27-ma`ruza. Kolbasa qiymasini tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish
Ma`ruza rejasi:
Kolbasa qiymasini tayyorlash jarayoni tahlili;
Kolbasa qiymasini tayyorlash jarayonining asosiy texnologik parametrlari;
Kolbasa qiymasini tayyorlash jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
Kolbasa (farshini) qiymasini tayorlash tizimi quyidagi tenologik jihozlardan iborat: Mol va cho`chqa go`shti qiymalari nasoslari (I, II), qiymalarni o`lchash sig`imlari (III), yog`sizlantirilgan sut va suvni dozalash sig`imi(IV) va qiymalarni aralashtirgich (V).
Mol va cho`chqa go`shtlari qiymasini avtomatlashtirilgan dozalash sistemasi tenzometrik qurilmadan tuzilgan bo`lib, unda birlamchi massani o`lchash o`zgartirgichi (6-1) ga osilgan tarozi bunkerlar, mol va cho`chqa go`shtlari qiymasini og`irligini nazorat qiluvchi asbob (6-2) va mol va cho`chqa go`shti massasi topshiriq beruvchi asboblari (6-7 va 6-8) dan iborat.
Maydalangan tuzlangan xom-ashyo (mol va cho`chqa qiymasi) nasoslarning qabul qilish bunkerlariga (I vaII) uzatiladi. Kolbasa qiymasini tayyorlashda mol va cho`chqa go`shtlari massasi miqdori reglament (retseptura) talablari asosida topshiriq beruvchilar (6-7,6-8) orqali o`rnatiladi.
Sig`im (IV) da besh dona sathni birlamchi o`lchash o`zgartirgichlari o`rnatilgan(11-1a ,11-1b, 11-1d) bo`lib,ular metal sterjin ko`rinishida o`lchangan suv va sutning hajmi (20, 40, 60, 80, 100 l) sathni o`lchash o`zgartirgichlarning uzunligi bilan aniqlanadi, qaysiki ular kontakt qurilmali sathni o`lchash apsbobi bilan ulangan (11-2).
Ish boshlanishidan oldin operator boshqarish pul’tida retseptura (reglamentda) ko`rsatilgan go`sht massasini o`rnatadi. ( mol va cho`chqa) avtomatlashtirish tizimi xom-ashyo dozasini 40 dan to 300 kg gacha 1kg aniqlikda bo`lishini ta`minlaydi. Sxemada avtomatik va qo`l bilan boshqarish rejimi ko`zda tutilgan. Sistemaning asosiy rejimi avtomatik rejim bo`lib, unda qayta ulagich (1-1) “Avt” rejimga qo`yiladi.
Qiymani tayorlash davriy ravishda amalga oshiriladi. Jarayonni avtomatik rostlash nososlar orqali navbatma-navbat bunker va qiymalarni belgilangan miqdorda aralashtirish qurilmasiga uzatiladi (mol va cho`chqa go`shti, sut va suv va ularni belgilangan vaqt mobaynida aralashtiriladi.Aralashtirish jarayoni tugashiga 15 sekund qolganda ovozli ogohlantirish signali beriladi. Undan so`ng tayor aralashma sig`imdan bo`shatiladi va jarayon qaytadan amalga oshiriladi. Buning uchun “Nachalo tsikl” –jarayoni boshlanishi boshqarish tugmasi bosiladi.
Boshqarish tugmasi (1-2) “Nachalo tsikl” bosilishi bilan qiyma nasosi (I) ulanadi va qachonki bunkerga mol go`shti qiymasining belgilangan miqdori kelib tushgandan so`ng nasos o`chadi. SHu paytda pribor (6-2) dan elektro- pnevmatik o`zgartirgich (6-3) elektr signali uzatiladi va u elektrsignalni pevmatik signalga aylantirib, pevmatik ijrochi mexanizmlar (6-5) va (6-6) ga uzatiladi va bunkerda o`rnatilgan bunkerni ochib, mahsulotni qiyma aralashtirgichga tushiradi. Mahsulot tushib bo`lgandan so`ng asbob (6-2) dan elektrik signal o`zgartirgich (6-4) ga boradi va u signalni o`zgartirib ijrochi mexanizmlarni boshqaradi va bunker qopqoqlari yopiladi. Undan so`ng shu jarayon cho`chqa go`shti qiymasini aralashtirish qurilmasiga joylashtirish uchun ham shu ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Mol va cho`chqa go`shti qiymalarini aralashtirish qurilmasiga tushirish tsikli boshlanishi bilan bir paytda sig`im (IV)ni suv va yog`sizlantirilgan sut bilan to`ldirish boshlanadi.Sut va suvni berilishini boshqarish klapanlari (11-7)va (11-8) tegishli elektropnevmatik o`zgartirgichlar (11-4) va (11-5) orqali uzatiladigan siqilgan havo orqali amalga oshiriladi. O`zgartirilgan signal sath signalizatori (11-2) dan uzatiladi.
e
36-rasm. Kolbasa qiymasini tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish sxemasi
I- Mol go`shti qiymasi uchun nasos;
II- cho`chqa go`shti qiymasi uchun nasos;
III- Qiymani o`lchash uchun mo`ljallangan bunker;
IV- Suv va sutni dozalash uchun mo`ljallangan sig`im;
V – Qiymani aralashtirgich;
1-1-boshqarish (tugmasi) kaliti;
1-2, 2-1, 3-1, 8-1, 9-1- boshqarish tugmalari;
2-2, 3-2, 8-2, 9-2- magnitli qo`shgichlar;
2-3, 3-3, 8-3, 8-4- elektrodivigatellar;
4-1, 5-1, 7-1- so`ngi o`chirgichlar;
6-1- og`irlik (massa) ni birlamchi o`lchov o`zgartirgich;
6-2- og`irlik( massa)ni o`lchash va roslash asbobi;
6-3, 6-4, 11-3, 11-4, 11-5-signal o`zgartigich(kirish signali elektrik, pnevmatik chiqish signali)
6-7, 6-8- mol va cho`chqa go`shti massasini topshiriq beruvchilari;
10-1- dasturlovchi qurilma;
11-1a – sathni birlamchi o`lchash o`zgartirgichi;
11-2- kontakt qurilmali sathni o`lchash asbobi;
11-6, 11-7, 11-8- ijrochi mexanizmlar;
11-9- sut va suv hajmini topshiriq beruvchilari
12-1, 13-1- manometrlar;
NL-NL5- ogohlantirish lampalari;
HAI- qo`ngiroq;
Do'stlaringiz bilan baham: |