II.2. 3- sinf “Ona tili” darsligida “Gap”mavzusining yoritilishi va mavzuni o`rganishda foydalanishga mo’ljallangan ijodiy topshiriqlar. Boshlang‘ich sinflarda gap mavzusini o‘tish jarayonida asosiy e’tibor o‘quvchilarning sintaktik jihaddan to‘g‘ri va aniq gap tuzishiga, gaplarning tugallangan fikr bildirishini o‘rgatishga qaratiladi. Jumladan, 2- sinf ona tili darsligida, dastlab, 1-sinfda o‘tilgan gap mavzusini mustahkamlash uchun takrorlash bo‘limi berilgan va 75-93- mashqlar shu mavzuni qayta xotirlash maqsadida kitobga kiritilgan. CHunki mazkur darslikning oxirida(111-115-sahifalar) yana nisbatan murakkabroq mashqlar va gap mavzusi haqidagi nazariy qoidalar mavjud. Bundan anglashiladiki, boshlangg‘ich sinflarda gap mavzusini o‘tish oddiydan murakkabga qarab o‘sib boradi. Davlat ta’lim standartlarida ko‘rsatib o‘tilgandek, ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqlarini shakllantirishni o‘zining bosh yo‘nalishi qilib belgilamog‘i lozim.
3 –sinflarda gap mavzusini o‘tish uchun 30 soat ajratilgan bo‘lib, har bir darsni mustahkamlash uchun mashq va topshiriqlar berilgan.Ularni ishlash jarayonida “Aqliy hujum”, “Zig-zag”, “Sinkveyn”, “BBB”, “FMIU” kabi bir qancha zamonaviy usullar qo‘l keladi.
3 - sinfda gap mavzusini o‘tishda takrorlash qisminda quyidagi usul va vositalardan foydalanish mumkin:
Klaster" usulida GAP-
Xulosa qilib aytish mumkinki, boshlangg‘ich sinflarda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish va yangicha - innovatsion texnologiyalar asosida dars o‘tish natijasida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash jarayonida faraz, mushohada, tahlil qilish, o‘z fikrini isbotlay olish kabi ijodiy faoliyat paydo bo‘ladi, har bir shaxsda ongli harakat, aql-zakovat bilan maqsad sari intilish shakllanadi.
3-sinf ona tili Ta’lim dasturi asosida yozilib, chop etilgan darsligida5 mavzular 4 ta katta bo‘limlar shaklida(va quyidagi tartibda) berilgan :
Takrorlash(nutq,gap,so‘z,tovush va harflar,bo‘g‘in,alifbo,tutuq belgisi,sh,ch,ng harflar birikmalari,jarangli va jarangsiz undoshlar,talaffuzda tushib qoladigan undoshlar va ketma-ket kelgan bir xil undoshlar);
-Gap(darak gap,so‘roq gap va undov gaplar, gap bo‘laklari,bosh vaikkinchi darajali bo‘laklar,gapda so‘zlarning bog‘lanishi);
So‘z tarkibi(o‘zak va o‘zakdosh so‘zlar, so‘z yasovchi qo‘shimchalar,so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar).
Gap mavzusi (bo‘limi)tarkibiga kirgan darslar darslikda quyidagi tartibda berilgan :
1.Gap haqida umumiy ma’lumot.
2.Darak gap.
3.So‘roq gap.
4.Undov gap.
5.Gap bo‘laklari
6.Bosh bo‘laklar.
7.Ikkinchi darajali bo‘laklar.
8.Gapda so‘zlarning bog‘lanishi.
Mavzularning berilishi tartibi ta’limda umumiylik va xususiylik tamoyillari asosida bosqichma- bosqich, ya’ni gap bir butunlik bo‘lsa, uning turlari, tarkibiy qismlari shu butunlik ko‘rinish va tuzilmalari shaklida berilgan.
Endi har bir mavzu bo‘yicha zamonaviy ped.texnalogiyalardan foydalangan holda, interaktiv ta’limga doir dars ishlanmalarini hukmingizga havola etamiz.
Mavzu: Darak gap,so‘roq gap va undov gaplar haqida umumiy ma’lumot.
Maqsad: a)Tugallangan fikr ifodalaydigan gaplarning turlari haqida umumiy ma’lumot berish. Gap boshi va oxirini belgilaydigan vositalarni tushuntirish;
B)do‘stlik va mehnatga ijobiy munosabat.
V)nutq o‘stirish.
Jixozlar : darslik,o‘quv qurollari va gap tizmasi tasvirlangan chizma.
YAngi mavzu matn ustida ishlashdan boshlanadi.(66-mashq).Izoh:dars ishlanmalarimizda,uyga vazifani so‘rash,tashkiliy qismlar kiritilmagan, chunki maqsadimiz-yangi mavzu asosida integrallashgan ta’lim.
Matr ustida ishlash rejasi :
1.Matnni(o‘quvchilar bilim saviyasiga qarab)o‘quvchi yoki o‘quvchilar tomonidan birlamchi o‘qish.
2.Matn mavzusi(mazmunini) o‘zlashtiriga doir savol-javoblar.
3.Matn gaplari fikr tugashiga qarab ovoz bilan ajratib o‘qish.
4.Gaplarning oxiridagi turli belgilarini tushuntirish.
5.Har bir gap birinchi so‘zining bosh harf bmlan yozilishini belgilang.
6.Gaplarning oxiridagi tinish belgilarini izohlab ko‘chirib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |