14-ma`ruza. Mitsellani distillyatsiyalash jarayonini avtomatlashtirish. Ma`ruza rejasi


-ma`ruza. Past haroratli separatsiyalash jarayonini avtomatlashtirish



Download 11,14 Mb.
bet22/30
Sana14.09.2021
Hajmi11,14 Mb.
#174365
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
TJA ma`ruza .doc

34-ma`ruza. Past haroratli separatsiyalash jarayonini avtomatlashtirish
Ma`ruza rejasi:

  1. Past haroratli separatsiyalash qurilmalari;

  2. Past haroratli separatsiyalash jarayoni asosiy texnologik parametrlari;

  3. Past haroratli separatsiyalash jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi.

Ma`lumki er ostidagi gaz konlari turli xil chuqurlikda joylashgan. 3500-3600 m chuqurlikda joylashgan gazlar tarkibida ma`lum miqdorda kondensat mavjud. Ularning miqdori 300...350 g/m3 gacha bo`ladi. YUqori bosimli gaz konlarida ularni tayyorlashda past haroratli separatsiyalash usulidan foydalaniladi.

Odatda haroratning pasayishi namlikni pasaytiradi va oqibatda kondensatsiyalanish pasayadi. Burg`ulash qurilmalarida gazni sovutish drossel’ va ejektorlar orqali katta bosim hosil qilish yo`li bilan amalga oshiriladi. Gazning tarkibiga qarab ularning haroratini 3...4,5S gacha pasayishi kuzatiladi, bosim esa 1 MPa ga pasayadi.

Issiqlik almashinish apparatlaridan qurigan gazlarni o`tishi natijasida ularning harorati xom (siroy) gazning harorati -20-25S gacha pasaytiriladi.

SHunday qilib, past haroratli separatsiyalash jarayoni tabiiy gazni sovutishga olib keladi va natijada gaz kondensat aralashmasi separatorda suyuq va gaz fazalariga ajratiladi.

Haroratni pasayishi va namlikni ajralishi oqibatida kutilmagan hodisalar yuzaga kelishi mumkin, ya`ni suv bilan to`qnash keladigan uglevodorod gazlari ma`lum bir sharoitlarda kristall gidridlarga aylanishi mumkin.

Gaz ishlatiladigan skvajina maydonlaridan past haroratli separatsiyalash qurilmasiga keladi. U erdan umumiy kollektor orqali bir nechta texnologik tizimlar orqali past haroratli separatsiyalashga taqsimlanadi.Ulardan biri albatta zaxirada bo`ladi.

Past haroratli separatsiyalash texnologik jarayonini avtomatlashtirish uchun ikki pog`onali dastlabki separatsiyalash jarayonini ko`rib chiqamiz.

Gaz texnologik tizim orqali birinchi pog`ona separatori S-1 ga keladi. Undan so`ng ketma-ket issiqlik almashgich T-1, ikkinchi pog`ona separatori S-2, issiqlik almashgich T-2, drossel’ (ejektor), va past haroratli separator S-3 dan o`tadi. So`ngra quritilgan va sovutilgan gaz yana qaytadan issiqlik almashgichlar T-1 va T-2 dan suyuqliklar bilan aralashgan gazni sovutish uchun o`tadi va magistral quvurga uzatiladi.

Suyuqlik (uglevodorod kondensati va metanol eritilgan suv) separator S-1 dan ajratuvchi sig`im R-1 ga tushadi. Suvda eritilgan (1%) metanol aralashmasi ajratgich R-1 dan drenajga tushiriladi (keyinchalik konga haydaladi) kondesat esa sovutilgandan so`ng T-3 issiqlik almashgichga, past haroratli separatorga berishdan oldin sachratiladi. T-3 issiqlik almashtirgichda kondesatni sovutish past haroratli separatordan ajralib chiqadigan sovuq uglevodorod kondensati orqali amalga oshiriladi.

Suyuqlik (uglevodorod kondensati va suvda qisman eritilgan metanol) S-2 separatordan ajratish sig`imi R-3 ga, undan suvli metanol aralashmasi (VMR-30%) jo`natish maydoniga, kondensat aralashmasi va suv ajratish sig`imi R-2 ga yuboriladi.

Ajratish sig`imi R-2 da metanol aralashmasi (VMR-70%) va kondensat ajralishi sodir bo`ladi. R-2 ajratgichda ajralgan gaz ejektorga jo`natiladi.





45-rasm. Past haroratli separatsiyalash texnologik sxemasi

Past haroratli separatorni va ajratish sig`imni avtomatlashtirish sxemasi quyidagi konturlardan iborat:

1. Separator S-3da bosimni o`lchash, bosimning berilgan pastki va yuqori qiymatlarida avariyani ogohlantirish

2. Separator S-3da haroratni o`lchag va qayd qilish

3. Separatorda suyuqlik sathini rostlash. Boshqarish rejimini tanlash. Suvning sathini o`lchash va qayd qilish, pastki va yuqori qiymatlarida ogohlantirish, masofadan klapanni boshqarish

4. Sathni (suyuqlik sathini) separatorda himoyalash. Agar suyuqlik sathi berilgan qiymatdan past bo`lsa, klapan yopiladi. Minimal qiymatda avariya signali. Klapanni masofadan boshqarish

5. Separatorda bosim farqini o`lchash, maksimal qiymatlarda ogohlantirish signallari

6. Separatorga kirishda gaz bosimini rostlash. Boshqarish rejimini tanlash. Bosimni o`lchash va qayd qilish, klapanni masofadan boshqarish

7. Ajratgichdan (R-2) chiqishda gazning bosimni rostlash (ejektor oldidan). Boshqarish rejimni tanlash

8. Ajratgichda R-2 suvmetanol aralashmasi sathini pozitsiyali rostlash

9. Sathni minimal qiymatida avariya holatini ogohlantirishsignali. Kondensat sathini rostlash. Maksimal va minimal qiymatlarda ogohlantirish signali va satxni o`lchash, qayd qilish. Klapanni masofadan boshqarish

10. Ajratgichdan chiqishda kondensat sarfini o`lchash va qayd qilish





46-rasm. Past haroratli separatorni avtomatlashtirilgan funktsional sxemasi

Download 11,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish