3-sinf ona tili darsida “gap” mavzusini o’tishda interfaol usullardan foydalanish”


Gap tizimi ifodalangan chizma ustida ishlash



Download 322,95 Kb.
bet24/30
Sana14.04.2022
Hajmi322,95 Kb.
#550571
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
madina 12

Gap tizimi ifodalangan chizma ustida ishlash:
a)o‘quvchi chizmadagi shartli belgilarni tushuntiradi.
v)o‘quvchilar o‘zlashtirgan yuqoridagi matndan chizmaga mos gaplarni topib o‘qishadi.
Gap tizimi chizmasi
1.D...........!................!...................!.....................!...................!................!
2. B ................!...................!.....................!...................!................!
3. N............................!...................!.....................!...................!................!
O‘quvchilar chizmaning 1 va 2-siga qiyinchiliklarsiz matndan(Dunyodagi erksevar xalqlar bir so‘zni sevinib aytadilar.Bu-tinchlik so‘zidir!)mos gaplarni topib o‘qishadi. Ammo uchinchi shaklga mos gapni matndan topisholmaydi(chunki bunday gap matnda yo‘q) va uni qayta-qayta e’tibor berib o‘qishadi. Topisholmagach o‘qituvchi ularni matn oxiridagi topshiriqning gaplariga yo‘naltiradi va ular bu(harf bir gap nimani bildiryapti?) gapni tezda topishadi.
SHundan so‘ng dars tarbiyaviy maqsadini ko‘zlagan holda “yashirilgan so‘zni top” o‘yini o‘tkaziladi.
T..........ch............k va D...........t..............k
V........t.........n ha........t g......rovi
Keyin 67-,68- va 69-mashqlar shartga asosan bajariladi.
Mazkur noan’anaviy ona tili darsini quyidagicha tasvirlasa bo‘ladi :
G A P
Darak gap So‘roq gap Undov gap
Xabar Savol Xis-
so‘roq Hayajon
............ ............? ............... !

Bu chizmadan kelgusi darslarda ham mavzuni takrorlash uchun foydalansa bo‘ladi. Mazkur dars oxirida quyidagicha uyga vazifa beriladi. Maktabga kelguncha uyda va ko‘chada ko‘rgan kechirganlaringiz haqida so‘zlab bering.


M A V Z U : D A R A K G A P
Dars jarayoni rejasi :

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uyga vazifa so‘rovi.

  3. YAngi mavzuga kirish.

  4. Uyg‘unning yil fasllari haqidagi she’ri ustida ishlash.

  5. YAngi mavzuni mustahkamlash (76-79-mashqlar).

  6. YAkuniy xulosalar.

  7. Uyga vazifa

M A Q S A D :
A) Darak gap strukturasi,tarkibi,mazmuni va tinish belgisini o‘rganish;
B)Baqqollik va dehqonchilik kasblariga mehr uyg‘otish va ularning hususiyatlari haqida suhbat.
V) O‘quvchilar monologik nutqini rivojlantirish.
Uyga berilgan vazifa o‘tgan mavzu-darak, so‘roq va undov gaplar haqidagi umumiy ma’lumotlarni eslash va yangi mavzuga zamin tayyorlashga xizmat qiladi. CHunki uyda va ko‘chada ko‘rgan kechirganlarini o‘quvchilar hiqoya qilib berishadi, ya’ni xabar berishadi. Demak undagi gaplarning deyarli barchasi darak gaplarga xos bo‘ladi. Qarang.
Uydan maktabga kela turib, xolamni ko‘rdim. Xolam paxta erida ishlab turgan edilar. YOnlarida jiyanim Lola ham bor edi.
O‘quvchilar tuzgan hikoyalarni muhokama qilgandan so‘ng o‘qituvchi yakun yasaydi:
Qaranglar,sizlar tuzgan hikoyalardagi barcha oxirida qanday tinish belgi qo‘yilgan ekan? –nuqta( . ). Biror narsa-voqea haqidagi xabarni bildirgan gap darak gap deyiladi. Darak gap oxirida ovoz pasayadi va gap oxirida nuqta( .) qo‘yiladi.
Bugun mana shu darak gaplarni chuqurroq o‘rganamiz. SHundan so‘ng Uyg‘unning “Yil fasllari” she’ri ustida ishlaymiz.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish usullari fanning predmeti o‘quvchilarga o‘zbek tilini o‘rgatish yo‘llari, usullari va vositalari bilan ona tilini egallash, ya’ni nutqni o‘stirish, o‘qish va yozishni grammatika va imlo qoidalarini o‘zlashtirib olish to‘g‘risidagi fandir. 3-sinfda “Sodda gap”, “Darak gap”, “Buyruq gap”, “His-hayajon gap”, “Gap bo‘laklari”, “Gapning uyushiq bo‘laklari”, Undalmali gaplar mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarning muhim vazifvlaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi.
4-sinfda gapning uyushiq bo‘laklari o‘rganish bilan gap bo‘laklari haqidagi bilim kengaytiriladi. O‘quvchilarda gap bo‘laklari haqidagi tasavvurni o‘stirish gapni o‘zlashtirishda etakchi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari gap bo‘laklarini ikkita katta guruhga bo‘lishini o‘zlashtiradilar. Gapni o‘zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo‘laklar esa bosh bo‘laklarni aniqlovchi va to‘ldiruvchilik vazifasini bajaradi.
Bir xil so‘roqqa javob bo‘lib o‘zaro teng aloqada, boshqa bo‘laklar bilan tobe aloqada bo‘ladigan va gapdagi bir bo‘lakka bog‘langan bo‘laklar gapning uyushiq bo‘laklari deyiladi. Bu bo‘lalar o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog‘lanadi:
Bola goh menga, goh unga qarar edi. Bog‘da oq, qizil, sariq gullar ochilgan edi. Gap bo‘laklarni barchasi uyushib keladi: 1) ega uyushadi; Bugun Anvar va Sobir navbatchilik qildi. 2) Kesim; Yo‘l keng va tekis edi. 3) aniqlovchi uyushadi: Salqin va bahavo bog‘da dam oldik. 4) to‘ldiruvchi: Onamga va opamga sovg‘a oldim. 5) hol uyushib keladi: U shaharga o‘qish yoki ishlash maqsadida kelgan edi.
Boshlang‘ich sinflarda tinish belgilarning ishlatishi o‘quvchilarda imloga oidmalakani shakllantirish ustida ishlash metodikasi belgilaydi. Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To‘g‘ri yozish-maxsus nutq faoliyati, yozuv ham murakkab harakat bo‘lib uning asosida nutq yotadi. Imloviy malakani faoliyatining komponent sifatida gapni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish so‘zni uslubiy aniq qo‘llashi ham o‘z ichiga oladi.
To‘g‘ri yozuv malakasini shakllantirish uchun o‘quvchidan fikrlash faoliyati talab etiladi. Biror to‘g‘ri yozuv hodisasini o‘zlashtirish uchun o‘quv va yodda saqlashgina emas, balki analiz va sintez ham tadbiq etiladi. Bunda grammatik va orfografik hodisalarining o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash uchun taqqoslash usulidan foydalanish hamda so‘z va so‘z shakllarini ma’lum grammatik yoki grafik guruhlarga ajratish, muayyan tizimga solish, tushuntirish va mantiqiy mashqlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. SHunday qilib, imlo qoidalarni o‘rgatishda, grammatikani o‘rgatish kabi, o‘quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira borish talab etiladi.
3- sinfda gap mavzusini o‘tish biroz murakkablashib, endi sodda gaplar qo‘shma gapga almashadi. To‘g‘ri, mazkur sinfda qo‘shma gap mavzusi berilmagan,lekin o‘qituvchi bolalarga bu haqida ma’lumot berib, izohlab o‘tishi lozim deb hisoblaymiz.
Qo‘shma gap turlari 1-2-sinf ona tili darsligi mashqlarida berilmagan, chunki bu sinfda boshlang‘ich sinf o‘quvchisi sodda gaplardan iborat gaplar yordamida tilshunoslik hodisalaridan ilk ma’lumotlarni oladilar. Ularning qo‘shma gaplarni tushunish ko‘nikmalari hali shakllanib ulgurmagan bo‘ladi.
3-4- sinflarda o‘quvchilar asta-sekin til sathlarini qo‘shma gaplar misolida ham o‘rganib boradilar, chunki ularning kundalik nutqida ham qo‘shma gaplardan foydalaniladi.
Biz quyida ona tili darsligida berilgan qo‘shma gaplarni ajratib olib, ularni turlari jihatdan baholi qudrat tahlil qilib, e’tiboringizga havola qildik.

Download 322,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish