Bitiruv malakaviy ishning manbai. Bitiruv malakaviy ish mavzusini yozishda manbaa sifatida T.G‘afforova, X.G‘ulomova, E.SHodmonovaning 1-sinf “Ona tili” kitobi;Q.Qosimova,S.Fuzailov, A. Ne’matovalarning 2-sinf “Ona tili” kitobi; S. Fuzailova, M. Xudoyberganova “Ona tili” 3-sinf uchun darslik; SH.Yo‘ldosheva, D.SHodmonovning “Ona tili” 4- sinf uchun darslik,shuningdek, M.Umirova, SH.Xakimovaning ham 4- sinf “Ona tili” darsligi, darsliklarga oid davlat dasturlari, DTS va mavzuga oid ilmiy usuliy qo‘llanmalar,“Ona tili o‘qitish metodikasi”darsligi, “Boshlang‘ich ta’lim” jurnalining 2005 – 2010 yillarida chiqqan mavzuga doir maqolalari tadqiqot ob’ekti sifatida xizmat qildi.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim asoslari kafedrasida bajarib muhokama qilindi va DAK xuzuriga himoya qilish tavsiya etildi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, 5 fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GAP MAVZUSI USTIDA ISHLASH MUAMMOLARI
I.1.Gap, uning turlari, tarkibi va gap bo‘laklari haqida ma’lumot.Gap nutqning eng kichik birligidir. So‘z tushuncha anglatsa gap esa fikr bildiradi. Gap quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Nisbiy tugal fikr anglatadi.
2. Tugallangan ohang bilan aytiladi.
3. Gapni tashkil etuvchi so‘zlar bir-biri bilan ma’no va grammatik jihatdan bog‘langan bo‘ladi. M: bahor, yam-yashil, bog‘lar , bo‘lmoq.
Bahorda bog‘lar yam-yashil bo‘ladi.
Har qanday gap eng avvalo 4 jihatdan tasnif etilishi mumkin:
1. Ifoda maqsadiga ko‘ra. 2. Modalligiga ko‘ra.
3. Emotsionalligiga ko‘ra. 4. Tuzilishiga yoki grammatik asoslar miqdoriga ko‘ra.
Maqsadiga ko‘ra gaplar 4 xil bo‘ladi.
1. Darak gaplar. 2. So‘roq gaplar.
3. Buyruq gaplar. 4. Istak gaplar.
Darak gaplar darak va xabar mazmunini bildiradi hamda oxirida nuqta qo‘yiladi. M: Bahor yana o‘z sepini o‘lkamizga yoydi.
So‘roq gaplar so‘roq mazmunini bildiradi va oxirida so‘roq belgisi qo‘yiladi. So‘roq gaplar 3 xil yo‘l bilan hosil bo‘ladi.
A) So‘roq olmoshlari yordamida:Nega kelmading? Salim qani?
V) So‘roq yuklamalari yordamida: Dars boshlandimi? Siz litseyda o‘qiysizmi?
S) So‘roq ohangi yordamida:Do‘l yog‘ayapti? Soldat keldi?
Ba’zi gaplarda so‘roq olmoshi ham so‘roq yuklamasi ham bo‘lishi mumkin. Universitet qaerda joylashgan-a? Ba’zan 2 ta yuklama kelishi mumkin:
Avtoruchkalaringiz bormi-a?
So‘roq gaplarning shunday ko‘rinishi borki, ular javob talab qilmaydi. Ular ritorik so‘roq gapdeb yuritiladi va so‘roq gaplar tarkibiga kiritiladi. So‘roq-buyruq gaplar ham bor, ular so‘roq-buyruq gaplar deb yuritiladi. M: Ozgina surilasizmi?O‘sha ruchkani olib berasizmi? Bunday gaplar ham, shartli ravishda bo‘lsa-da, so‘roq gaplarga kiritiladi.
Buyruq gaplar faqat buyruq emas, iltimos, maslahat, taklif, do‘q, chaqiriq kabi ma’nolarni bildiradi.
M: Polni yuv. YAxshisi xonaga bor. Iltimos, eshikni yopib qo‘ying. Buyruq gaplarning kesimi ko‘pincha buyruq-istak maylida, ba’zan shart maylida bo‘ladi. Iltimos, maslahat mazmunidagi buyruq gaplardan keyin nuqta qo‘yiladi.
Istak gaplarning kesim shart maylidagi fe’l bilan ifodalanadi va oxirida nuqta qo‘yiladi.
Gap kesimining qo‘shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo‘lak egadir. Ega asosan kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lib keladi. Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi, egalik va ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qilishi mumkin.
Ega quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
Ot bilan. Muhriddin kitobni o‘qidi.
Olmosh bilan. Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin.
Otlashgan son bilan. Ikkalasi chiqib ketishdi.
Otlashgan sifatdosh bilan. O‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan turtkidan shoshar.
Otlashgan sifat bilan. YAxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin.
Otlashgan ravish bilan. Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi.
Harakat nomi bilan. O‘qish jafoli, keti vafoli.
Otlashgan taqlid so‘z bilan. Qars ikki qo‘ldan chiqadi.
Otlashgan modal so‘z bilan. Bor so‘zlaydi, yo‘q o‘ylaydi.
Kesim. Kesim gap markazi bo‘lib, u tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalab keladi va gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofiga birlashtiradi. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko‘rsatadi.
Gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda katta. U hukmni ifodalovchi, gapning asosiy belgilarini ko‘rsatuvchi eng muhim bo‘lakdir. Gapda ega ham, ikkinchi darajali bo‘laklar ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog‘lanadi.
Kesim nima qildi? nima qilyapti? nima qilmoqchi? (nechanchidir, qandaydir? nimadir?) kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
Kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: fe’l kesim va ot kesim
Kesim tuzilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: sodda kesim va murakkab kesim.
Fe’lning turli shakllari orqali ifodalangan kesim fe’l kesim deyiladi. Fe’l kesim quyidagi ko‘rinishlarga ega:
Sof fe’l kesim. Men maktabga boraman.
Ravishdosh bilan ifodalangan fe’lkesim. Motor gurilliab, mashina oldinga intildi.
Sifatdosh bilan ifodalangan kesim. Po‘lat xatni kecha yuborgan.
Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so‘z) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi.
Ot kesimlar quyidagicha ifodalanadi:
Ot bilan. YAxshi ro‘zg‘or – jannat, yomon ro‘zg‘or – do‘zax.
Sifat bilan. Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
Son bilan. Birniki - mingga, mingniki – tumanga.
Olmosh bilan. O‘zim har joydaman, ko‘nglum sandadur.
Ravish bilan. Sizdan umidlarim ko‘p.
Modal so‘z bilan. Uyda hamma bor.
Sodda kesim birgina so‘z bilan ifodalanadi. YAshash zavqli. Paxta va tilladan yurt bezanadi.
Ikki yoki undan ortiq so‘z bilan ifodalangan kesim murakkab kesim deyiladi. Majnuntolning kokillari yo‘lni to‘sib turibdi.
Murakkab kesim tarkibidagi so‘zlardan biri yordamchi so‘zlar (ko‘makchi fe’l, bog‘lama, nisbiy so‘zlar va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
M: kela boshladi, kelgani yo‘q, kelgan emas.
Murakkab ot kesimlar ot (keng ma’noda)+ bog‘lama vazifasida kelgan yordamchi fe’l yoki ko‘makchi fe’l tarzidagi qo‘shilishdan hosil bo‘ladi. Bunda asosiy ma’no otdan anglashiladi, ko‘makchi yoki to‘liqsiz fe’l qo‘shimcha ma’no bildiradi va kesimning ega bilan bog‘lanishini ta’minlaydi. Kesim bilan egani bog‘lovchi bunday so‘zlar bog‘lama deyiladi. Bular asl mustaqil ma’nosini yo‘qotib, yordamchi vazifada qo‘llanuvchi so‘zlardir. Ularning vazifasi fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘shilib, kesimni shakllantirishdir, ya’ni mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalashdan iborat. Kesimni shakllantirishga xizmat qiladigan bunday bog‘lamalar bo‘l, qil, edi, ekan, emish, hisoblanmoq, sanalmoq singari so‘zlardir. Kerak, zarur , lozim so‘zlari ham bog‘lama vazifasida qo‘llanadi.
Quyidagi hollarda ega va ot kesim orasida tire qo‘yiladi:
Ot kesim kesimlik qo‘shimchalarisiz yoki bog‘lamasiz qo‘llansa.
Tinchlik – farovon hayot manbai. Mening aytadigan gapim – shu.
SHuningdek, ot kesim sifat va tartib sonda bo‘lganda ot kesim va ega orasida tire qo‘yilmaydi. Vatanimiz go‘zal. Bizning sinfimiz sakkizinchi.
2. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, kesim tarkibida kesimlik qo‘shimchasi yoki bog‘lama bo‘lmaganda. O‘qish –ulg‘ayish. Maqsadim –o‘qimoq.
3. Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanganda. Bu - siz uchun katta sinov.
4. Eganing ma’nosi ta’kidlab ko‘rsatilganda. Men – mana shu minglarning biriman. Urush – quyon ovi emas.
Agar ega bilan ot kesim orasida ham yordamchisi bo‘lsa, tire qo‘llanmaydi.
Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba.Munisa ham o‘quvchi.
Tilimizda shart mayli shakli (istak gaplardagi bunda mustasno) nomustaqil kesim shaklini yasashga xizmat qiladi. Bunday kesimli gaplarning mustaqil ravishda qo‘llanilishi uchun maxsus nutqiy sharoit talab etiladi.
Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar hamda bog‘lamasiz va bog‘lamali ot kesimlar mustaqil kesimlardir. Qalb salomat bo‘lsa, aql ham, fikr ham salomat bo‘ladi. Mehnat qilsang, baxting ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |