-
- Reja:
- 1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha
- .
2.Tarbiyada ibrat-namuna koʻrsatish- - . ning tutgan oʻrni
- 3.Tarbiyada ragʻbatlantirish va
- jazolash metodlari
Tarbiya metodlari-pedagog oʻqituvchilarning oʻquvchilarga taʼsir koʻrsatish usullari,vositalari,tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yoʻllaridir. Tarbiya metodlari bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari bu oʻquvchi va jamoa tomonidan gʻoyaviy va maʼnaviy eʼtiqodlarni, maʼnaviy his-tuygʻu va odatlarni shakllantirish maqsadida qoʻllaniladigan shaxsga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish yoʻllari demakdir. Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bogʻliq boʻladi.Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir oʻqituvchi tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta oʻzlashtirib olishi maqsadga muvofiqdir. Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil usul va metodlarni qoʻllaydi.Bugungi kunda tarbiya metodlarini 3ta katta guruhga boʻlishimiz mumkin: 1) Ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar 2)Odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari 3)Tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari Birinchi guruh metodlarining vazifasi oʻquvchining ijtimoiy ongiga hayot, axloq, mehnat munosabatlari qoida va meʼyorlari haqida tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat. Ushbu meʼtodning tarkibiga hikoya,tushuntirish, oʻqitish,maʼruza,axloqiy suhbat va bahslarni kiritamiz. Ikkinchi guruh metodlari yordamida oʻquvchida maʼnaviy mazmuniga oid odatlar hosil qilinadi.Oʻquvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq maʼnaviy odatlar asosida ,faoliyat zaminida tashkil topadi. Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir.Talablar bevosita yoki bilvosita boʻlishi mumkin.Bevosita talablar qatʼiy buyruq yoki koʻrsatma,ishchanlik,yoʻl-yoʻriq beruvchi tavsifidagi koʻrinishda boʻladi. Bilvosita talablar kechinma,intilish tuygʻusini uygʻotishi koʻzda tutilgan holda maslahat,iltimos,taʼna qilish ,faoliyatiga nisbatan qiziqish uygʻotish tarzida namoyon boʻladi.Ayni vaqtda oʻqituvchi oʻquvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablarning meʼyorida boʻlishiga qatʼiy ahamiyat berishi lozim. Ragʻbatlantirish metodlari-oʻquvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni koʻzda tutadi.Ragʻbatlantirish quvonch,qoniqsh,qanoatlanish kechinmalarini paydo qiladi,tetiklik va gʻayrat bagʻishlaydi,oʻz kuchiga ishonchni mustahkamlaydi,ijobiy xatti-harakatlarini ragʻbatlantiradi,oʻz faoliyati va xulqiga maʼsuliyatini oshiradi. Jazo berish metodlar-bu oʻquvchilarning xatti harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.Jazo berish nomaʼqul xatti-harakatlarning oldini olish,axloqni tuzatishi,jamoa oldida uyalishi,oʻzini gunohkor deb bilish hissini uygʻotishi mumkin.Jazo berish metodlari ham xilma-xil boʻlib,ular jumlasiga tanbeh berish,koyish,uyaltirish,qizartirish, xatti-harakatlarni jamoa oʻrtasida muhokama qilish,muayyan faoliaytdan chetlashtirish va boshqalar kiradi. Ibrat tarbiyasi insonni qadimdan qiziqtirib kelgan.bu ayniqsa, mashhur yunon mutafakkirlari Aflotun va Arastuning nomi bilan bogʻliq pandnomalarda keng oʻrin olgan.Sharq mamlakatlarida Aflotunning Arastuga,Arastuning Iskandarga nasihati va vasiyatnomlari tarqalgan.Arastuning aytishicha, tarbiyachining oʻzi tarbiya koʻrgan,insoniy fazilatlarni egallagan boʻlishi darkor. Bundan tashqari sharq mamlakatlarida axloq va taʼlim tarbiyaga oid “Roʻshnoinoma”,”Qobusnoma” F.Attorning “Pandnoma”si, Ubayd Zakoniyning “Şad pand”kabi asarlari keng tarqalgan.Ilk oʻrta asrlarda Arastu va uning izdoshlarining risolalari arab tiliga tarjima qilindi.Ularning taʼlimotlari Al-Kindiy,Forobiy, Beruniy,Ibn Sino, Umar Xayyom,Nasriddin Tusiy,Jomiy, Navoiy va boshqa sharq faylasuflari tomonidan oʻrganildi va boyitildi. Eʼtiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |