42-ma`ruza. Polimelash jarayonini avtomatlashtirsh.
Ma`ruza rejasi:
Polimelash jarayoni tahlili;
Polimelash jarayoni asosiy texnologik parametrlari;
Polimelash jarayoni avtomatlashtirish.
Propilen reakto-polimerizator 1 ning pastki qismiga tushadi. Shu yerning o`zida inert eritkich (odatda benzin) va katalizator beriladi. Reaksion massaning zarur darajada aralashtirilishini mezanikaralashtirgich va suyuq faza orqali manometr barbotaji ta`minlaydi.
Polimerlash reaksiyasi natijasida polipropilen hosil qilinadi. Polipropilen mahsulotining asosiy sifat ko`rsatkichi olinayotgan mahsulotning mexanik va fizik xossalarini belgilovchi o`rtacha malekulyar massa hisoblanadi.
Reaksiya issiqlikni reaktor g`ilofiga o`tkazish o`chun sovuq eltkich beriladi.
Polimerning hosil qilingan suspenziyasi ta`sirini sezmagan manometr bilan birga isitkich 2 orqali bug`latkich kamerasi 3 ga keladi. Bu kamerada erigan monomer suyuqligidan.
55-rasm. Propilenni polimerlashjarayonini avtomatlashtirish sxemasi
Eritkichning bir qismi ajraladi va bug`lanadi. Polimer suspenziyasi bug`latish kamerasining pastki qismidan olinadi va eritkichli ajratishga uzatiladi, bug`-gaz aralashmasi esa sovitkich 4da sovitiladi va separator 5 ga keladi. Eritkich kondensati separatordan bug`latish kamerasi 3ga qaytadi, asosan monomerdan iborat gaz fazasi esa tozalash uchun yo`llanadi. Keyin monomer yana reactor 1ga qaytadi.
Polimerlash jarayonining samaradorligi ko`rsatkichi monomerning polimerga aylanish darajasi hisoblanadi. Uni berilgan payt va berilgan sharoit uchun maksimal imkoniyati bo`lgan o`zgarmas qiymatda tutib turishi lozim. Aylanish darajasi katalizatorning xarakteristikasiga, reaktordagi temperaturaga va bosimiga, eritkich va monomer tarkibiga, eritkich, monomer sarfiga va molekulyar massa rostlagichiga bog`liq.
Katalizatorning kimyoviy tarkibi va komponentlarinig nisbati, uning reaktordagi konsentratsiyasi, sarflanish va tayyorlash usuli belgilovchi omillar hisoblanadi. Polimerlash jarayonini boshqarishda faqat katalizator sarfi maqsadga qaratilgan holda o`zgartiriladi yoki barqarorlashtiriladi. Boshqa parametrlar o`zgarishi bilan obyektga g`alayonlanish kiradi.
Reaksiya zo`nasidagi temperature muhim parameter hisoblanadi. Temperature 1 ⁰C ga ko`tarilganda propilenning polimerlanish tezligi 6%ga ortadi. Temperaturaning yuqori chegarasi katalizatorning ish qobilyatiga ko`ra chegaralanadi. Temperature haddan tashqari orttirilganida polimerlash jarayonining tezligi kritik qiymatgacha oshishi mumkin va bunda avariya yuz beradi. Shuning uchun temperaturani kritik qiymatga yaqin qat`iy aniq qiymatda saqlash lozim, bunda rostlovchi ta`sir reactor g`ilofiga uzatilayotgan sovuq eltkich sarfini o`zgatirish bilan erishiladi.
Monomer eritkich va molekulyar massa rostlagichi tarkibining o`zgarishi bilan obyektda g`alayonlanishlar vujudga kelib, ular jarayonning kechishini ancha o`zgartirishi mumkin. Masalan, katalizator oltingugurt va propadienaning juda oz miqdorda ham qo`shilishiga juda sezgir, ba`zi moddalarning mavjud bo`lishi esa reaksiyani umuman to`xtatib qo`yadi.
Reaktordagi bosim suyuq fazada monomer va vodorodning eruvchanligiga ta`sir qiladi. Undan tashqari, gaz faza reaktorlarda bosim eritkichining qaynash temperaturasini belgilab beradi. Shuning uchun bosimni reaktsia mahsuloti – polimer suspenziyasi sarfini o`zgartirib barqarorlashtirish lozim.
Monomer, katalizator, eritkich va molekulyar massa rostlagichning sarfi monomerning polimerga aylanish darajasiga boshqa parametrlariga qaraganda kamroq darajada ta`sir qiladi. Ularni barqarorlashtirish va shu bilan bu kanallar bo`yicha kuchli g`alayonlanishlarni yo`qotish mumkin, yoki rostlovchi ta`sirlar kiritish maqsadida o`zgartirish mumkin.
Odatda eritkich, malekulyar massa rostlagichi va katalizator sarfi barqarorlashtiriladi. Monomer sarfi shunday tarzda o`zgartiriladi, Bundan ta`sir sezmagan monomer miqdorini mazkur sharoit uchun miimal mumkin bo`lgan tarzda o`zgarmas saqlanadi. Ta`sir sezmagan monomer miqdorini aniqlash uchun separatordan keyin sarf datchigi o`rnatiladi.
Rostlashning mazkur bo`g`ini ikki konturli Sistema yordamida amalga oshiriladi, unda asosiy rostlagich ta`sir sezmagan monomer sarfini rostlovchi hisoblanadi, yordamchi rostlagich esa reaktorga uzatilayotgan monomer sarfini rostlagich hisoblanadi.
Sxemada, shuningdek, isitkichga berilayotgan bug` sarfini o`zgartirish bilan suspenziyaning isitkich 2 dan keying temperaturasini rostlash ko`zda tutilgan. Bu monomerni suyuq fazadan to`liq ajratish uchun zarurdir. Moddiy balansni quvvatlsh uchun bug`latish kamerasi 3 dagi suspenziya sathi balandligi va bosim rostlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |