To‘ldiruvchi
I. Ta’rifi: Gapdagi biror bo‘lakni to‘ldirib, unga boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan gap bo‘lagi to‘ldiruvchi deyiladi.
To‘ldiruvchi asosan fe’l-kesimga bog‘lanib keladi.Lekin u beshala gap bo‘laklariga ham bog‘lanib kelishi mumkin.
1.Fe’l-kesimga bog‘langan: Karim kitobni o‘qidi.Akam sizga salom aytdi.
2. Ot-kesimga bog‘langan to‘ldiruvchi:Maqsadimiz a’lochilarga etib borish.Bu sizga esdalik.
3. Egaga bog‘langan to‘ldiruvchi. Insho yozish oson ish emas. Mehmonlardan biri so‘zladi.
4. Aniqlovchiga bog‘langan to‘ldiruvchi. Insho yozishning murakkabligi ko‘p.
5. To‘ldiruvchiga bog‘langan to‘ldiruvchi. Badiiy kitob o‘qishni odat qiling.
6. Holga bog‘langan to‘ldiruvchi.Birinchilikni olganidan quvonib chapak chalib yubordi.
To‘ldiruvchi ikkiga bo‘linadi.
1. Vositasiz to‘ldiruvchi.
2. Vositali to‘ldiruvchi.
Vositasiz to‘ldiruvchitushum kelishigidagi so‘z bilan ifodalanadi va o‘timli fe’l bilan ifodalangan gap bo‘lagiga bog‘lanadi.
Vositali to‘ldiruvchi-o‘rin payt,jo‘nalish, chiqish kelishikdagi so‘zlar bilan yoki ko‘makchi bilan so‘zlar bilan ifodalanadi.
Lekin o‘rin kelishiklardagi hamma so‘zlar ham to‘ldiruvchi bo‘lavermaydi. Ko‘makchi bilan kelgan so‘zlar ham doimo to‘ldiruvchi bo‘lmaydi. To‘ldiruvchini hol va aniqlovchidan farqlash uchun gap bo‘lagining ma’nosi va so‘roqlaridan kelib chiqish kerak.
M: Xatni qalam bilan yozdim. Xonanda zavq bilan kuyladi.
III.To‘ldiruvchining so‘roqlari: Vositasiz va vositali to‘ldiruvchining so‘roqlari bir-biridan farq qiladi.
Vositasiz to‘ldiruvchining so‘roqlari: kimni?, nimani?, qaerni?, nechani?, nechanchi?, qaysini?, qachonni?..
Vositali to‘ldiruvchining so‘roqlari: kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kim uchun? nima uchun? kim haqida? nima haqida? qaer uchun? qaer bilan? nima orqali? kim orqali? qaer orqali? nima bo‘yicha?
IV.To‘ldiruvchining ifodalanishi
Barcha to‘ldiruvchilar ot va ot vazifasidagi so‘zlar bilan ifodalanadi. Demak, ot, ot vazifasidagi olmoshlar, harakat nomi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, sifat, son, ravish, son-sifat-ravish vazifasidagi olmoshlar, sifatdosh, undov, taqlid va modal so‘zlar otlashib to‘ldiruvchi vazifasida kela oladi.
M: Paxta qorga o‘xshaydi (ot bilan ifodalanadi).
Sizni taniymiz(ot vazifasidagi olmosh bilan).
O‘qishni boshladik(harakat nomi bilan).
YAxshidan adashma, yomonga yondashma(otlashgan sifat).
Toq sonni juft songa ko‘paytirsak juft son hosil bo‘ladi (otlashgan son bilan).
SHuni bilmaysizmi? (otlashgan olmosh bilan).
Ko‘pdan quyon qutilmas (otlashgan ravish).
Intilganga tole yor(otlashgan sifatdosh).
Oh-voh bilan ish bitmaydi(otlashgan undov so‘z bilan).
Taqir-tuqurni eshitmadim(otlashgan taqlid so‘z).
Bordan yo‘q bo‘lmaydi(otlashgan modal so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: |