14-ma`ruza. Mitsellani distillyatsiyalash jarayonini avtomatlashtirish. Ma`ruza rejasi



Download 11,14 Mb.
bet14/30
Sana14.09.2021
Hajmi11,14 Mb.
#174365
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
TJA ma`ruza .doc

Sinov savollari

  1. Lavlagini qayta ishlash jarayonini tushuntiring

  2. Lavlagini qayta ishlash jarayonini boshqarish ob`yektini izohlang

  3. Lavlagini qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasini tushuntiring.

26-ma`ruza. Spirt ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish.
Ma`ruza rejasi:

  1. Spirt ishlab chiqarish jarayoni tavsifi;

  2. Spirt ishlab chiqarish jarayoni asosiy texnologik parametrlari;

  3. Spirt ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish.

O’simlik suyuqligi (braga) dan spirt ajratish bosqichi va uni aralashmalardan tozalash oxirgi bosqich hisoblanib, bragoreftifikacion qurilmalar (BRQ)da amalga oshiriladi. BRQ texnologik sxemalarining bir necha varianti mavjud, ammo ularni avtomatlashtirish pirinciplari o’xshash, shuning uchun misol tariqasida bilvosita ishlovchi uch kolonnali qurilmani qarab chiqamiz.

Braga achitish bo’limidan issiqlik almashgich 1 ga uzatiladi, u erda spirt va suv bug’lari bilan isitiladi, keyin achitish kolonnasi 6 ning yuqori qismiga tushadi va likopchalar bo’yicha pastga oqib tushadi. Suyuqlik oqimiga qarshi suv va spirt bug’lari ko’tariladi, bu bug’lar kolonna qaynatgichiga yo’naltirilgan isituvchi bug’ issiqligi hisobiga hosil bo’ladi. Issiqlik massa almashinuvi natijasida bug’ oqimidagi spirt konsentratsiyasi ortadi, suyuqlikda esa kamayadi. Spirt haydalgan braga barda deyiladi. U kolonnaning pastki qismidan olinadi va spirt sanoatining asosiy chiqindisi bo’lib, mollar uchun bevosita ozuqa sifatida yoki ozuqa xamirturushlar ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida foydalaniladi. Spirt va u bilan birga chiquvchi aralashmalar bug’lari kolonnaning yuqori qismidan chiqadi, issiqlik almashgich 1 da braga oqimi bilan sovitiladi va deflegmator 2 da unga sovituvchi suv beriladi, pirovard kondensatsiyalanadi.

Spirt xomashyoni tozalash epyuracion kolonna 7 da amalga oshiriladi, u erga deflegmator 2 dan spirt xomashyosi kondensati haydash uchun beriladi. Kolonna bug’ bilan isitiladi, u qaynatgichga uzatiladi. Epyuracion kolonnadagi temperatura rejimi spirtning ajralishiga mo’ljallangan, u bu erda aralashmaning va oson uchib ketuvchi qo’shimchalar (efir, al’degidlar, metinol va boshqalar)ning yuqori qaynovchi komponenti hisoblanib, ular kolonna 3 ning yuqori qismida to’planadi va undan efiroal’degidli fraktsiya (EAF) ko’rinishida chiqadi.

20—30% konsentratsiyali tozalangan spirt (epyurat) epyuracion kolonnaning pastki qismidan chiqariladi va pirovard tozalash hamda konsentratsiyani oshirish uchun rektifikacion kolonna 8 ga uzatiladi. Bu kolonnada oson uchib ketuvchi (bug’lanuvchi) komponent - spirt, asosiy yuqorn qaynovchi komponent suv hisoblanadi, shuning uchun spirt konsentratsiyasi kolonna balandligiga qarab ortadi. Bu kolonnani isitish boshqa ikki kolonnaniki kabi faqat qaynatgichga uzatiladigan bug’ bilan amalga oshiriladi.

35-rasm. Uch kolonnali qurilmani avtomatlashtirish sxemasi
96% konsentratsiyali spirt-rektifikat kolonnaning yuqori qismidan 10-15 likopchadan olinadi va issiqlik almashgich 5 orqali o’tib, u erda suv bilan sovitiladi. Spirt bug’lari deflagmator 4 da kondensatsiyalangandan so’ng kolonnaga flegma sifatida qaytadi. Kolonnaning pastki qismidan sovish moylari olinadi, undan ham pastroqdan qolgan spirt bilan suv chiqariladi,

Bragorektifikacion bo’lim portlash xavfi bo’lgan xona hisoblanadi, shuning uchun unda faqat portlash havfi bo’lmaydigan qilib ishlangan avtomatlashtirish asboblari va vositalarini o’rnatishga ruxsat etiladi. BRQ avtomatlashtirish sistemasidan asosan pnevmatik tarmoq asboblaridan, shu jumladan diagrammasi pnevmoyuritmali ikkilamchi asboblardan foydalanilgan. BRQning yuklanishi braganing sarflanishi bilan aniqlanadi, uni rostlash uchun indukcion sarf o’lchagich komplekti (1-1, 1-2), elektropnevma o’zgartkich 1-3, rostlagich 1-5 li PI ikkilamchi asbob 1-4 va rostlovchi klapan 1-6 dan iborat sistema xizmat qiladi.

BRQ istalgan kolonnalarning ishlash rejimini belgilovchi muhim texnologik parametri uning pastki qismidagi bosim hisoblanib, u qaynatgichga sarflanayotgan isituvchi bug’ sarfiga bog’liq bo’ladi. Bosimni rostlash uchun BRQ ni avtomatlashtirish sxemasida bir xil turdagi sistemalardan foydalanilgan, ular bosim datchiklari 2-1, 5-1, 8-1, 8-3, P- rostlagichli yoki 2-3 va 5-3 PI-rostlagichli ikkilamchi asboblar 2-2, 5-2, 8-2 va truboprovodlarda bug’ni tegishli qaynattichga uzatishni rostlovchi klapanlar 2-4, 5-4, 8-4 dan iborat har bir kolonnadagi jarayonning holatini ifodalovchi asosiy parametr apparatdan chiqishda asosiy texnologik oqimdagi maqsadga yo’naltirilgan mahsulot hisoblanadi.

Bu parametrni avtomatik o’lchash uchun seriya datchiklari bo’lmagani uchun uni bevosita rostlab bo’lmaydi. Biroq kolonnada suyuqlikning konsentratsiyasi va qaynash temperaturasi orasidagi o’zgarmas bosimda nazorat likopchasida bir qiymatli bog’lanish mavjud bo’lib, undan konsentratsiyani bilvosita rostlashda foydalanish mumkin.

Braga kolonnasida nazorat likopchasidagi temperatura ikki kontur kaskadli ARS bilan rostlanadi. Temperatura monometri termometr 3-1 bilan o’lchanadi, uning chiqishidan olingan pnevmatik signal PI-rostlagich 3-3 li ikkilamchi asbob 3-2 ga uzatiladi. Bu rostlagichning signali topshiriq sifatida kolonnaning pastki qismida bosim rostlagichi 2-3 ga keladi. Sistemaning ishlashida, agar biror sababga ko’ra kolonnaning yuqori qismida spirt konsentratsiyasi o’zgarsa, masalan, kamaysa, nazorat likopchasida temperatura berilgandan kichik bo’lib pasayadi, rostlagich 3-3 rostlagich 2-3 uchun bosimning berilgan qiymatini orttiradi, u kolonnaning pastki qismidagi bosimning joriy qiymatidan katta bo’ladi. Natijada qaynatgichga sarflanadigan bug’ sarfi ortadi va qaynash jarayoni jadallashadi, shuningdek, kolonnadagi hamma issiqlik massa almashinish jarayonlari jadallashadi, bu vaqti kelib, uning talab qilingan ishlash rejimining tiklanishiga olib keladi.

ARS (6-1, 6-2, 6-3) epyuracion kolonnada texnologik rejimni barqarorlashtirish uchun qo’llaniladi. Farq shundaki, mazkur ARS da temperatura kolonnaning pastki qismida rostlanadi, u erdan maqsadga yo’naltirilgan mahsulot - epyurat olinadi.

Rektifikacion kolonnadan olinadigan spirtning konsentratsiyasini rostlash sifatiga ayniqsa yuqori talablar qo’yiladi, chunki u ishlab chiqarishning pirovard mahsuloti hisoblanadi. Buning uchun ikki konturli ARS xizmat qiladi, u spirt rektifikatni nazorat likopchasidagi temperaturasi bo’yicha korrektsiyalab, sarfini rostlaydi. Rotometr 9-1 sarflash datchigi hisoblanib, uning pnevmatik chiqish signali 9-3 PI-rostlagichli ikkilamchi asbob 9-2 ga va undan keyin rostlovchi klapan 9-4 ga uzatiladi.

Nazorat likopchasidagi temperatura manometrik termometr 10-1 bilan o’lchanadi, undan kelayotgan pnevmosignal 10-3 PI-rostlagichli ikkilamchi asbob 10-2 ga keladi. Bu rostlagichning chiqishidan signal topshiriq sifatida rostlagich 9-4 ga uzatiladi.

BRQ ni avtomatlashtirish sxemasida hamma kolonnalarning deflegmatoriga uzatilayotgan sovituvchi suvning sarflanishini rostlash ko’zda tutilgan. Bunda braga kolonnali deflegmatoriga sarflanadigan suv ketayotgan isitilgan suv temperaturasining barqarorlashuvini ta’minlaydi (4-1-4-4). Epyuracion va refikacion kolonnalarda bosimni kolonnaning yuqori qismida rostlashning bir turdagi sistemalari qo’llanilgan, ular datchiklar 7-1 va 11-1 dan, rostlagich 7-3 va 11-3 PI, ikkilamchi asboblab 7-2 va 11-22 dan va tegishli kolonna deflegmatoriga sovituvchi suvning uzatilishini rostlovchi klapanlar 7-4 va 11-4 dan iborat.

Braga rektifikasiyalashning asosiy texnologik parametrlarini barqarorlashtirish bilan BRQ ni avtomatlashtirish sistemasi kollektordagi bug’ bosimini o’zidan keyin turadigan bevosita ishlovchi rostlagich 13 yordamida rostlashni, shuningdek, issiqlik almashgich V dan keyin (12-1-12-4) spirt rektifikatining temperaturasini rostlashni ta’minlaydi. BRQ dan olinadigan hajmni o’lchash va hisobga olish, shuningdek, undagi sof alkogol’ miqdorini o’lchash va hisobga olish nazorat snaryadi deb nomlangan maxsus qurilma yordamida amalga oshiriladi




Download 11,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish