Sinov savollari
Pivo shirasini ishlab chiqarish texnologik jarayoni tavsiflang
Pivo shirasini ishlab chiqarish texnologik jarayonini boshqarish ob`yektini izohlang
Pivo shirasini ishlab chiqarish texnologik jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasini tushuntiring.
22-ma`ruza. Pomidor sharbati tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish
Ma`ruza rejasi:
Pomidor sharbati tayyorlash texnologik tizimining tavsifi;
Pomidor sharbati tayyorlash jarayonining asosiy texnologik parametrlari;
Pomidor sharbati tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish.
Tabiiy pomidor sharbatini tayyorlash va unga issiqlik ishlovi berish (sterilizatsiya) berish uchun pomidor tegishli yashiklarda omborxonadan olib kelinib maxsus bo`shatish qurilmasi yordamida elevatorni yuvish mashinasiga dastlabki yuvish uchun yuboriladi. Yuvish jarayonini jadallashtirish uchun suvni kompressor orqali to`lqinlantiriladi. elevatorni yuvish mashinasidan chiqqan pomidor transportda toza suv oqimi bilan yuviladi, so`ngra mahsulot ventilyatorni yuvish mashinasiga yakuniy yuvish uchun yuboriladi (II) va u erda toza suv bilan yuviladi. Maxsulotli suvda yuvish samaradorligini kuchaytrish uchun vannaga truba orqali siqilgan havo uzatiladi. Pomidor sharbati oqishining keyingi jarayoni uni saralash tarnsporter (III) tsexdan chiqarish hisoblanadi. Ajratilgan (saralangan) mahsulot ko`tarish transporteri (IV) orqali urug`ini ajratish qurilmasi mavjud bo`lgan maydalagichga uzatiladi. (V) maydalangandan so`ng urug`idan ajratilgan mahsulot (VII) sig`imga, urug`i esa (VI) sig`imga yuboriladi, u erdan nasos orqali quritish bo`limiga poroshok olish uchun yuboriladi. Olingan yanchilma (poroshok) chorvachilik ozuqalariga qo`shimcha sifatida ishlatiladi. Tozalangan pomidor massasi nasos (III) yordamida trubkani isitish qurilmasiga (VII) ga uzatiladi va u erda 60-65⁰C gacha isitiladi. SHundan so`ng isitilgan mahsulot (IX) sig`imga undan keyin esa nasos NG yordamida X, XI – ekstraktorlarga uzatiladi. Agar qizdirilgan mahsulotning harorati 60⁰C dan kam bo`lsa, u retsirkulyatsion klapan orqali isitish qurilmasiga qaytariladi.
Ekstraktorlada mahsulotdan pomidor sharbatinir ajratib olish amalga oshiriladi. Ikkala ekstraktor ham qayta ishlash tizimining unumdorligiga qarab alohida – alohida yoki birgalikda ishlashi mumkin. ekstraktorladan olingan chiqindilar (XII) – shnek orqali (XIII) – sig`imga uzatiladi. Undan so`ng esa nasos III yordamida tomat pastasi tayyorlash uchun tomat tsexiga yuboriladi. ekstraktorlardan olingan pomidor sharbati (XIV) – sig`imga yuborilib, unda qisman tindiriladi. Tindirilgan sharbat (IV) – nasos yordamida isitish qurilmasi (XV) ga uzatilib, u erda 80-85⁰C gacha isitiladi. Agar sharbat belgilangan darajada isitilmagan bo`lsa, retsirkulyatsion klapan orqali isitish qurilmasiga qaytariladi. Qizdirilgan sharbat tindirish uchun (XVI) – sig`imga uzatiladi. Undan so`ng 97⁰C gacha yakuniy qizdirish uchun nasos (V) Yordamida (XVII) – isitish qurilmasiga uzatiladi. Agar temperaturasi berilgan qiymatdan past bo`lsa, klapan orqali qaytadan qizdirishga yuboriladi. Ko`p pog`onali qizdirish sharbatni pishishi uchun zarur. Temperatura rejimini berilgan qiymatlarda ushlab turish pomidor sharbati olishda juda muhim bo`lib, uni ta`mli bo`lishini, sifat ko`rsatkichlarini saqlashni ta`minlaydi. Agar kerakli darajada qizdirilmasa sharbatni achish holatlari, ko`p qizdirilganda esa kuyish holatlari kuzatiladi.
Jarayonni boshqarish sistemasi quyidagi asosiy vazifalarni echishga qaratilgan:
oqim tizimini himoyalangan rejimini ta`minlash;
jarayonning asosiy nuqtalarida temperatura, bosim va sathni nazorat qilish va ogohlantirishni ta`minlash;
magistralda bug`ning bosimini rostlash;
tayyorlangan pomidor sharbatini miqdorini qayd qilish.
Magistralda bug`ning monometrlar (11-1), (20-1) va (45-1) maydalangan massaning isitgich qurilmasidagi bosim monitorlar (23-1) va (33-1), (XY) va (XYII) – isitish qurilmalarida manometrlar (51-1) va (62-1) yordamida nazorat qilinib, ulardan chiqqan signallar texnologning (AIU) avtomatlashririlgan ishchi o`rniga yuboriladi. U erda o`rnatilgan monitorda texnologik jarayon parametrlarining o`zgarishi to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rinadi barcha sig`imlardagi mahsulotlarning (maydalangan massa, pomidor urug`i va chiqindilar, ajratib olingan sharbat) sathini o`lchash uchun konduktometrik sath balandligi datchigi o`rnatilgan bo`lib, ular elektron sath signalizatorlariga (14, 17, 25, 33, 35, 42 va 49) ulangan bo`lib, mahsulot sathi belgilangan qiymatga etganida signal texnik nazorat pul’ti (PTQ) va texnologik ishchi o`rniga (ARM) uzatiladi.
Isitish qurilmasida maydalangan massaning temperaturasini rostlash sistemasi yordamida amalga oshiriladi.
ARS qarshilik termometri TSM va avtomatlashtirilgan markaziy pul’t ATSP (ADAM - 5017) va uning moduli (ADAM 5013) (21-1), undan chiqqan unifikatsiyalangan signal ko`rsatish va yozish uchun telemonitorga (21-2) va avtomatlashtirilgan markaziy boshqaruv pul’tiga, PTQ va texnolog AIO` ga va rostlovchi kanal isitish qurilmasi yo`lida o`rnatilgan klapanga ta`sir ko`rsatadi. Unda avtomatik va qo`l bilan boshqarish rejimiga o`tish imkoniyati mavjud.
Tayyor pomidor sharbatining umumiy sarfini qayd qilish uchun avtomatlashtirish saxemasida induktsion sarf o`lchagich ko`zda tutilgan bo`lib, (52-1) undan chiqqan signal normallashtiruvchi o`zgartirgich yordamida ATSP, PTQ va ARM texnologga uzatiladi.
30-rasm. Pomidor sharbati tayyorlash texnologik tizimini avtomatlashtirishning funksional sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |