32-ma`ruza. Gazni ajratish jarayonini avtomatlashtirish
Ma`ruza rejasi:
Gazni ajratish jarayoni tahlili;
Gazni ajratish jarayoni asosiy texnologik parametrlari;
Gazni ajratish jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
Qurilma namlik bilan to`yingan gazni quritish qurilmasidan keladigan sorbent – DEG (dietilen glikol’) regeneratsiyalash uchun mo`ljallangan. To`yingan DEG aralashmasi regeneratsiyalash tsexi tizimi orqali degenizatsiyalash blokiga D-1 beriladi va u erda 0,6 MPa bosim va 10-20⁰C temperatura ostida to`yingan DEG dan eritilgan gaz ajratiladi. Sig`imda ajralgan degenizatsiya gazi kerakli sohalarga uzatiladi (yoki yoqish uchun jo`natiladi).
D-1 blokidan gazsizlangan to`yingan DEG oqimi quvur orqali fil’trlash blokiga F-1 boradi. U erda to`yingan DEG mexanik aralashmalardan va tuzlardan tozalanib, ikki oqimga ajratiladi. To`yingan DEG ning bir qismi regeneratsiyalash kolonnasining K-1 yukori qismiga, asosiy oqim esa issiqlik almashtirgich T-1 orqali R-1 ajratgichga yuboriladi.
T-1 issiqlik almashtirgichda 40-50⁰C gacha qizdirilgan to`yingan DEG ajratgichga tushadi, u erda mahsulotning zichligining farqi hisobiga gaz kondensatdan tindiriladi.
Kondensat yuqori quyilish teshigi orqali ajratgichning alohida qismiga tushadi va klapan orqali kondensat uchun ajratilgan drenaj sig`imiga yuboriladi.
Gaz esa kolonnaning yuqori qismidan tegishli joylarga yoki yoqishga yuboriladi.
To`yingan DEG oqimi ajratgichdan so`ng 0,35-0,5 MPa bosim 40-50⁰C temperatura ostida T- issiqlik almashinish apparatiga uzatiladi va u erda qarama-qarshi yo`nalishda regeneratordan keladigan DEG bilan 85-105⁰C gacha qizdiriladi, so`ngra olovli regenerator RD ga yo`naltiriladi.
Regenerator blogi RD ko`p funktsiyali agregat bo`lib, quyidagilardan tashkil topgan.
vertikal ko`rinishdagi kolonna K-1, u bug`latish qurilmasi U-1 ning yuqori qismiga bog`lovchi flanets o`rnatilgan. (kolonna setka ko`rinishdagi nasadka bilan muntazam to`ldirilgan bo`ladi).
Olovli bug`latgich U-1, buferli sig`im E-1 ustida metall ramali asosda gorizontal holatda o`rnatilgan. (bug`latgichning ichida injektsion gorelkali isitish trubasi mavjud)
Buferli sig`im E-1 gorizontal holatda o`rnatilgan bo`lib, U- simon trubalardan qurilgan
Bug`latgich issiqlik quvurlari chiqishiga ulangan gorizontal gaz o`tkazuvchi tutun quvurli
Issiqlik almashgichda T-2 85-105⁰C gacha (zadvijka) orqali E-1 buferli sig`imning quvurli yuzasiga tushadi va u erda regeneratordan chiqadigan DEG yordamida 140⁰C gacha qizdiriladi. Undan chiqqan to`yingan DEG kolonnaning pastgi qismiga beriladi.
To`yingan DEG ning bir qismi K-1 kolonnaning yuqorisidagi nasadkali sektsiyasining tasdiqlovchi tarelkasiga beriladi. Nasadkali sektsiya bo`yicha oqib tushayotgan to`yingan DEG, yuqoriga ko`tarilayotgan suv, metanol va uglevodorod bug`lari bilan to`qnashadi. Buning natijasida suyuqlik va bug` o`rtasida issiqlik – modda almashinuvi yuzaga keladi, hamda DEGning suv va metanol bug`lari bilan chiqib ketayotgan tomchilari ushlab qolinadi. Suv va metanol bug`lari hamda uglevodorod komponentlari K-1 kolonnaning yuqori qismidan chiqarib yuboriladi.
Qisman regeneratsiyalangan DEG kolonnadan bug`latgichga oqib tushadi. Bug`latgichda DEGni 158-162S gacha qizdiriladi va undagi suv, metanol bug`lari va qoldiq uglevodorodlar yakuniy bug`latiladi.
Regeneratsiyalangan dietilenglikol’ 158-162S temperatura bug`latgichdan buferli sig`im E-1 ga quyiladi va u erda 12⁰C gacha sovitiladi. Buferli sig`imdan nasos N-3 yordamida RDEG T-2 va T-1 issiqlik almashinish apparatlariga yuboriladi. Issiqlik almashinish apparatlarida 17-3⁰С gacha sovitilgan RDEG sig`im e – ga tushadi. (atmosfera bosimi ostidagi sarf sig`im).
Sarf sig`imidan glikol’ yuqori bosimli nasos N-1 yordamida olinadi va gazni quritish uchun absorber A-1 ga uzatiladi.
42-rasm. DEGni regeneratsiya blokining texnologik sxemasi
Suv metanol bug`lari va uglevodorod komponentlari qoldiqlari 68-78S temperaturada K-1 komponentning yuqori qismidan chiqarilib, sovutish va kondensatsiyalanish uchun havo bilan sovutish qurilmasi VX-1 ga beriladi. Kondensatsiyalangan refagoks taqsimlash bloki R-2 yuboriladi. Taqsimlash blokida zichlik hisobiga suv kondensatdan tindiriladi. Kondensat kolonnaning yuqori qismidan alohida sektsiyaga qo`yiladi, u erdan kondensat uchun mo`ljallangan sig`imga to`planadi. Refayuks – R-1 – esa nasos yordamida kolonnaning yuqori qismidan to`yintirish uchun beriladi.
Taqsimlash blokini avtomatlashtirish quyilagi konturlardan iborat:
1. Apparatda temperaturani o`lchash va qayd qilish
2. Apparatda bosimni rostlash. Qo`l bilan va avtomatik boshqarish rejimi. Bosimni o`lchash, qayd qilish va bosim ortganda ogohlantirish. Ijrochi mexanizmni masofadan boshqarish.
3. Kondensat yig`iladigan sig`imda pozitsion rostlash sath balandligi qiymatini o`lchash va qayd qilish va maksimal va minimal qiymatlarda ogohlantirish. Ishlarni masofadan boshqarish.
4. To`yingan DEG yig`ish sig`imiga satxni pog`onali rostlash. O`lchash sath qiymatini qayd qilish sathni oshishi va kamayishi to`g`risida ogohlantirish. Ishni masofadan turib boshqarish va uni holati to`g`risida ogohlantirish.
5. Taqsimlagichdan chiqadigan to`yingan dietilenglikol’ni sarfini o`lchash va qayd qilish.
43-rasm. R-1 ajratgichning avtomatlashtirilgan funktsional sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |