Asqad Muxtor



Download 39 Kb.
Sana11.01.2020
Hajmi39 Kb.
#33351
Bog'liq
Asqad Muxtor

Asqad Muxtor
Atoqli shoir, nosir va dramaturg Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrida Farg‘ona shahrida temir yo‘l ishchisi oilasida tug‘ilgan. U 11 yoshida otadan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad Muxtor O‘zbekiston Davlat universitetiga (1938) kirib o‘qiydi. So‘ng Andijon pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiri bo‘lib ishlaydi. Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi uning faoliyatida yangi sahifa ochdi. U «Yosh leninchi» (1945), so‘ngra «Qizil O‘zbekiston» gazetalarining muharririyatlarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir (1960—1965), O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasida kotib (1957) bo‘lib ishlaydi. «Guliston» jurnaliga, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligiga muharrirlik qildi.

Asqad Muxtor «Tilak», «Tong edi», «Totli damlar» singari ilk she’rlari (1935—1938)da she’riyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniqlab olishga intiladi. U she’riyatga «Qalbga qanot», «Dardga davo» beruvchi deb qaraydi. Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan «G‘alaba ishonchi», «Jangchining bayram kechasi», «Tug‘ishganlar qaytdi», «Sog‘inish» singari qator she’riy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undaydi. Vatan go‘zalliklarini, tuganmas boyliklarini, xalq hayotidagi katta o‘zgarishlarni tasvirlovchi «Po‘lat quyuvchi» (1947), «Hamshaharlarim» (1949), «Rahmat, mehribonim» (1954), «Chin yurakdan» (1956) she’riy kitoblarini yozadi.


Asqad Muxtor «Mardlik cho‘qqisi» (1948), «Yaxshilikka yaxshilik» (1949), «Samandar» kabi pesalar ham yozgan. Yozuvchining «Daryolar tutashgan joyda» (1950), «Qoraqalpoq qissasi» (1958), «Buxoroning jin ko‘chalari» kabi qissalarida, «Opa-singillar» (1955), «Tug‘ilish» (1963), «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1973), «Amu» kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari o‘z ifodasini topgan.
«Chin yurakdan» (1956) she’riy kitobi, «Hayotga chaqiriq» (1956), «Dunyo bolalari» (1962) hikoyalar to‘plamlari o‘zbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitgan.
Shoirning «99 miniatyura», «Karvon qo‘ng‘irog‘i» she’riy kitoblari 60—70- yillar o‘zbek she’riyatida katta voqea bo‘lgan. Ularda inson qalbining toblanishlari chuqur intellektual his-tuyg‘u vositasida talqin etilgan.
Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, M. Gorkiy, T. Shevchenko, Blok, Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida o‘zbek kitobxonlarining ma’naviy mulkiga aylangan.
Asqad Muxtor lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida o‘zbek madaniyati tarakqiyotiga katta hissa qo‘shgan. U O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980), Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga (1972) sazovor bo‘lgan. «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1995).
1997 yil 17 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.

UMR
Kuni kecha shu so‘rida yotganimda

Oy shu’lasi tushmas edi yuzlarimga:

Yaproqparning titroq, yashil sharpalari

Orom olib kelar edi ko‘zlarimga.

Bugun bo‘lsa tanga-tanga nur tushipti.

Mijjam horg‘in, uyqu bermas yorug‘ yulduz.

Birdaniga yuragim shuv etib ketdi:

Kuz kelipti, kuz...


* * *
Men ko‘p yo‘llar yurdim,

Ko‘p narsani ko‘rdim,

Goh sog‘inib,

Goho


Shodlikdan jo‘shib;

Qanot chiqqan qushday

Uyasiga sigmay,

Yuragimda talpinar qo‘shiq.


* * *
Men seni o‘ylayman,

o‘ylarim cheksiz,

Shunday cheksiz bo‘lsin baxtli kezlaring.

Men seni o‘ylayman.

o‘ylarim tengsiz.

Shunday tengsiz sening tiniq ko‘zlaring.

Men seni o‘ylayman,

o‘ylarim uzun,

Ki undan shundayin bir arqon o‘rsam,

Chirmab tutib bersam sevgan yulduzing

So‘ngra sen ko‘ksingda porlatib yursang

Men seni o‘ylayman...


* * *
Oradan gap qochsa, yaraday qiynar.

Shunday iz qoldirar so‘zning qamchisi

Goh tun sukutida eshitib qolaman –

Gurs etib tushadi ko‘z yosh tomchisi.

Nima gap o‘zi?
Nahot ko‘qtsan uzilib tushgan bo‘lsa

Nikoh yoshimizning yorug‘ yulduzi...


GULLAR
Lola gulxanlari yo‘l yoqasida...

Umrimda juda ko‘p yo‘llar bosdim men

Bahor epkinidan yurak orziqadi,

Yo‘llardan ham ko‘proq gullar bosdim men.


Ko‘ksim bilan bosdim,

ezdim poshnam bilan,

Chamanlar, chamanlar toptadim!

Balki shuning uchun

yigirma yil izlab,

Gulgun yuzlaringdan orom topmadim.


Balki o‘sha yillar

dil xazinasidan

Qandaydir javohir yo‘qotdim.

Yovga o‘q otishim kerak edi mening,

Gullarni ko‘rmadim.

Yovga o‘q otdim.


Shoshish zarur edi,

shoshish, otish zarur,

Men o‘lim girdobi bo‘lishim kerak.

Tunlar sozliqlarda o‘rmalarkanman,

Gullarning infashin tinglardi yurak.
Ha, ko‘p gul bosdim men.

O’rni to‘larmikan

Gul bo‘lib ochilsa har qalb tepishi?

Qirda lola fasli chalqancha yotib,

Borliqni unutging keladi kishi.
Meni nafratlamas lolam, jonginam,

U hamon mehr ila menga boqadi.

Men quloq solaman:

tomirlaridan,

Mangulik sharbati silqib oqadi.
Gulgun yonog‘ida shabnam qatralari...

Negadir eslayman bolalarimni.

Borliqni unutish kerak emas, yo‘q,

Ardoqlayman lolalarimni!


Etik poshnasidan ardoklayman, o‘kdan,

Dovul tursa - qalqon bo‘laman!

O’lsam, faqat Beloyanis kabi

Tishimda gul tishlab o‘laman.

Tishimda gul tishlab o‘laman...
TUG‘ILISH
Tong oldidan yomg‘ir sevalab o‘tdi,

Keyin ko‘k ochilib, yog‘di yulduzlar.

Yerdan hovur ko‘tarildi, xuddi

Qimirlagan kabi zimdan ildizlar.


Kimgadir muqaddas bir zum yaqinladi,

Qorovul o‘chirdi so‘nggi fonarin.

Iyul quyoshining ilk yolqinlari

Yaproqlarga sachrab yonardi.


Yer yosh: soflik jimirlatar etin,

Zoriqqan g‘unchalar ochildi bog‘da.

Panjaradan oshib chiqib ketdi,

Maysalarda yurgan yashil shabboda.


Eshikdan eshikka yugurib yelardi,

Suyunchi so‘rardi, suyunchi.

U go‘yo taqdirni olddan bilardi,

Go‘yo yo‘q dunyoning g‘ami, kuyunchi.


Iymanibroq turar ota poygakda,

Ko‘ksida yulduzi, bir qo‘li mayib.

Ichkarida esa, oppoq choyshabda

Jahonning umidi yotar jilmayib.


***
Bilmadim, yo‘lingga kimlar bo‘ldi g‘ov,

Bezidi kulbamdan fayzu farishta.

Ko‘ngil mulkim mening alg‘ov-dalg‘ov,

Qayt, dunyomni qilgil sarishta.


Bari o‘lja-jo‘lda — ro‘zg‘or, his, xayol,

Sening qo‘llaringga hammasi mushtoq.

Quvonch gullarimga suv sep, sohibjamol,

Bunda har mo‘’jiza sening sehringdan.


Xayol zulmatiga soching chulg‘anar,

Qiynar ilk nigohing mangu lahzasi.

Devorda soyadek es-es to‘lg‘anar

Tungi bo‘salarning sirli lazzati.


Aytsang-chi, yo‘lingda kimlar bo‘ldi g‘ov,

Bezdi-ku kulbamdagi fayzu farishta.



Ko‘ngil mulkim mening alg‘ov-dalg‘ov,

Qayt, yana dunyomni qilg‘il sarishta.
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish