14-ma`ruza. Mitsellani distillyatsiyalash jarayonini avtomatlashtirish.
Ma`ruza rejasi:
Mitsellani distillyatsiyalash jarayoni tahlili;
Mitsellani Distillyatsiyalash jarayoni asosiy texnologik parametrlari;
Mitsellasni distillyatsiyalsh jarayonini avtomatlashtirish.
Distillyatsiya uch bosqichli sxema bo’yicha boradi. Konsentratsiyasi 12-20%, xarorati 40-60⁰C bo’lgan mitsella mitsella yig’gichdan nasos (1) yordamida trubkali issiqlik almashgich (2) (isitish yuzasi 20 m 2 ) orqali I bosqich distelyatorga qaynash temperaturasigacha isitilib (70⁰C) beriladi. Bunda mitsella birlamchi plyonkali distelyator (3) ning korpusidagi patrubkaga beriladi. Patrubka kirayotgan mitsellani aylanma xarakatini ta’minlash maqsadida korpus aylanmasiga urinma xolatida joylashtirilgan. Xarorati 85⁰C bo’lgan 55-60% gacha bug’latilgan mitsella birlamchi distelyator separatorining ostki qismiga yig’iladi va nasos (10) orqali tuzilishi I bosqich distelyatori bilan bir xil bo’lgan II bosqich distelyator (4) ga beriladi. Yopiq bug’ parametrlari ikkala bosqich distelyatorida bir xil, ya’ni xarorati 180-200⁰C va bosimi 0,3 MRa gacha bo’ladi.
I va II bosqich distillatorlari atmosfera bosimida ishlaydi. Yuqori konsentratsiyali misella (90-95%) II bosqich distillator (4) da 100⁰C chiqib nasos yordamida isitgich (9) orqali vakuum ostida ishlaydigan III bosqich distillatori (5)ga 110 ⁰С da purkagichlariga beriladi. Vakuum kondensator (8) orqali ikki bosqichli bug’ ejektori yoki vakuum-nasos yordamida hosil qilinadi. Qaytaruvchi truba orqali olinayotgan ekstrakcion moy uzluksiz ravishda oraliq qabul qilgich (15) ga tushib turadi. Oraliq qabul qilgich (15) da sath rostlovchi po’kakli klapan mavjud bo’lib , u moyni doimiy satxda ushlab turadi. Po’kakli klapan moy nasosi (12) bilan avtomatik bog’langan bo’lib, bu nasos tayyor moyni uzluksiz ravishda sovutgich (13) ga uzatib turadi. Sovitilgan moy, yuqori qismi distillyator (5) ning dezodoratsiya kamerasiga bog’langan sig’im (14) ga kelib tushadi. Agar qabul qilgich (15) dagi moy satxi po’kakli klapan yuqorigi nuqtasidan past bo’lsa, moy so’rilishi to’xtatiladi. Nasos (12) ishlashi davom etadi, moyni qabul qilgich (15) ga qaytaradi, shu sababli, uzluksiz ishlaydi. Qabul qilgich (15) ning mavjudligi tayyor ekstraktsiya moyini distelyatordan nasos yordamida uzluksiz so’rilishiga imkon yaratadi. Distelyator (3) dan chiqayotgan benzin bug’lari mitsella isitgichdan keyin kondensator (6) ga keladi, distelyator (4) dagi bug’lar esa kondensator (7) ga boradi. Kondensatsiyalangan benzin bug’lari kondensatorlardan sovitkich orqali suv ajratgichga yuboriladi. Distelyator (5) dagi bug’-gaz aralashmasi vakuum ostida ishlovchi kondensator (8) ga yuboriladi. Bu erda kondensatsiyalangan benzin bug’lari U-simon barometrik truba orqali kondensat sovitgichga va undan suv ajratgichga beriladi. Kondensator (6) va (7) dagi xavo va kondensatsiyalanmagan benzin bug’lari ekstraktsiya sexining umumiy xavo bug’ aralashmalari liniyasiga yuboriladi.
Texnologik jarayonni avtomatlashtirishning funksional chizmasi va bayoni
Filtrlangan mitsella mitsellani saqlash idishidan isitgichda isitilib birinchi old distillyatoriga beriladi. Isitilish harorati harorat elektr chiqish signaliga ega bo’lgan SITRANS TR200 markali manometrik termometr (poz.1-1) orqali 4-20 mA tokli signal ko’rinishida PLK63-R-M markali kontrollerga uzatiladi. SHuningdek joriy qiymatni bosmaga chiqarish va xotirada saqlash mumkin. Taxminan 70°C gacha isitilgan mitsella birinchi old distillyatorga beriladi. Distillyator atmosfera bosimida ishlaydi. Birinchi distillyatorda mitsella 85⁰C gacha isitilib, konsentratsiyasi 35% gacha ko’tarilishiga erishiladi. Buning uchun birinchi old distillyator chikishidagi harorat rostlanadi.harorat elektr chiqish signaliga ega bo’lgan SITRANS TR200markali manometrik termometr (poz.2-1) orqali 4-20 mA tokli signal ko’rinishida PLK63-R-M markali kontrollerga uzatiladi. Kontrollerga uzatilgan boshqaruv signali avvaldan dasturlangan PI rostlash qonuniga asoslangan dastur orqali ishlab chiqiladi. Kontrollerdan chiqayotgan boshqaruv signali, SITRANS TF2 markali elektr signal o’zgartirgich (poz.2-2) ga beriladi. Signal o’zgartirgich orqali elektr signalga aylantirilib, rostlash ta’sir signali elektrik rostlash klapaniga (poz. 2-3) uzatiladi vaharorat rostlanadi. Birinchi distillyatordan konsentratsiyasi 35%ga etgan mitsella nasos yordamida ikkinchi disillyatorga xaydaladi. Nasosning elektr yuritkichini boshkarish uchun magnit yuritkich PM12 (poz.3-1), unvirsal yoqib-o’chirgich 3SB3 1 NR1 NZ (poz.3-2), boshkarish tugmasi PKE-212 (poz.3-3) va signal lampa WEG W22 (poz.Z-4)dan foydalaniladi. Birinchi distillyatordagi elektr chiqish signaliga ega bo’lgan manometr (poz.4-1) orqali 4-20 mA tokli signal ko’rinishida PLK63-R-M markali kontrollerga uzatiladi. SHuningdek joriy qiymatni bosmaga chiqarish va xotirada saqlash mumkin. Ikkinchi distillyatorda mitsella 95-100°Cgacha isitilib, konsentratsiyasi 85-90% gacha ko’tariladi. Buning uchun ikkinchi old distillyator chikishidagi harorat rostlanadi. harorat elektr chiqish signaliga ega bo’lgan SITRANS TR200markali manometrik termometr (poz.5-1) orqali 4-20 mA tokli signal ko’rinishida PLK63-R-M markali kontrollerga uzatiladi. Kontrollerga uzatilgan boshqaruv signali avvaldan dasturlangan PI rostlash qonuniga asoslangan dastur orqali ishlab chiqiladi.
Kontrollerdan chiqayotgan boshqaruv signali, SITRANS TF2 markali elektr signal o’zgartirgich (poz.5-2) ga beriladi. Signal o’zgartirgich orqali elektr signalga aylantirilib, rostlash ta’sir signali elektrik rostlash klapaniga (poz. 5-3) uzatiladi vaharorat rostlanadi. Ikkinchi distillyator vakuumda ishlaydi. bosim elektr chiqish signaliga ega bo’lgan SITRANS Z Compact 3051S markali manometr (poz.6-1) orqali4-20 mA tokli signal ko’rinishida PLK63-R-M markali kontrollerga uzatiladi. Kontrollerga uzatilgan boshqaruv signali avvaldan dasturlangan PI rostlash qonuniga asoslangan dastur orqali ishlab chiqiladi.
Kontrollerdan chiqayotgan boshqaruv signali, SITRANS Z Compact markali elektr-pnevmatik signal o’zgartirgich (poz.6-2) ga beriladi. Signal o’zgartirgich orqali elektr signalga aylantirilib, rostlash ta’sir signali elektrik rostlash klapaniga (poz. 6-3) uzatiladi va bosim rostlanadi.
Uchinchi distillyatorga mitsella o’ta kizdirgichda 110°Cgacha kizdirilib beriladi. Nasosning elektr yuritkichini boshkarish uchun magnit yuritkich PM12 (poz.7-1), unvirsal yoqib-o’chirgich 3SB31 NR1 NZ (poz.7-2), boshkarish tugmasi PKE-212 (poz.7-3) va signal lampa WEGW22 (poz.7-4)dan foydalaniladi. Haroratni rostlash uchun elektr chiqish signaliga ega bo’lgan SITRANS TR200markali manometrik termometr (poz.8-1) orqali 4-20 mA tokli signal ko’rinishida PLK63-R-M markali kontrollerga uzatiladi.
Kontrollerga uzatilgan boshqaruv signali avvaldan dasturlangan PI rostlash qonuniga asoslangan dastur orqali ishlab chiqiladi. Kontrollerdan chiqayotgan boshqaruv signali, SITRANS TF2 markali elektr signal o’zgartirgich (poz.8-2) ga beriladi. Signal o’zgartirgich orqali elektr signalga aylantirilib, rostlash ta’sir signali elektrik rostlash klapaniga (poz. 8-3) uzatiladi vaharorat rostlanadi. Tugal distillyator kubidagi yog’ satxini texnologik reglamentda belgilangan 600mm darajada ushlab turish kerak. Buning uchun satxni elektr chiqish signaliga ega bo’lgan elektrik sath o’lchagich (poz.9-1) orqali 4-20 mA tokli signal ko’rinishida PLK63-R-M markali kontrollerga uzatiladi. Kontrollerga uzatilgan boshqaruv signali avvaldan dasturlangan PI rostlash qonuniga asoslangan dastur orqali ishlab chiqiladi. Kontrollerdan chiqayotgan boshqaruv signali, elektr signal o’zgartirgich (poz.9-2) ga beriladi. Signal o’zgartirgich orqali elektr signalga aylantirilib, rostlash ta’sir signali elektrik rostlash klapaniga (poz. 9-3) uzatiladi vasath rostlanadi.
Tugal distillyator xam vakuumda ishlaydi. Vakuumni rostlash uchun bosim elektr chiqish signaliga ega bo’lgan SITRANS Z Compact 3051S markali manometr (poz.10-1) orqali4-20 mA tokli signal ko’rinishida PLK63- R-M markali kontrollerga uzatiladi. Kontrollerga uzatilgan boshqaruv signali avvaldan dasturlangan PI rostlash qonuniga asoslangan dastur orqali ishlab chiqiladi. Kontrollerdan chiqayotgan boshqaruv signali, SITRANS Z Compact markali elektr-pnevmatik signal o’zgartirgich (poz.10-2)ga beriladi. Signal o’zgartirgich orqali elektr signalga aylantirilib, rostlash ta’sir signali elektrik rostlash klapaniga (poz. 10-3) uzatiladi va bosim rostlanadi.
Mitsella nasos yordamida rafinatsiya sexiga yuboriladi. Nasosning elektr yuritkichini boshkarish uchun magnit yuritkich PM12 (poz.11-1), unvirsal yoqib-o’chirgich 3SB31 NR1 NZ (poz.11-2), boshkarish tugmasi PKE-212 (poz.11-3) va signal lampa WEGW22 (poz.11-4)dan foydalaniladi.
22-rasm. Distiyatsiyalash jarayoni sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |