Sinov savollari
Makaronni quritish texnologik tizimini tavsiflang
Makaronni quritish texnologik tizimini boshqarish ob`yektini izohlang
Makaronni quritish texnologik tizimini avtomatlashtirishning funksional sxemasini tushuntiring.
20-Ma`ruza. Kvas ishlab chikarish texnologik jarayonini avtomatlashtirish
Ma`ruza rejasi:
Kvas ishlab chiqarish texnologik jarayoni tavsifi;
Kvas ishlab chiqarish texnologik jarayonining asosiy texnologik parametrlari;
Kvas ishlab chiqarish texnologik jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
Kvas arpadan, non mahsulotlari va shakardan tayyorlanadi. Olingan kvas sharbati kvas xamirturishi va achigan sut mahsulotlari bilan achitiladi.
Kvas tayyorlash jarayonida non ekstrakti N1 nasos yordamida yig`uvchi sig`im (I)ga uzatiladi, undan so`ng N2 nasos orqali (II) sig`imga haydaladi. So`ngra esa N3 nasos yordamida issiq suv aralashtiriladigan (V) sig`imga uzatiladi. Issiq (iliq) suv issiq va sovuq suvlarni aralashtirish orqali tayyorlanadi. Tayyorlangan ekstrakt N5 nasos yordamida achitish chani VI ga uzatiladi. VI-chi sig`imga N3 nasos yordamida ma`lum miqdorda shakarli eritma hamda N4 nasos orqali IV –chi sig`imdan (zakvaska) uzatiladi. Achitish sig`imida achitish jarayoni amalga oshiriladi. Jarayon tugagandan so`ng achitilgan suyuqlik N6 nasos yordamida VII xolodil’nikka (sovutish) qurilmasiga uzatiladi. Sovutilgan suyuq mahsulot tindirish (kupojirovanie) sig`imi VIII-ga uzatiladi va unga shakar eritmasining qolgan qismi qo`shiladi. Tayyor bo`lgan kvasN7 nasos yordamida quyish jarayoniga uzatiladi.
Kvas ishlab chiqarishni boshqarishda komponentlarni dozirovka qilish (tegishli miqdorda berish) va berilgan temperatura qiymatlarini saqlanishini ta`minlash, shuningdek sarfni nazorat qilish va jihozlarni himoyalash va ogohlantirish masalalari echildi. Kvas ishlab chiqarish texnologik jarayonini boshqarish tizimini TJABS yordamida amalga oshirish mumkin.
Boshqarish ob`ekti quyidagilardan tashkil topgan:
1- non ekstrakti sig`imi;
2 – sig`im;
3- shakar eritmasi sig`imi;
4- zakvaska to`plash sig`im;
5- non ekstrakti aralashtirilgan sig`im;
6- achitish chani;
7- sovutgich (xolodil’nik);
8- tayyor mahsulot sig`imi
Tizimning asosiy komponentlari, ya`ni boshqarish vositalari: 3 dona 100%-li zaxiraga ega RK – 131/300 kontrolleri, operator-texnolog, bo`lim boshlig`i va laboratoriya uchun avtomatlashtirilgan ishchi o`rni.
Komponentlarni avtomatik dozalash oraliq sig`imlarni to`ldirish yo`li bilan amalga oshiriladi. ekstrakt uchun to`plagich to`plagich va sig`im, zakvaska uchun esa to`plagich to`ldiriladi.
Ekstrakt saqlanadigan sig`imda sathni kerakli balandlikda saqlash avtomatik rostlash sistemasi yordamida amalga oshirilib, uning uchun yuqori sath balandligi datchigi (2-1)dan unifitsirlangan signal logik dasturiy kanal orqali (2-2) RK-131/300 kontroller magnitli qo`shgichga (2-6) signal uzatadi. Magnitli qo`shgich o`z navbatida N3 nasosni harakatga keltiradigan
28-rasm. Kvas tayyorlash texnologik jarayonini avtomatlashtirish sxemasi
Elektrodvigatelni ishga tushiradi. ekstrakt sathi maksimal qiymatga etganida NI signal lampalari yonib, texnologni ogohlantiradi.
Birinchi nasos N1ni ishlashi manometr (1-1)ning ko`rsatishi bilan nazorat qilinadi. Rejimni tanlash kaliti yordamida texnik nazorat punkti va texnologning avtomatlashtirilgan ish o`rni (AIO`)dan sxemani avtomatik rejimdan qo`l bilan boshqarish rejimiga o`tkazish mumkin, elektrodvigatelni esa boshqarish tugmalari (2-4), (2-5) orqali boshqariladi.
Aralashtirilgan ekstraktlar sig`imida, achitish chanida tayyor mahsulotni sovutish sig`imida temperatura rejimini rostlash ko`zda tutilgan.
Aralashtirilgan ekstrakt sig`imida temperatura aralashma temperaturasidan aniqlanadi. Bunda issiq va sovuq suv aralashtiriladi. Iliq suvning temperaturasi (TSM) qarshilik termometri yordamida (15-1) undan chiqqan unifikatsiyalangan signalni ko`rsatuvchi va qayd qiluvchi markaziy shitda joylashgan kontrollerga (15-2) va RK-131/300 rusumli rostlash qurilmasining (15-3) kirish qismiga uzatadi. U esa o`z navbatida issiq suv yo`lida o`rnatilgan rostlash organini (15-4) harakatini boshqaradi. Xuddi shuningdek achitish chani va sovutish qurilmasida temperaturani rostlash tizimi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |