Sinov savollari.
Sutni qayta ishlash jarayonini tushuntiring
Sutni qayta ishlash jarayonini boshqarish ob`yektini izohlang
Sutni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi .
29-ma`ruza. Sariq yog` olish jarayonini avtomatlashtirish
Ma`ruza rejasi:
Sariq yog` olish jarayoni tahlili;
Sariq yog` olish jarayoni asosiy texnologik parametrlari;
Sariq yog` olish jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
Sariq yog` ishlab chiqarish texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalarni o`z ichiga oladi: - uzluksiz qaymoq berish, uzluksiz urish, ajratish, yog`li bo`laklarni qayta ishlash, vakuumli qayta ishlash, formaga keltirish va qadoqlash.
Qaymoq yig`iladigan sig`imdan muvozanatlovchi bak orqali kelayotgan qaymoq vintli nasos (II) yordamida yog` tayyorlagich (III) tsilindriga beriladi. Hosil bo`lgan yog` bo`lakchalari va suyuqlik birinchi qayta ishlov kamerasiga uzatiladi. U erda yog` bo`laklari birinchi yuvishga va shnek bilan mexanik ishlov berishga uzatiladi. Suyuqlik yog` bo`lakchalaridan aloxida sig`imga ajratiladi va nasos (V) yordamida keyingi qayta ishlash uchun yuboriladi. Birinchi kamerada yog` qatlami ajralib qoladi. Ikkinchi kamerada yog`ni yakuniy yuvish va keyingi ishlov berish amalga oshiriladi. Uchinchi kamerada uning tarkibidagi havoni chiqarib yuborish uchun vakuum nasos yordamida siyraklanish hosil qilinadi. Undan so`ng yog` mayda teshikchali setkadan bosim ostida o`tkaziladi. Ular orasida yog` qatlamini aralashtirish uchun pichoqlar o`rnatilgan. YOg` tayyorlagichdan chiqadigan tayyor yog` shaklga keltirish va qadoqlashga yuboriladi. YOg`ni dozalash uchun nasos dozator (VI) mavjud. Aralashtirgichli sig`im (VII) tuzli yog` ishlab chiqarishda tuzli suvni aralashtirish uchun xizmat qiladi.
Texnologik jarayon parametrlarini avtomatik rostlash olinadigan sariq yog` sifatiga ta`sir ko`rsatadi.
Jarayonni normal borishi uchun qaymoqni bir me`yorda berilishini ta`minlash zarur. Buning uchun qalqovichli satx rostlagichli (12-1) muvozanatlovchi sig`im (I) o`rnatilgan.
YOg` tayyorlagichni ishlashi boshqaruv shitida amalga oshiriladi.
Mahsulotni urish qurilmasini aylanishlar sonini o`lchaydigan birlamchi o`zgartgich sifatida taxogeneratordan (2-1) foydalanilgan bo`lib, ko`rsatuvchi ikkilamchi asbob (2-2) bilan ulangan. Urish qurilmasi elektrodvigatelga beriladigan tok kuchini o`lchash uchun pul’tda ampermetr (3-3) o`rnatilgan.
YOg`li maxsulotni birinchi kamerada va qatlamni ikkinchi kamerada yuvish uchun ishlatiladigan yaxli suvning bosimi va temperaturasini nazorat qilish uchun manometr (5-1) va manometrik termometr (7-2) o`rnatilgan. YUvish uchun mo`ljallangan suvning temperaturasi berilgan qiymatga etganida manometrik termometr signal beradi va ogoxlantirish chiroqlari yonadi .HL3.
Vakuum tizimida vakuummetr (8-1) o`rnatilgan.
YOg` tarkibidagi suv miqdori yog`ning dielektrik o`tkazuvchanligi orqali aniqlanadi. Sariq yog` tarkibidagi namlik miqdorini nazorat qilish va rostlash uchun sig`imli o`lchash usulida ishlaydigan yuqori chastotali namlik o`lchagich o`rnatilgan. O`lchash va rostlash sistemasi birlamchi o`lchash o`zgartgichi (10-1), o`zgartgich bloki (10-2), ko`rsatuvchi va rostlovchi pribor (10-3), dasturlovchi qurilma (9-1), elektrodvigatel’ (9-4), sariq yog` namligi miqdorini impul’sli rostlashni ta`minlovchi nasos –dozator (VI)dan tashkil topgan.
38-rasm. Sariq yog` olish jarayonini avtomatlashtirish sxemasi
I - muvozanat sig`imi;
II – vintli nasos;
III – yog` tayyorlagich;
IV – sig`im;
V – nasos;
VI – nasos-dozator;
VII – aralashtirgichli sig`im.
1-1, 3-1, 4-1. 6-1, 9-2, 11-1 - boshqarish tugmalari;
1-2, 3-2, 4-2, 6-2, 9-3, 11-2 - magnitli qo`shgichlar;
1-3, 3-3, 4-3, 6-3, 9-4, 11-3 - elektrodvigatellar.
2-1 – aylanishlar sonini o`lchaydigan birlamchi o`zgartgich;
2-2 - aylanishlar sonini o`lchaydigan asbob;
3-3 – ampermetr;
5-1 – manometr;
7-1 – birlamchi temperaturani o`lchash o`zgartgichi;
7-2 – manometrik termometr;
8-1 – vakuummetr;
9-1 – dasturlovchi qurilma;
10 -1 – sariq yog` namligini o`lchash o`zgartgichi;
10-2 - o`zgartgich bloki;
10-3 – namlikni o`lchash asbobi;
12-1 - to`g`ridan-to`g`ri sath rostlagichi;
HL-1, HL3 – ogohlantirish lampalari
Do'stlaringiz bilan baham: |