24-ma`ruza. Uzumni qabul qilish va qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish
Ma`ruza rejasi:
Uzumni qabul qilish va qayta ishlash jarayoni tavsifi;
Uzumni qabul qilish va qayta ishlash jarayoni asosiy parametrlari;
Uzumni qabul qilish va qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish.
Uzumni qabul qilish jarayonida dastlabki qayta ishlovchi zavodlarda uzum sharbati olish maqsadida keltirilayotgan xom ashyoning massasi aniqlanadi va sifati baholanadi.
Amaldagi sxemaga ko`ra (rasm) uzum ortilgan avtomashina avtotorozi 1 da tortiladi. Tenzodatchik 1 xomashyo massasi xaqidagn signalni uzgartkich 1—2 ga uzatadi va undan keyin elektrlashtirilgan yozuv mashiniasi 1—3 ga xamda raqamli yorug`lik tablosi HL1 ga uzatiladi.
Maxsulot tarozida tortilgandan so`ng namuna ajratuvchi II (probootbornik) ishga tushiriladi va boshqarish knopkasi 2—1 yordamida magnitli kushgich 2—2 orqali vakuumnasos V ning elektr dvigateli 2—3 ulanadi. elektr dvigatel’ ishga tushirilgani haqida lampalar HL2 va HL3 signal beradi. vakuum nasos oraliq sig`im IV orqali namuna ajratgich II dan vakuum sig`im III ga uzum shirasini to`playdi. Sathni nazorat qiluvchi datchik 3—1 satx berilgan kiymatga etganda boshqarishning elektr sxemasi bilan birlashtirilgan elektron sath signalizatorini 3—2 ishga tushiradi.
Vakum-nasos V to`xtaganda, elektromagnit klapan 4—1 vositasida vakuum sig`imga havo kirishi uchun yo`l ochiladi va vakuum yo`qoladi. elektromagnit klananlar 5—1 va 6—1 vositasida uzum shirasining sigim VI orqali oqish ventili ochiladi. Bu bir necha sekund davomida refraktometr prizmasini yuvish uchun zarur. SHundan so`ng elektromagnitli klapan 6—1 tokdan uziladi va ventil’ yopilib, shira oqishini to`xtatatiladi. Buning natijasida sigim VI to`la boshlaydi va refraktometr 7—1 ning o`zgartkich qurilmasi zanjiri ulanadi. Refraktorning chikish signali elektrlashtirilgan yozuv mashinasi 1—3 ga va rakamli yorug`lik tablosi HL4 ga keladi. SHakarlilik darajasi kiymati kvitantsiyada yoziladi va bir vaqtda raqamli tabloda ko`rinadi. O`lchash va yozish tugagandan so`ng bir necha daqiqa o`tgach shakarlilikni o`lchash sxemasi dastlabki holatiga keladi.
YOrug`lik manbaini sovitish uchun refraktometr datchigi 7—1 da oqar suvdan foydalaniladi. Suvning berilishi idish VII da o`rnatilgan sath datchigi 8—1 orkali nazorat qilinadi. Suv oqimi to`xtaganda elektron sath signalizatori 8—3 ta`sirida qo`ng`iroq 8—3 ishlab ketadi va shu bilan bir vaqtda refrektometrning ta`minlash zanjiri uzatiladi. Operator signalni qabul qilib, nosozlikni yo`qotish uchun zarur choralar ko`radi. Avtomatlashtirish sxemasida kul bilan (noavtomatik) va avtomatik ishlash rejimi ko`zda tutilgan bulib, ular 9—1 kalit vositasida amalga oshiriladi.
32-rasm. Uzumni qabul kilish jarayonini avtomatlashtirish
Zavodga kelgan uzum maydalash-presslash bo`limiga yuboriladi (2-rasm). Uzum qabul qilgich sig`im III dan maydalagich II ga keladi. Maydalash jaraenida undan mezga hosil bo`lib, u idish 1 ga oqib tushadi. Mezga bu idishdan nasos N1 vositasida qayta ishlashning tanlangan texnologik sxemasiga bog`lik holda umumiy bunker-sig`im IV ga va press V ga, eki tinish idishi VIII ga uzatiladi. Suslo idishlar VI ga keladi, u erdan nasoslar N2 va NZ bilan tindirgich VII ga yuboriladi. Presslangan uzum mezgasi transporter bilan foydalanish tsexiga yuboriladi.
Maydalash-presslash bo`limini avtomatlashtirish sxemasi bo`lim qurilmalari yuritmalarini ketma-ket boshqarishni, idishlarni tuldirishni ta`minlash, ortiqcha to`kilishlarni nazorat qilish va himoyalashni ko`zda tutadi. Uzumni qayta ishlash tizimini ishga tushirish maydalagich 6—1 elektr dvigatelini boshqarish sxemasi yordamida sath datchigi 1—1 va sath signalizatori 1—2 bilan amalga oshiriladi. Maydalagich ishga tushirilgandan keyin uning tez ishlab ketishini ta`minlash maqsadida qabul qilgich sig`imi 7—1 shnek elektr dvigatelini, keyin esa transportyor 8—1 elektr dvigatelini ishga tushiradi. So`ng sigimni mezga bilan berilgan sathgacha to`ldirish uchun nasos H1 ning elektr yuritmasi 9—1 ni ulaydi va mezga texnologik rejimini tanlash kalitining holatiga boqliq bo`lda xamda tindirgich idishga yoki qabul qiluvchi sig`imga uzatiladi.
Nasos H1 ni blokirovka qilish mos holda yoki elektron sath signalizatorining sath datchigi 17 bilan nazorat qilinuvchi tindirgich idishidagi mezganing yuqori satqi bo`yicha, shuningdek, elektron sath signalizatori 1—2 ning sath datchigi 1—1 bilan nazorat qilinuvchi mezga to`plagich sig`imining pastki sathi bo`yicha yoki mezga to`plagichdagi quyi sathi bo`yicha, shuningdek, elektron sath signalizatori 18—2 ning sath datchigi 18—1 bilan nazorat qilinuvchi minora—yuvib tushgichlardagi yukori sath bo`yicha, elektron sath signalizatori 19—2 ning sath datchigi 19—1 bilan nazorat qilinuvchi chap susloto`plagichdagi yuqori sath bo`yicha va elektron sath signalizatori 20—2 ning sath datchigi 20—1 bilan nazorat qilinuvchi ung suslotuplagichning yuqori sathi bo`yicha amalga oshiriladi.
Elektron sath signalizatorlari 2—2 va 3—2 ning sath datchiklari 2—1 va 3—1 bilan nazorat qilnnuvchi mezga oqib tushuvchi idishlarning pastki sathiga etganda mos ravishda presslarning elektr yuritkichlari 10—1 va 11—1 ulanadi. SHundan so`ng transportyorning elektr yuritkichi 15—1 ulanadi.
Nasoslar N2 va NZ (13—1 va 14—1) ning elektr yuritmalarini boshqarish elektron sath signalizatorlari 4—2 va 5—2 ning mos holdagi sath datchiklari 4—1 va 5—1 bilan nazorat qilinuvchi susloto`plagichlardagi suyuqlikning pastki sat^i buyicha shuningdek elektron sath signalizatorlari 21-1 va 22-2 mos ravishdagi sath datchiklari 21-1 va 22-1 bilan nazorat qilinuvchi tindirgichlardagi yuritmasi 15-1 boshqarish elektron sath signalizatori 18-2 ning elektryuritmasi 15-1 boshqarish elektron sath signalizatori 18—2 ning sath datchigi 18-1 bilan nazorat qiluvchi bunker idishdagi yuqori sath bo`yicha va tegishli elektron sath signalizatorldri 19-2 va 20-2 ning sath datchiklari 19-1 va 20-1 bilan nazorat qilinuvchi shira to`plagichlardagi yuqori sath bo`yoicha amalga oshiriladi. SHira olishning texnologik sxemasiga ulash texnologik rejimni tanlashning uch yo`lli jo`mragi bilan va elektr bonqarish sxemasida rejimni tanlash qaliti bilan amalga oshiriladi.
33-rasm. Uzumni qayta ishlashning maydalash-presslash bo`limini avtomatlashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |