3-sinf ona tili darsida “gap” mavzusini o’tishda interfaol usullardan foydalanish”



Download 322,95 Kb.
bet17/30
Sana14.04.2022
Hajmi322,95 Kb.
#550571
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
madina 12

Savol asosida gap tuzish. Bunda berilgan savol javob (gap tuzish) uchun asos bo‘ladi va “namuna” vazifasini bajaradi. Savolda uning asosiy mazmunigina emas, balki barcha so‘zlari va sintaktik qurilishining chizmasi ham beriladi. Masalan: Bolalar bog‘da nima terdilar? Bolalar bog‘da olma terdilar. Savollar asta sekin murakkablashtirib boriladi, o‘quvchilar oldin so‘roq so‘zga bir so‘z qoshib gap tuzgan bo‘lsalar, keyinroq o‘z so‘zlarini ko‘proq qo‘shishga majbur bo‘ladilar. O‘quvchilar bog‘da nima qildilar? (Bolalar bog‘da olma terdilar. Bolalar bog‘da olma terdilar va uni savatlarga soldilar). Sen tipratikan haqida nimalarni bilasan? Nega qushlar uyasini buzish mumkin emas? Kabi konstruktiv mashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi. Bunday mashqlar grammatik tushuncha va qoidaga asoslanadi. Bu mashqlarning turlari: 1. Aralash berilgan so‘zlardan matn tuzing. Bunda so‘zlar grammatik materialning o‘rganishiga qarab uch variantda berilish mumkin. a) So‘zlar tayyor ishlatiladigan shaklda beriladi: meva, bog‘da, bog‘bonlar, terdilar. (Bog‘bonlar bog‘da meva terdilar); b) O‘rganilgan grammatik materialni hisobga olib, ayrim so‘zlar bosh shaklda, boshqalari tayyor shaklda beriladi: Masalan: Otlarda birlik va ko‘plik mavzusi o‘tilgach, paxta, dalada, bola, terdilar shaklida berilish mumkin; v) Barcha so‘zlar bosh shaklda beriladi: koptok, xovli, bola, o‘ynamoq. 2. Nuqtalar qo‘yilmagan, bosh xarf yozilmagan matndan gaplarning chegarasini ajratish. Bu mashq bolalarni o‘z nutqlarida gaplarning chegarasini ajratishga, gapni to‘g‘ri o‘qish va yozishga o‘rgatadi. 3. Berilgan sodda gapni so‘roqlar yordamida bosqichli yozish mashqi. Qushlar uchib keldi. qaerdan uchib ketdi. Qushlar sovuq mamlakatlar uchib ketdi. Qaerga uchib keldi? qushlar sovuq mamlakatlardan o‘z uylariga uchib keldi. 4. Berilgan sintaktik chizma asosida gap tuzing.
Ega – kesim. CHaqqon bolalar olma terdilar.
Ega – kesim. Ishchak bolalar chiroyli gullarni zavqlanib terdilar.
5. Berilgan gapga o‘xshash, masalan, uyushiq egali yoki kesimli sodda yoyiq gap tuzish. Bunda o‘quvchilarga Quyosh yoritadi va isitadi kabi gap beriladi, o‘quvchi esa Ravshan o‘qidi va ishladi kabi gap tuzadi.
6. Ikki – uch sodda gapdan bitta uyushiq bo‘lakli sodda gap tuzish. Masalan: Bahorda qaldirg‘ochlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi. Bahorda qaldirg‘och va laylaklar issiq mamlkatlarga uchib ketadi, gap tuziladi. Ijodiy mashqlarda o‘quvchilar o‘zlari erkin ravishda gap tuzadilar. Boshlang‘ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlardan foydalaniladi.
1. Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‘quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar: “Quyoshli kunda”, “Bizning uy” yoki “Quyon va tipratikan” kabi.
2. Ikki – uchta “tayanch” so‘z beriladi, o‘quvchilar shu so‘zlarni qatnashtirib gap tuzadilar. Tayanch so‘z sifatida bolalarning faol lug‘atiga aylantirish zarur bo‘lgan so‘zlar olinadi.
3. Narsa rasmi yoki rasm beriladi, o‘quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar.
Uyushiq bo‘laklar shu mashqlar asosida olingan bilimlarini mustahkamlaydilar.
Tilimizda undalamalar ham uyushib keladi. Masalan: Xayr, yashil o‘rmonlar, moviy dengizlar, Ey Muxayo, ey Surayo, ey Ra’no, (siz) ko‘zimni yashnatib kelibsiz atlas.
Sodda gaplar tarkibida ajratilgan bo‘laklar ham mavjud. Gapda qaysidir bir bo‘lakni alohida izohlab keladigan bo‘laklar ajratilgan bo‘lak deyiladi. Ajratilgan bo‘laklarning xususiyatlari: izohlanuvchi bo‘lak bilan bir xil grammatik shaklda bo‘ladi. Bitta so‘roqqa javob bo‘ladi. Bir xil gap bo‘lagi xisoblanadi. YUqoridagi xususiyat bilan ajratilgan bo‘lkalar uyushiq bo‘laklarga o‘xshaydi. Lekin ular uyushiq bo‘laklardan ikkita muhim farqi bor.

  1. Uyushiq bo‘laklar sanash ohangi bilan aytiladi. Ajratilgan bo‘laklar esa izoh ohangi bilan aytiladi.

  2. Uyushiq bo‘laklar bir necha tushunchani bildiradi. Ajratilgan bo‘laklar bitta tushuncha ikki xil izohlaydi. YUqoridagi fikrlarni uyushgan va uyushmagan aniqlovchilar misolida ko‘rishimiz mumkin. Sifatlar ma’nosiga ko‘ra sakkiz turga bo‘linadi. Sifatning ma’noga ko‘ra bitta turiga kiruvchi so‘zlar bilan ifodalangan aniqlovchi uyushgan aniqlovchi xisoblanadi.

Masalan: bog‘imizda oq, qizil, pushti gullar ochilgan. (aniqlovchilar rang-tus bildiruvchi sifatlarbilan ifodalangan - uyushgan). ma’nosiga ko‘ra har xil bo‘lgan sifatlar uyushmagan hisoblanadi. Masalan, Xovlida katta va yashil daraxt bor (katta xajm o‘lchov bildiruvchi sifat, yashil – rang – tus bildiruvchi sifat, aniqlovchi uyushmagan. Sfatlovchilar uyushib kelganda, sifatlanmish ot, o‘rniga qarab ko‘plik shaklida ham, birlik shaklida ham qo‘llana oladi: qizil va ko‘k vazalar – qizil va ko‘k vaza (lekin mazmuni ko‘plik), eski va yangi turmush (eski turmush va yangi turmush). Uyushiq bo‘laklarda tartib leksik – semantik, logik – grammatik xususiyatlarga qarab bir qancha ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Misollar: 1. Qovun va tarvuz – tarvuz va qovun (ba’zan), go‘sht va yog‘ – yog‘ va go‘sht. (Bunday o‘rinlarda tartib ma’noni o‘zgartirmagan xolda o‘zgaradi). 2. Edi va ichdi, pishirdi va edi, to‘y va tomosha, rejani bajardi va mukofotlandi (Bunday o‘rinlarda tartib o‘zgartirilsa, mazmun ham o‘zgaradi).
Uyushiq bo‘laklarda “na” yuklamasining qo‘llanishida shunday xususiyatlar bor:

  1. Fe’lli gaplarda inkor sintetik yo‘li bilan (- ma affiksi bilan ifodalangan bo‘lsa, “na” yuklamasi, odatda, ikkita, ba’zan undan ortiq qo‘llanadi) inkor ma’nosini kuchaytirishga xizmat qiladi. Sening qilmishlaringni uning qalbidan na suv, na olov ketkazolmaydi. Bunday o‘rinlarda yuqoridagi ham bog‘lovchisi yuklama vazifasini bajaradi.

  2. Ko‘rsatilgan tipdagi gaplarda ba’zan kesim bo‘lishli shaklda bo‘lib inkorni “na” elementi bildiradi. Masalan, Osmon toza. Unda na qush uchar, “na” bulut suzardi. Bunda “na” yuklamasi inkor ma’nosida qo‘llanadi.

  3. Bosh so‘zi sifatdosh bo‘lgan yoyiq aniqlovchilarda “na” yuklamasi qo‘llansa, o‘sha sifatdosh inkor ma’nosiga ega bo‘ladi. Na ilmiy, na tarixiy, na tarbiyaviy ahamiyati bo‘lmagan bu asarni nashrga tavsiya etish mumkin emas. Na otasini, na onasini eslay olmagan bu maxndis yigit, aniqki, urush daxshatlarini juda yoshligida boshidan kechirgan (“Darakchi” gazetasidan).

  4. Kesimi “bor” so‘zi bilan ifodalangan gaplarda “na” elementining qo‘llanishi gapni inkorga aylantirib, bu yuklama inkor ma’nosiga ega bo‘ladi, lekin ba’zan kesim “yo‘q” so‘zi bilan o‘zgarishi mumkin. Bunday vaqtlarda “na” elementida o‘zgarish bo‘ladi: otasi, onasi bor – Na otasi, na onasi bor. Otasi, onasi yo‘q.

3-sinfda gapning ikkinchi sinfda o‘rganilgan tasnifining mantikiy davomi bo‘lgan turlari o‘rganiladi. Agar 2-sinfda gaplarning so‘zlardan tashkil topishi, oxirida tinish belgisi kuyilishi va ular tugal fikr ifoda etishi o‘rganilgan bo‘lsa, uchinchi sinfda mana shulardan gap oxirida ko‘yiladigan tinish belgilarining chukur tasnifi beriladi.
Gap so‘z turkumining sinflararo bogliq, mantiqiy davomiyligini tasavvur qilish uchun kuyidagilarni kiyos kilish kerak:
2-sinfda 3-sinfda

  1. Gap tugal fikr bildiradi

  2. So’zlar mazmun jihatdan o’zaro bog’lanib, gap hosil qiladi.

  3. Har bir gapning birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladu

  4. Gapning oxidsa tinish belgidi qo;yiladi.

  1. Gap tugallangan fikr bildiradi

  2. Yozuvda har bir gapning birinchi so’zi bosh harf bilan boshlanadi, oxirida tinish belgisi qo’yiladi.

  3. Har bir gap biror maqsad bilan aytiladi.


Oddiygina gaplarning tarkibi va mazmun ko‘lami qiyoslaganda xam mavzu tavsilotlarining asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatish kiyin emas (tugal fikr tugallangan fikr).


Yuqoridagi (3-sinfda degan) chizmaning oxirgi gapi butun mavzuning umumiy maqsadini ko‘zlaydi, ya’ni keyingi barcha tasniflar shu maqsad nimalarni ifodalaydi va qanday belgi va tarkibga egaligini aniqlashga yo‘naltirilgan.
Qarang:

Gap maqsadi





Biror narsa-voqea haqida xabar

Biror narsa –voqea haqida so’rash



Biror narsa-voqea haqidahis-hayajon bilan so’zlash

3-sinf darsligida berilgan mana shu nazariy ma’lumotni modul texnologiyalari talabalari doirasida o‘rganish uni birinchi navbatda gap xakidagi bu ma’lumotlarni o‘rgatib loyixasini tuzish kerak bo‘ladi. Loyixa yoki reja ikki ko‘rinishda bo‘ladi: a) umumiy yo‘naltiruvchi; b) ichki, yakka tartibdagi taxminiy reja. Bu loyixaning birinchisi, gaplarning turlarga, maksadiga karab turlarga, anikrogi, darak, so‘rok va undov gaplarga bo‘linishi xakidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ularning bir-biridan tuzilish va mazmun jixatidan farklarini o‘rganishini ko‘zlaydi.


Ikkinchi modul texnologiyasining loyihasi esa mana shu darak, so‘roq, undov gaplarning har birini mantiqiy alohida-alohida tugal mazmunga ega mavzu sifatida o‘rganish yo‘naltirilgan bo‘ladi. Qarang:

Gap

1)


Darak gap

So’roq gap

Undov gap




Download 322,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish