Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovining 7,17, 18-turlari qayta e’lon qilinadi



Download 26,83 Kb.
Sana04.08.2021
Hajmi26,83 Kb.
#138556
Bog'liq
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi amaliy hamda


Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovining 7,17, 18-turlari qayta e’lon qilinadi 01.03.2021

Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilishi uch yilga mo’ljallangan amaliy hamda bajarilishi ikki yilga mo’ljallangan innovatsion loyihalar tanlovining 7, 17, 18-turlarini quyidagi fan yo’nalishlari bo’yicha qayta e’lon qiladi.



  1. Farmakologiya va farmatsevtika fanlari.

  2. Filologiya, pedagogika va psixologiya fanlari.

  3. Tarix va arxeologiya fanlari.

Tanlov shartlari

Mazkur tanlov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020 yil 9 martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o’tkaziladi.

Koronavirus pandemiyasi sababli respublikamizda e’lon qilingan karantin sharoitida loyihalar www.fan-portal.uz veb-sahifasi orqali 2021 yilning 1 martiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Bunda quyidagi hujjatlarning asl nusxalari skanerdan o’tkazilib, pdf shaklida www.fan-portal.uz veb-sahifasiga yuklanishi lozim:



  • ijrochi tashkilot rahbari (o’rinbosari) tomonidan imzolangan yo’llanma hat;

  • ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan ko’chirma;

  • amaliy yoki innovatsion loyiha matni (imzo va muhr qo’yilgan holda).

Loyiha matni A4 formatdagi standart qog’oz varag’ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida 1,15 qator oralig’ida yozilishi lozim. Har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o’ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo’lishi lozim.

Matnni tayyorlashda “Times New Roman” 12 o’lchamli shriftda “Misrosoft Word” matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Betlar titulь varag’idan boshlab oxirgi varaqqacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o’ng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titulь varag’iga 1 raqami qo’yilmaydi.

Loyihaning har bir talab qilingan hujjati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi.

Loyiha rahbari va ishtirokchilarining mezonlarda talab qilingan ilmiy ishlar ro’yxati (oxirgi 5 yil davomidagi nashrlar quyidagi xronologik tartibda keltirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi: monografiya; patent; ilmiy maqola; ilmiy to’plamlar va boshqa nashrlari) 3.4-shaklga qat’iy rioya qilingan holda rasmiylashtiriladi va muallif, ilmiy kotib tomonidan imzolanib, tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.

Barcha taqdim etilgan ilmiy loyihalar majburiy ravishda tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko’chirmachilikka (plagiat) yo’l qo’yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi bo’yicha dastlabki texnik ekspertizadan o’tkaziladi.

Dastlabki texnik ekspertizadan o’tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan so’ng to’liq tijoratlashtirilishi shart.



Taqdim etilgan loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov g’oliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, kutilayotgan natijalarni to’la va o’z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyihalar rahbarlari va ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari javobgar hisoblanadilar.

Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning natijalari to’g’risidagi ma’lumot www.mininnovation.uz veb-saytida “Tanlovlar” ruknining “Tanlov natijalari” interaktiv xizmati orqali taqdim etib boriladi. www.fan-portal.uz veb-portali orqali elektron ro’yxatdan o’tkazish bilan bog’liq texnik masalalar bo’yicha Innovatsion rivojlanish vazirligining qo’llab-quvvatlash xizmatiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin: (90) 993-99-32.
Download 26,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish