2
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.To’lqin turlari
2.Elektromagnit to’lqinning-ko’ndalangligi
3.Monoxromatik tebranishlar va to’lqinlar
4.Yassi monoxromatik to’lqin superpozitsiyasining dolzarbligi
5.Lazerlarning qo’llanilishi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
3
Kirish.
Tebranuvchi sistema tashqi muhitga energiya berishi mumkin.Energiyani bunday
uzatish shuning uchun mumkinki,muhit elastik bo’lganligi orqasida uning alohida
kichkina uchastkalarining o’zlari mittigina tebranma sistemalardan iborat bo’ladi.
Agar muhit (masalan,havo,suv yoki boshqa moddalar)zarrachalarning siljishi
natijasida uning biror joyidagi zichligining muvozanati buzilsa, u holda atrofdagi
zarrachalar tomonidan ta’sir qiluvchi kuchlar siljigan zarrachalarni orqaga qaytishga
majbur qiladi,ya’ni elastiklik kuchlari buzilgan muvozanatni tiklashga intiladi,ammo
bunda muhit zarrachalari inersiya bilan bu muvozanat holatdan o’tib ketib qarama –
qarshi tomonga siljiydi.Bunday harakat vaqtida tebranuvchi zarrachalarga qo’shni
zarrachalar ham siljituvchi kuchlar ta’sir iga uchrab turg’un muvozanat holatdan
chetlashadi.Demak,har qanday qo’zg’alish ham,muhitning ma’lum uchastkasida bir
karra paydo bo’lar ekan,dastlab qo’zg’algan joydan tobora narida turgan zarrachalarni
o’z ta’siriga tortib,asta-sekin tarqala boshlaydi.
Biror muhitda turgan tebranuvchi sistema unga bevosita tegib turgan zarrachalar
bilan turgan zarrachalar bilan o’zaro ta’sirlashadi.U tebranar ekan,o’z atrofida qator
davriy qo’zg’atishlar uyg’otadi,ya’ni yonidagi zrrachalarga qandaydir davriy
o’zgaruvchi tashqi muhit singari ta’sir ko’rsatadi.Bu kuch muhitning zarrachalarini
majbur qiluvchi kuch chastotasi bilan tebrantiradi,shu bilan birga tebranma protsess
zarrachalar o’zaro ta’sirlashuvi sababli muhitda shu muhitning xossalari uchun
harakterli bo’lgan qandaydir aniq bir tezlik bilan tarqaladi.
Ravshanki,muhitning dastlab qo’zg’algan joyidan y masofada turgan zarrachalari faqat
muhitda tarqalayotgan tebranma protsess unga yetib kelgandagina tebrana boshlaydi.
Tebranma protsessning tarqalish tezligi ni u bilan belgilaymiz.Tebranma protsess biz
tekshirayotgan zarragacha
Vaqtdan keyin yetib boradi.agar sistemaning tebranishlari
X=asinwt
4
Tenglama bo’yicha ifodalansa,u holda zarrachalarning biz tekshirayotgan tebranishlari
ham xuddi shunday sinusoidal qonun bo’yicha,lekin vaqtga kechikib sodir
bo’ladi;shunday qilib,biz zarracha uchun quyidagi tenglamani yozishimiz mumkin:
X’=Asinwt(t- =Asinwt(t-
(1)
Bu tenglama zarrachaning x’ siljishini vaqtning va boshlang’ich nuqtasigacha bo’lgan
masofaning funksiyasi holida ifodalaydi.Biroq,agar boshlang’ich nuqtadan o’tuvchi bir
to’g’ri chiziqda yotgan nuqtalarni bir vaqtda tekshirsak,u holda,u uchun turli qiymatlar
bera borib,(1) tenglama orqali siljishlarning biz tanlagan to’gri chiziq bo’ylab
taqsimlanishini aniqlashimiz mumkin.Bu holda x’ ni biz faqat birgina y ning funksiyasi
deb qaraymiz
(t=const)
Muhitda
tarqaluvchi to’lqinlarning
turlari muhitning
elastiklik xossalariga
bog’liqdir.Bu
bog’lanishning harakterini
aniqlash uchun
muhitnihayolda to’lqinning
tarqalish
yo’nalishini aniqlash uchun
muhitni hayolda
to’lqinning tarqalish
yo’nalishigaperpenikulyar
bo’lgan bir-
biriga tegib turuvchi qator
yupka qatlamlarga ajratamiz.Gazlar va suyuqliklarda elastiklik to’lqin faqat
zarrachalarning tebranma harakati
yo’nalishi bo’ylabgina tarqala
oladi.Bunday to’lqinlar bo’ylama
to’lqinlar deyiladi.(a- rasm)Qattiq
jismda siljish deformatsiyasi
zarrachalarning siljish yo’nalishiga
perpendikulyar yo’nalishida tarqluvchi
to’lqin hosil qiladi.Agar to’lqinda tebrnma harakat tebranishlarning tarqalish
yo’nalishiga perpendakulyar yo’nalish bo;ylab sodir bo’lsa,bunday to’lqin ko’ndalang
to’lqin deyiladi.(b-rasm).Dumaloq sterjenning uchidagi kesimiga bolg’acha bilan
ursak,u holda sterjen bo’ylab to’lqin chopadi,bunda faqat sterjen o’qi bo’ylab yotgan
zarrachalargina sof bo’ylama siljiydi,sterjenningyaqinlashib borgan sari esa
zarrachalarning taebranishi amplitudasi ortib boruvchi ko’ndalang tebranishga aylana
boradi (v-rasm);Bunday to’lqinlarni qavariq to’lqinlar deyiladi.Suv sirtidagi to’lqinlarni
hamma yaxshi biladi.Shuni qayd qilib o’tish kerakki,sirt to’lqinlarining qonunlari
boshqa turdagi to’lqinlarning qonunlariga qaraganda ancha murakkabroqdir.Sirt
5
to’lqinlarining tarqalishida ishtirok etuvchi zarrachalarning tebranma trayektoriyalari
to’g’ri chiziqli bo’lmaydi;zarrachalar yopiq aylana yoki elliptik orbitalarchizadi.(g-
rasm)