Sinov savollari
Pomidor sharbati tayyorlash texnologik tizimining tavsiflang
Pomidor sharbati tayyorlash texnologik tizimini boshqarish ob`yektini izohlang
Pomidor sharbati tayyorlash texnologik tizimini avtomatlashtirishning funksional sxemasi tushuntiring.
23-ma`ruza. Tomat pastasi tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish
Ma`ruza rejasi:
Tomat pastasi tayyorlash jarayoni tavsifi.
Tomat pastasi tayyorlash jarayoni asosiy texnologik parametrlari;
Tomat pastasi tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish sxemasi.
Katta konserva zavodlarida o’rnatilgan tomat pasta ishlab chiqarish tizimlarining ish unumdorligi sutkasida 5 t va undan ortiq bo’ladi.
2.1-rasmda ko’rsatilgan texnologik tizim quyidagi jihozlardan iborat: 1-rolikli inspeksiyalovchi tranportyorli yuvuvchi mashina; 2-urug’ ajratuvchi-maydalovchi mashina; 3-maydalangan massani qabul qiluvchi sig’im; 4,7 va 9-nasoslar; 5 va 8-yig’uvchi sig’imlar; 6-protirkalash mashinalari; 10- bug’latuvchi qurilma, 11-sig’im; 12-trubkali isitgich; 13-quyuvchi va yopuvchi mashina; 14- tranportyor-; 15- pasterizator.
Xom-ashyo (pomidorlar) yashiklardan gidrotransport orqali yuvuvchi va inspeksiyalovchi mashinalarga yuborilib, u erda yuviladi va chirigan yoki iflos xom-ashyo tizimdan olib tashlanadi. Undan keyin pomidorlar maydalovchi mashinada maydalanadi, urug’laridan ajratiladi, sig’im 3 da bir oz saqlanadi va nasos 4 yordamida sig’im 5 ga haydaladi. U erdan maydalangan pomidorlar massi protirkalash mashinalari 6 da ishlov berilib, asosiy xom-ashyo pomidor sharbati va mag’zi uning urug’lari va po’stidan ajratiladi. Nasos 9 yordamida protirkalash mashinalaridan chiqayotgan asosiy xom-ashyo sig’im 8 ga yuboriladi va u erda bir muncha saqlanadi. Bu sig’imdagi asosiy xom-ashyo bug’lantirish uchun trubkali isitgichda isitilib, ikki yoki uch korpusli bug’latish qurilmalarida yuboriladi. Ikkinchi va uchinchi korpuslarda tomat massasini majburiy cirkulyasiyalash uchun 3 m3/soat ish unumdorligi va 0,5 MPa bosim hosil qiluvchi shnekli nasoslar ishlatiladi. Nasos elektrodvigateli quvvati 22 kVt. Tomat massasi tarkibida birinchi korpusda 4,75 % dan 8,5 % gacha, ikkinchi korpusda – 8,5 % dan 14,5 % gacha, uchinchi korpusda – 14,5 % dan 30 % gacha quruq moddalar bo’lishigacha bug’lantiriladi.
Korpus bo’yicha bug’ sarfi (kg/soat): I - 5856, II - 3419, III - 2081. Issiqlik o’tkazish koeffisienti korpuslar bo’yicha [Vt/(m2-K)]: I -1680, II - 1200, III -615.
Bug’latish qurilmasida vakuum barometrik kondensator yordamida hosil qilinadi. Uning maksimal o’tkazish qobiliyati bug’ uchun 900 kg/soat 40...50°C temperaturada yoki 260 m3/soat suv uchun. Kondensatordan havo rotasion suvxalqali vakuum-nasos yordamida olinadi
31-rasm. Tomat pastasi ishlab chiqarish texnologik tizimi
Tomat massasini bug’latish korpusiga uzatish va korpuslarda uning sathini rostlash, isituvchi bug’ning berilishini bug’latish temperaturasiga qarab rostlash avtomatlashtirilgan. I korpusda bug’latish jarayoni 20...26,66 kPa siyraklikda olib boriladi, bunga 90...95°C to’g’ri keladi. I korpusdan ikkinchi korpusga massa bosimlar farqi orqali haydaladi, ikkinchi korpusdan uchinchisiga nasos yordamida haydaladi. II va III korpuslarda bug’latish 50°C da olib boriladi.
Tayyor mahsulot III korpusdan sig’im-yig’gich 11 da yig’iladi va u erdan isitgich 12 orqali quyuvchi mashinaga yuboriladi. 0,2; 0,4; 1,0 yoki 5,0 kgli bankalarga tomat-pastasi quyilib, yopish mashinasida og’zi qopqoq bilan germetik yopiladi. Undan keyin mahsulot solingan bankalar uzluksiz ishlaydigan tunnelli pasterizator-sovitgichda issiqlik ishlov berilib, sterilizasiya qilinadi va xona temperaturasigacha sivitiladi va tayyor mahsulot omborxonasiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |