17-ma`ruza. Uzluksiz xamir qorish jarayonini avtomatlashtirish
Ma`ruza rejasi:
Uzluksiz xamir qorish jarayoni tahlili;
Uzluksiz xamir qorish jarayoni asosiy texnologik parametrlari;
Uzluksiz xamir qorish jarayonini avtomatlashtirish.
Uzluksiz ishlaydigan aralashtirgichlar suyuq va sochiluvchan komponentlarni uzluksiz dozalaydigan qurilmalar bilan birgalikda ishlaydi. SHuning uchun ularni aralashmaning sifat ko’rsatkichlariga o’zaro ta’sirini inobatga olgan holda qarash taqozo etiladi. SHuning uchun so’nggi paytlarda dozalash va aralashtirish jihozlarini kompleks (birgalikda) tadqiq qilish usullarida aralashtirish jarayonini avtomatlashtirish keng qo’llanilmoqda. Bunda avtomatik rostlash sistemalarida aralashtirgichni dinamik zveno sifatida qarash, jarayonni optimal echishni topilishiga olib kelmoqda.
Aralashmaning sifat ko’rsatkichlari (namlik, qovushqoqlik, kislotalilik darajasi, shakar miqdori, tuz, yog’, temperatura va boshqalar) berilayotgan komponetlarning dozalashdagi xatoliklariga ko’p jihatdan bog’liq bo’lib, hattoki komponentlar dozasini yuqori aniqlikda berilishi ham aralashma parametrlarining belgilangan stabilligini ta’minlamaydi. Buning asosiy sababi avtomatik dozatorlar va aralashtirgichlarning parametrlariga to’liq amal qilmaslikdir, ya’ni ularni ish unumdorligiga bog’liq holda alohida texnologik jihoz sifatida qaralishidir.
Uzluksiz aralashtirish jarayoni samaradorligini oshirish vazifasini muvaffaqiyatli echishga, dozalash va aralashtirish jihozlarini birgalikda (bitta jihoz sifatida) o’rganish yo’li bilan erishish mumkin, ya’ni uni “dozator-smesitel” avtomatlashtirilgan kompleks sifatida qarash mumkin.
Dozalash va aralashtirish jarayonini avtomatlashtirish yechimini topishga kompleks yondashishga misol tariqasida non pishirish ishlab chiqarish korxonalarida uzluksiz xamir qorish jarayonini avtomatlashtirish sxemasini hamda konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda shokolad massalari tayyorlashni avtomatlashtirish sxemalarini keltirish mumkin.
Birinchi bosqichda mahsulot (opara) 65-70% namlikda bugdoy uni, suv va xamirturushdan tayyorlanadi. Mahsulotni tayyorlash uzluksiz amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda – xamir un, opara va turli qo’shimchalar (tuz, shakar, yog’ va boshqalar) dan tayyorlanadi.Sochiluvchan va suyuq komponentlarni aralashtirish va xamirga intensiv mexanik ishlov berish R3-XTO rusumli uzluksiz ishlaydigan xamir qorish mashinasida amalga oshiriladi (II). Un esa R3-XDA rusumli uzluksiz ishlaydigan avtomatik tarozi-dozator yordamida beriladi. Dozator ikki agregat usulida tayyorlangan bo’lib, un va oparani alohida-alohida ta’minotchisi mavjud. Unni sarfini rostlash ta’minotchiga unni etkazib beruvchi lentani tezligini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi (kontur 12-13). Suyuq opara esa isitish qurilmasidan shesternyali nasos yordamida trubkali issiqlik aralashtirish apparati orqali olti sektsiyali dozalash statsiyasiga (III) R3-XD6-6D uzatadi. U esa tegishli dozada xamir qorish mashinasiga uzatadi. SHakar, tuz va qizdirilgan yog’ aralashmasi opara bilan birgalikda xamir qorish mashinasiga beriladi.
25-rasm. Uzluksiz xamir qorish jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |