Sinov savollari
Kolbasa qiymasini tayyorlash jarayonini tushuntiring
Kolbasa qiymasini tayyorlash jarayonini boshqarish ob`yektini izohlang
Kolbasa qiymasini tayyorlash jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasini tushuntiring.
28-ma`ruza. Sutni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish.
Ma`ruza rejasi:
Sutni qayta ishlash jarayoni tahlili;
Sutni qayta ishlash jarayonining asosiy texnologik parametrlari;
Sutni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
Avtomatlashtirish sxemasida texnologik parametrlarni rostlash, qayta ishlanadigan maxsulot xususiyatlarini o`zgartirishni inobatga olgan holda dastur asosida amalga oshiriladi. Sxemada quyidagi operatsiyalarni avtomatik boshqarish ko`zda tutilgan.
Sig`imlarni sut bilan to`ldirish; ularga achitqi va fermentlarni qo`shish; achitilgan sutni berilgan vaqt oralig`ida aralashtirish, quyuq holatga kelguniga qadar ushlab turish, tayyor bo`lgan quyuq mahsulotni kesish, dastur asosida boshqa komponentlarni aralashtirish.
Avtomatlashtirishning texnik vositalari yordamida texnologik operatsiyalarning biridan ikkinchisiga o`tishi amalga oshiriladi. SHuningdek jarayonda zardobni kislotalik darajasi va suzmani quritish masalasi ko`riladi, hamda sutni sig`imlarda ishlov berish bosqichlarida haroratni rostlash hamda suvsizlantirilgan suzmani avtomatik ravishda formaga keltirish va uni tayyorlilik holati ko`zda tutilgan.
Sutni quruq vannalarda qayta ishlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi.
Vanna ma`lum vaqt ichida masofadan turib boshqariladigan baypas paneli (3-1, 3-3) orqali boshqariladigan ijrochi mexanizmlar (3-2) va (3-4) orqali to`ldiriladi. Vanna to`lganidan so`ng 5-minut o`tgach aralashtirish mexanizmi ishga tushiriladi. Qaysiki u kuchlanish rostlagichiga (6-1) ulangan. Bu aralashtirgich aylanishlar sonini rostlashni bir me`yorda bo`lishini ta`minlaydi. Bir paytni o`zida vannaga achitqi, 15 minutdan keyin esa ferment beriladi. YAna 5 minutdan keyin aralashtirgich o`chiriladi va suzma hosil bo`lish jarayoni boshlanadi. Bu holat 35-40 minut davom etadi. Jarayonni borishi birlamchi o`zgartirgich (9-1) va ikkilamchi asbob (9-2) yordamida nazorat qilinadi.
Dasturda vannaga ferment qo`shilganidan so`ng 40 minut o`tgach suzmani qaynatish mexanizmini ulanishi ko`zda tutilgan. Agarda suzma belgilangan muddatdan oldinroq tayyor bo`lsa, qaynatish mexanizmi avtomatik ravishda ulanadi. Qaynatish jarayoni elektrodvigatel’ aylanishlar soni 0,5 ÷ 1 minut bo`lgan holda 15 – 20 minut davom ettiriladi. Bunda yog`ni zardobga qo`shilib ketishini oldi olinadi. elektrodvigatel’ni aylanishlar sonini nazorat qilish birlamchi o`lchash o`zgartgichi (8-1) yordamida amalga oshiriladi. Suzma pishirib bo`lingandan so`ng 5 minut o`tgach, unga aralashtirgich avtomatik ravishda ulanadi. elektrodvigatel’ning aylanishlar soni dastlab 0,5 minut -1, 1 minut -1
Suzmani kesish jarayonida 7 minutdan so`ng dasturlovchi qurilma zardob uzatuvchi nasosni (10-3) elektrodvigatelini birlamchi Rn – metr o`zgartgichning shishali elektrodiga ulaydi va ikkilamchi pribor (12-2) bilan bog`lanadi. Rn ni o`lchash chegarasi 5 dan 7 gacha. Rn ning berilgan qiymati esa 6,5.
Undan so`ng 10 minut maxsulotni qizdirish uchun beriladigan bug`ni yo`lida o`rnatilgan ijrochi mexanizm ulanadi. (Zardob va suzmani aralashmasini isitish uchun). Qizdirish 42 minut davomida amalga oshiriladi. Bug`ning bosimi manometr (2-1) yordamida nazorat qilinadi. Temperaturani ko`tarilish tezligi ketma-ket oshib boradi, ya`ni bir minutda 0,120 dan (31-34⁰C gacha), 0,16⁰C dan (34-37⁰C gacha) va 0,2⁰C dan (37-38⁰C). Bug` quvurida o`rnatilgan ijrochi mexanizmning (5-1) ishlashi dasturlovchi qurilma yordamida amalga oshiriladi. Temperatura 38⁰C ga etganda temperaturani rostlash sistemasi ishga tushadi.
Temperaturani nazorat qilish va rostlash manometrik termometr (1-2) orqali amalga oshiriladi. Vannada temperatura qiymati jarayonining oxirigacha ushlab turiladi.
Zardobni kislotalilik darajasi oshib borishiga qarab 70 minutlarda (Rn = 6,3) meshalka ishga tushiriladi. 1-2 minutdan so`ng zardobni haydash nasosi ulanadi.
37-rasm. Sutni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirishning funktsional sxemasi
I – vanna; II, III, IV - nasoslar; V – aralashtirgich;
Temperaturani o`lchash o`zgartgichi (manometrik termometr)
Manometrik termometr;
1-3, 3-2, 3-4, 12-4 – ijrochi mexanizmlar;
2-1 – manometr;
4-1, 11-1 – sathni birlamchi o`lchash o`zgartgichlari;
4-2, 11-2 – satx signalizatorlari;
5-1 – dasturlash qurilmasi;
6-1 – kuchlanish rostlagichi;
7-1, 10-1, 13-1, 14-1 – boshqarish kametlari;
7-2, 10-2, 13-2, 14-2 – magnitli qo`shgichlar;
7-3, 10-3, 13-3, 14-3 – elektrodvigatellar;
8-1 meshalkani aylanishlar sonini birlamchi o`lchash o`zgartgichi;
9-1, 12-1 – suzmani tayyorlik holatini o`lchash birlamchi o`zgartgichi;
9-2, 12-2 – o`lchash asbobi;
1-5, 12-3 – signal o`zgartgichlar (kirish signali, pnevmatik chiqish);
HLI – HL3 – Ogohlantirish chiroqlari;
NAI – qo`ng`iroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |