Yangi materialni o`rganish darslari. Murakkab tipdagi darslarda yangi materialni tushuntirishga taxminan 10-15 daqiqa vaqt beriladi. Ammo yangi materialni o`rganish usul va metodlari har xillashtirilsa, boshlang`ich sinflarda tushuntirishga 20-25 daqiqa vaqt ajratish mumkin. Bu holda yangi tip dars – yangi materialni tushuntirish darsi hosil bo`ladi.
Yangi materialni o`rganish darsining tuzilishi:
Uyga berilgan vazifani tekshirish (agar uy vazifasi o`quvchilarni yangi materialni o`rganishga tayyorlovchi materialni o`z ichiga olgan bo`lsa, bu tekshirish ayniqsa zarur).
O`quvchilarga darsning maqsadini yetkazish.
Yangi materialni o`rganishga tayyorlanish.
Yangi materialni o`rganish.
Yangi materialni dastlabki puxtalash.
Yakunlash va uyga vazifa berish.
Murakkab va yangi materialni tushuntirish darslari tuzilishlarini taqqoslab ular deyarli bir xil ekanini ko`ramiz. Bunda farq shundaki, yangi materialni tushuntirish darslarida asosiy vaqt yangi materialni o`rganishga beriladi.
Bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni mustahkamlash darslari. Yuqorida har bir darsda bolalar yangi bilimlarni olib ilgarilab borishlari haqida gapirilgan edi. Ammo shunday darslar ham borki, ularning asosiy qismlari ilgari olingan bilimlarni mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi. Bunday darslar bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni mustahkamlash darslari deb ataladi.
Mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar bilimlarni mustahkamlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Shu sababli mustahkamlash darslarining tuzilishi taxminan shunday bo`lishi mumkin:
Dars maqsadini qo`yish.
Uy vazifasini tekshirish va o`rganilgan materialni mashqlar, amaliy, laboratoriya ishlari va mustaqil ishlar tariqasida mustahkamlash.
Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
O`tilganlarni takrorlash darslari. Takrorlash darsining tuzilishi xuddi mustahkamlash darsining tuzilishidek. Boshlang`ich sinflarda o`tiladigan istalgan matematika darslarida biror darajada ilgari o`tilganlarni takrorlash va mustahkamlash bo`ladi. Takrorlash bilan mustahkamlash ko`p jihatdan o`xshash , ammo darslarni tashkil qilishda ularning farqini ko`ra bilish zarur. Odatda, ba`zi qoida va qonunlar bevosita yangi materialni o`tib bo`linishi bilan mustahkamlanadi. Mustahkamlash vaqtida dastlabki malakalar va ko`nikmalar shakllanadi. Takrorlash darslarida esa asosan o`quv materiali tizimga solinadi va umumlashtiriladi.
Bir qancha takrorlash turlarini bir-biridan ajratadilar:
O`quv yili boshida va kundalik takrorlash darslari. Taxminan ikki hafta davomida birinchi sinfdan tashqari hamma sinflarda (birinchi sinflarda dastlabki 5-6 ta dars o`tgandan keyin) takrorlash bajariladi, bu takrorlashning maqsadi o`tgan o`quv yilida olingan bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni xotirada tiklashdan iborat.
Mavzuviy takrorlash darslari. Boshqa o`quv predmetlarining dasturlari kabi matematika dasturi ham alohida mavzularga bo`lingan. Mavzu bo`yicha materialni takrorlash (o`qituvchi boshchiligida ) bilan o`quvchilar asosiy nazariy qoidalarini ajratadilar, mashqlar va masalalar sismavzusini yechadilar.
Umumlashtiruvchi takrorlash darslari: chorak bo`yicha takrorlash; yarim yil bo`yicha takrorlash; bir yil bo`yicha takrorlash.
Bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni tekshirish va hisobga olish darslari. O`quvchilarning bilimlari, malaka va ko`nikmalarni tizimli tekshirish har bir darsda bajariladi. Bundan tashqari, bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni tekshirishga alohida darslar ajratiladi. Bunday darslar dastur mavzusi yoki bo`limini tugallaydi. Bu xil darslarning tuzilishi quyidagicha;
dars maqsadini aytish;
kontrol ishning mazmuni bilan tanishtirish;
ishni bajarishga oid qisqacha yo`l-yo`riq berish;
o`quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlari;
ishni yig`ib olish (qo`ng`iroqqacha 3-5 daqiqa oldin)
Muammoli dars. Keyingi yillarda keng tarqalgan muammoli o`qitish muammoli dars deb ataluvchi yangi tip dars paydo bo`lishiga olib keldi. Muammoli dars muammoli vaziyat bo`lishini nazarda tutadi. Bunday dars umumiy didaktik talablarga javob berishi va odatdagi darsning uy vazifasini tekshirish; maxsus og`zaki mashqlar; o`quvchilar oldiga dars maqsadini qo`yish; yangi materialni o`rganishga tayyorlash; yangi materialni va ilgari o`tilgan materialni mustahkamlash; darsni yakunlash va uyga vazifa berishdan iborat butun tarkibiy qismini o`z ichiga olishi kerak. Matematikadanni odatdagi o`qitishda ham, muammoli o`qitishda ham darsning tuzilishi masalasi darsning maqsadlarini, mazmunini, o`qitish Metodlarini o`quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda hal qilinishi kerak.
Muammoli darsda ushbu bosqichlarini ajratish mumkin:
1. Muammoli vaziyat hosil qilish. Bu bosqich boshqa bosqichlarga nisbatan tayyorgarlik bosqichi bo`lib,o`quvchilarni muammo mohiyatini tushunib olishga olib kelishi,o`quvchilarni bu muammoning hal bo`lishiga qiziqtira olishi kerak.
2. Qo`yilgan muammoni hal qilish. Bu ushbularni nazarda tutadi:
a) muammoni muhokama qilish,xususiy muammolarni olg`a surish, muammoni hal qilish uchun maqsadga muvofiq yo`nalishlarni ishlab chiqish;
b) belgilangan yechish rejasini detellashtirish;
g) yechish natijalarini chiqarish va oxirgi natijani olish,
Bu bosqichda o`qituvchining roli o`quvchilarni ishlashga jalb qilish, ularning izlash xarakteridagi ishlariga rahbarlik qilishdan iborat.
Maxsus tanlangan mashqlarni bajarishda olingan bilimlarni amalda tadbiq qilish.
Bajarilgan ishlarga yakun yasash.
Matematikadan muammoli darsni tashkil qilishning sxemali rejasi jo`shqindir-u yoki bu o`quv muammosining aniq xarakteristikasiga qarab u to`la yoki qisman bajariladi,rejaning ayrim punktlari birlashtirilishi mumkin va hokazo.
Misol tariqasida II sinf o`quvchilarini jadvaldan tashqari bo`lishning 42:3 ko`rinishi bilan tanishtirishga oid moammoli darsdan bir bo`lagini qaraymiz.
Muammoli vaziyat hosil qilish. Siz,masalan, 46 ni 2ga bo`la olasizmi? Buning uchun biz 46 sonini uning xona qo`shiluvchilari (40 va 6) yig`indisi bilan almashtiramiz, so`ngra yig`indini songa bo`lish qoidasidan foydalanamiz.
Hozir biz bir muncha qiyinroq misolni qaraymiz. 42 ni 3ga bo`lish zarur bo`lsin. O`zimizga tanish usulni qo`llanib ko`ramiz:
42 sonini uning xona qo`shiluvchilari yig`indisi bilan almashtiramiz(40+2). Ko`rib turibmizki, o`nliklar soni ( 4 ) ham, birliklar soni ( 2) ham 3 ga bo`linmaydi. Demak, bo`lishning bizga tanish usulini bunda qo`llanib bo`lmas ekan. Balki 42 soni umuman 3 ga bo`linmas. Muammoli vaziyat hosil qilindi.
2. Qo`yilgan muammoni hal qilish. Muammoni hal qilish uchun taxminan bunday mulohazalar yuritiladi ( xulosalar chiqarishga shoshilmaymiz; hal qilishning boshqa yo`lini qidirib ko`ramiz. Cho`plardan foydalanamiz: 42 soni 4 ta o`nlik ( 4 bog`lam ) cho`pdan va alohida 2 ta cho`pdan iborat. 4 ta o`nlik 3 ga bo`linmaydi, ammo 3 ta o`nlikni 3 ta teng qismga bo`lish mumkin. 42 ni 2 ta qo`shiluvchiga ajratamiz ulardan biri 3 ta o`nlik, ikkinchisi esa 1 ta o`nlik va 2 ta birlikdan iborat. Shunday qilib, 42 ni 3 ga qanday bo`lish mumkin ekan? Oldin bu sondan 3 ga bo`linadigancha o`nliklarni olamiz, so`ngra qolgan birliklarni bo`lamiz. Bu xolda ham bo`linuvchini yig`inda bilan almashtiramiz, so`ngra esa oldingidagidek, bu yig`indini bo`luvchiga bo`lamiz. Bu holda xona qo`shiluvchilari to`g`ri kelmaydi. Shu sababli qulayroq qo`shiluvchilarini izlaymiz. Qo`shiluvchilardan biri shuncha o`nlikdan iborat bo`lishi kerakki u bo`luvchiga qoldiqsiz bo`linsiz. Butun mulohazaning borishini bunday yozish mumkin. 42:3=(30+12):3=30:3+12:3=10+4=14
3. Yangi bilimlarni amalda qo`llanish. Yangi bilimlar 72:6, 52+4, 34:2 va shu tipdagi boshqa misollarni yechishda amalda qo`llaniladi
4. Qilingan ishni yakunlash. Bolalar ikki xonali sonni bir xonali songa bo`lishga oid yangi xil bir nechta misolni yechish natijasida o`qtuvchi rahbarligida binday misollarni yechishda bo`linuvchini qulay qo`shiluvchilar (xona qo`shiluvchilari emas) yig`indisi shaklida tasvirlash kerak, degan xulosa chiqaradilar. Bunday qulay qo`shiluvchilar shunday tanlanadiki, ulardan biri bo`luvchiga qoldiqsiz bo`linadigan sondagi o`nliklardan iborat bo`ladi.
Dars o`tkazish metodikasini egallab olishda tajribali o`qituvchilar darslariga qatnashish va shu darslarni analiz qilish, shuningdek, o`zining darslarini analiz qilish katta ta`sir ko`rsatadi.
Matematikadan darsining tahlili ushbu yo`nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:
Berilgan mavzu bo`yicha darslar tizimida darsning o`rin va rolini aniqlash, bu dars mazmunini, uning tarkibini, ishlash metodlari va usullarini to`g`ri baholashga yordam beradi
Darsning asosiy didaktik maqsadlarini, ta`limiy va tarbiyaviy maqsadlarini aniqlash va asoslash.
Darsning har bir qismi mazmuning va uni o`tkazish metodikasining tahlili; dars materiali mazmunining ta`limiy tarbiyaviy maqsadlariga mos kelishi, dasturga mos kelishi; materialning ilmiy va g`oyaviy yo`nalganligi o`quvchilar kuchlari va bilimlariga mos kelishi, ularning yosh xususiyatlari, rivojlanish va matematika yuzasidan bilimlarini o`zlashtirish darajalari, intellectual imkoniyatlariga mos kelishi; o`rganilayotgan materialning hayot bilan, o`quvchining shaxsiy tajribasiga, jamiyat qurilish tajribasiga bog`liq o`qitish metodlarining darsning mazmuni va maqsadlariga mos kelishi; metodlarng o`quvchilarda turg`un qiziqishlar shaklantirishga o`quvchilarning mustaqilliklari va aqliy faoliyatlarini faollashtirish.
O`quvchilar faoliyatlarini tashkil qilishni bahollash; o`quvchilar individual va kallektiv ishlarini birga olib borish; o`quvchilarga differensial yaqinlashish.
O`qitishning har xil vositalari darslik, didaktik materiallar, rasmlar, sxemalar,chizmalar va hokazolarning rolini aniqlash.
O`qtuvchi qiyofasi
Darsning umumiy bahosi. Keltirilgan savollar ro`yxati dars tahlilining taxminiy yo`nalishini beradi.
O`quvchilarning uy ishlari
Uy ishlari bu o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil, individual ishlarini tashkil qilish formalaridan bittasi.
Uy ishining bajarilishida u yoki bu material takrorlanibgina qolmay,balki muhim malaka va ko’nikmalar shakllanadi,bu esa o`quvchilarni mustaqil faoliyatining eng muhim qismidir. To`g`ri tashkil qilingan va mustaqil bajariladigan uy ishining borishida va natijasida shaxsning xafsalaligi va mexnat sevarligi, uyushqoqligi, intizomliligi, batartibliligi, topshirilgan ish uchun ma`suliyatni his etishi shaklanadi va rivojlanadi, o`z faoliyatini rejelashtirish malakasi, o`z-o`zini nazorat qilish ko`nikmalari mukammalashadi. Uy ishlarini tashkil qilish ushbu talablarga javob berishi kerak.
Uyga beriladigan vazifalar o`quvchilarning kuchlari va bilimlariga mos kelishi kerak. Shu sababli birinchi sinf o`quvchilarida mustaqil ish ko`nikmalarini hosil qilish ma`lum vaqt talab qilinishini hisobga olib o`quv yilini birinchi yarmi davomida uyga vazifa berilmaydi. Ikkinchi yarim yildan boshlab uyga beriladigan vazifalar sinfda bajarilganlaridan soddaroq va o`quvchilar uddalay oladigan bo`lishi kerak. Uyga qiyinroq vazifalar berilishi o`quvchilarga og`irlik qiladi, natijada ular bu vazifalarni boshqalarning yordamisiz bajara olmaydilar.
Uy vazifalarini sismavzuli ravishda berish kerak. Haftaning oxirgi kunlari va bayram oldi kunlari bundan mustasnodir.
Uy vazifalarining hajmi hamma predmetlar bo`yicha ularni bajarishga ajratilgan ma`lum vaqt me`yoridan oshmasligi kerak: 1- sinfda hamma vazifani bajarishga 1 soatgacha; 2-sinfda 1,5 soatgacha; 3-sinfda 2 soatgacha ajratiladi. Matematikadan uchun bu vaqt 20 daqiqagacha bo`lishi mumkin.
Kichik yoshgacha maktab o`quvchilariga uy vazifasini qanday bajarishga doir ko`rgazmali ko`rsatmalar berish zarur. Eng oldin o`quvchi uchun uy vazifasining maqsadi aniq bo`lishi kerak. O`qtuvchi o`quvchilarga uyda nima qilish kerakliginigina ko`rsatib qolmay, balki nimaga alohida e`tibor berishi kerakligi, uchragan qiyinchiliklarni qanday bartaraf qilish, misol va masalalarning yozilishi qanday bo`lishini, bajarilgan vazifani o`quvchini o`zi qanday tekshirishi mumkinligiga oid ko`rsatmalar ham berishi kerak.
Har qanday uy ishi o`qtuvchi tomonidan tekshirilgan bo`lishi kerak.(uy vazifalarini tekshirish formalari haqida yoqorida gapirilgan edi )
Uy vazifasini tashkil qilishga niabatan muhim talab uning ko`rinishi va mazmuni turli-tuman bo`lishidir. Uy vazifasi faqat, misollar va masalalar yechishnigina emas, balki topshiriqlarning boshqacha turlarini ham o`z ichiga olishi kerak. Bu turlar ushbulardan iborat: ifodalarni taqqoslash, tenglamalar yechish, geometrik xarakterdagi topshiriqlar va h.k. Uy vazifasiga ijodiy xarakter berish va o`quvchilarda unga qiziqish uyg`otish uchun uyga beriladigan topshiriqlarning mazmuniga muammoli xarakteridagi topshiriqlarni, masalalarni har xil usullari bilan yechishni, masalalar tuzish va ularni almashtirishlarni va hokazolarni kiritish kerak. Ravshanki, yuqorida aytib o`tilgan topshiriqlarni uy vazifasiga kiritish uchun sinfda tegishlicha tayyorgarlik ko`rish kerak. Shu bilan birga beriladigan topshiriqlar asosan ushbu funksiyalarni bajarishlari lozim: bilimlarni va amaliy malakalarni mustahkamlash imkonini berishi kerak; olingan bilimlarni umumlashtirish va ijodiy qo`llanishga yordam berishi kerak; navbatdagi darslarda yangi materialni o`zlashtirishga o`quvchilarni tayyorlashi kerak. Uy vazifasida beriladigan topshiriqlar dars materiali bilan qanday munosabatda bo`lishi kerak. ,, Bu masala, deb yozishadi M.I.Moro bilan A.M. Pishkalo, - har bir aniq holda har xil hal qilinishi kerak: masalan, darsda yangi, ammo nisbatan oson hisoblash usuli qaralgan va shu bilan birga o`qituvchi kiritilgan usulni mustahkamlashga ham ulgurgan bo`lsin. O`qituvchi bolalar yangi materialni tushunganliklariga va shunga o`xshash mashqlarni mustaqil bajara olishlariga ishonch hosil qiladi deylik. Bu holda uy vazifasiga darsning o`zida qarab chiqilgan mashqlarga o`xshash mashqlarni kiritish maqsadga muvofiq bo`ladi. O`quvchilarning uy ishlari darsda bajarilgan ishning tabiiy logik davomi bo`ladi va unda olingan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Agar darsda o`zlashtirilishi uchun o`qituvchi rahbarligida uzoq vaqt ishlashni talab qiladigan qandaydir yangi, holatlarning tushunib olishlari uchun qiyinlik qiladigan tushuncha, qoida, masala birinchi marta kiritilayotgan bo`lsa, unda ish boshqacha bo`ladi. Bu holda o`qituvchi bolalarning uy ishlariga yangi materialni kiritib xatoga yo`l qo`yishi mumkin. Uy ishi uchun mashq tanlashda ilgari o`tilgan materiallardan qaysilari keyingi darsda yoki undan keyin o`tiladigan darslarida kerak bo`lishini hozir qaralayotgan masalalarni yaxshi tushunishga asos bo`lganini o`ylab ko`rishi kerak.
Hamma o`qivchi o`z imkoniyatlariga qarab har doim topshiriq olish uchun uy ishlarini individuallashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
O`qivchilar uy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlarini muhim sharti ota-onalarga, o`qivchilarga o`z kuchlari yetganicha va maqsadga muvofiq yordam haqidagi maslahatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |