Sinov savollari.
Sariq yog` olish jarayonini tushuntiring
Sariq yog` olish jarayonini boshqarish ob`yektini izohlang
Sariq yog` olish jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasini tushuntiring.
30-ma`ruza. Mineral suvni idishlarga quyish jarayonini avtomatlashtirish
Ma`ruza rejasi:
Mineral suvni idishlarga quyish jarayoni tahlili;
Mineral suvni idishlarga quyish jarayoni asosiy texnologik parametrlari;
Mineral suvni idishlarga quyish jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
Mineral suvni idishlarga quyish sxemasi rasmda keltirilgan. Mineral suv artezian quduqdan sovitkich I ga keladi. Mineral suvning sovitkichdan chiqishdagi temperaturasi qarshilik termo o`zgartkich bilan nazorat qilinadi. Undan chiqadigan signal shitda joylashgan ikkilamchi ko`rsatuvchi va signal beruvchi asbob 1-2 ga keladi. Temperatura ortgan hollarda shitda HL1 lampa yonadi. Sovitilgan mineral suv bakteriya tushuvchn nurlardan zararsizlantirish uchun qurilma II ga uzatiladi, keyin esa idishlar III ga keladi. Idishlardagi yuqori satxni datchiklar 2-1 va 3-1 nazorat qiladi ulardan chiqgan signallar tegishli satx signalizatorlari 2-2, 3-2 hamda signal lampalar NL2 va HL3 ga uzatiladi.
Suvni zararsizlantiruvchi qurilma maxsus signal va boshqarish vositalari bilan jihozlangan bo`lib, u bakteritsid lappalarni ulashni imkon beradi. Idish III dagi mineral suv mexanik tozalash uchun fil’tr IV pressga uzatiladi. Fil’tr pressning ishini nazorat kilish difmanometr 6-1 dagi bosimning uzgarishiga karab,shitda joylashgan asbob 5-2 ning kursatishlari bo`yicha amalga oshiriladi. Keyin mineral sovitkich V da yana sovitilidi.
Suvning sovitkichdan chikishidagi temperaturasi sovituvchi namakobning sarfiga ta`sir qilish yo`li bilan rostlanadi. Qarshilikli termo o`zgartkich 4-1 pozitsion rostlagich 4-2 bilan birgalikda namakobning sovitkich orqali oqishida elektromagnit klapan 4-3 ni boshqaradi.
Sovitilgan mineral suv orqali idish VI orqali uni uglerod dioksidi bilan to`yintirish uchun saturator VII ga tushadi. Sathni avtomatik saqlab turish idishga urnatilgan sath datchiklari 7-1 va 7-2 yordamida amalga oshiriladi, bu datchiklar axborotni elektron sath signalizatori 7-3 ga uzatadi, u esa suvni uzatish klapanining elektr yuritkichi 7-7 ni boshqa radi. Sathlarni saturatorda (kontur 8 da) rostlash xuddi shunga o`xshash tashkil etilgan. Mineral suv uglerod dioksidi bilan tuyintirilgandan sung bakteritsid nurlar bilan ik- kinchi marta zararsizlantirish uchun qurilma II ga uzatiladi. Bu erdan mineral suv idishlarga quyish mashinasiga yo`llanadi.
39-rasm. Mineral suvni idishlarga quyish jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi
Sinov savollari
Mineral suvni idishlarga quyish jarayonini tushuntiring
Mineral suvni idishlarga quyish jarayonini boshqarish ob`yektini izohlang
Mineral suvni idishlarga quyish jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasini tushuntiring
Do'stlaringiz bilan baham: |