rtasida, gap oxirida keladi.
Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz. Birinchi-birinchi, eshityapsanmi, men uchinchiman.
Nutqda undalma aytilayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun qo‘llanadi, shuning uchun undalma, odatda, ikkinchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Ko‘pincha shaxs otlari, qarindoshlik, hunar, kasbni anglatuvchi so‘zlar undalma bo‘lib keladi.
Ayrim hollarda, ayniqsa, she’riy asarlarda, hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarning nomini bildirgan so‘zlar ham undalma bo‘lib keladi,masalan:
Quyosh, nuring to‘ka ber mo‘l-ko‘l!
Tarkibida undalma bo‘lgan gaplarda,odatda, ega tushiriladi:Hamid, badiiy o‘qish to‘garagiga qatnashasanmi?
Undalma bir so‘z bilan, shuningdek, so‘z birikmasi bilan ham ifodalanadi.
Bir so‘z bilan ifodalangan undalma yig‘iq undalma deb yuritiladi: Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek?
So‘z birikmasi bilan ifodalangan undalma yoyiq undalma deb yuritiladi:
Eyy, usta Farfi, keling, keling,bormisiz?
Undash ma’nosini kuchaytirish uchun ba’zan undalma takrorlanib qo‘llanadi:
Bolam, jon bolam, o‘zingni ehtiyot qil... Xo‘pmi, jon bolam! Tushunding-a!
Undalmani kuchli ifodalash uchun undalma oldidan e,ey, hoy,obbo,oh kabi undovlar ham qo‘llanadi. Eh, bolam. Dadangning ishi ko‘payib ketdi.
Eslatma .Nutq bir necha shaxs yoki narsaga qaratilganda,undalma uyushiq holda ham qo‘llanishi mumkin. Masalan: Qoratoy aka, SHokir ota, butun kulfatlar turmushning yomon tuzilganidan keladi.
Kirish bo‘laklarning ifodalanishi
Kirish birikma va kirish gaplarning qat’iy morfologik strukturasi yo‘q, ulardagi so‘zlar mustaqil yoki nisbiy ma’noga ega bo‘lgan istalgan so‘z turkumi bilan ifodalanishi mumkin
Kirish so‘zlar esa quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi.

  1. Modal so‘zlar bilan: Ochig‘i, bu kitobni o‘qiganim yo‘q . Ehtimol, ertaga borarman . Haqiqatan , Mashrab- otashnafas shoir.

  2. Undov so‘zlar bilan: E, menga bekor telefon qilmapsiz-da.

  3. Modal so‘zga tomon siljigan fe’llar bilan: Keling, siz aytgancha bo‘lsin. Aytganday, ertaga test bo‘ladi.


Download 322,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish