1. Psixologik maslahat haqida tushuncha Psixologik maslahatning rivojlanish tarixi. Psixologik maslahat fanining predmeti



Download 83,5 Kb.
bet1/4
Sana11.04.2022
Hajmi83,5 Kb.
#544382
  1   2   3   4
Bog'liq
Hikmatov Shaxzod
Kompleks analiz (G.Xudoyberganov, A.Vorisov, H.Mansurov) (1), Ibrohimova Mamura, Hayitov Raxmiddin, Fazliddinov Jahongir, 10- Amaliy mashg'ulot-1, 13-лек, keys (2), tarix, Кафолат хати кизил тоифа (2), Erushkina MSt, Ámeliy pánler Pán aylıqta jarıs protokolı, Neyron torlari mantig\'i 185 guruh Ro\'zmetov Rasulbek , Титульник, O\'zbning eng yangi tarixi

Psixologning maslaxat berish ishlari.
Reja:


1.Psixologik maslahat haqida tushuncha
2. Psixologik maslahatning rivojlanish tarixi.
3. Psixologik maslahat fanining predmeti.
4. Psixologik maslahatning vazifalari.
5. Psixologik maslahat haqida Nizomning qabul qilinishi

Tayanch iboralar: Psixologik maslahat, tarbiyasi qiyin bola, psixologik maslahat, psixokorrekstiya, psixodiagnostika, psixoprofilaktika, psixologik trening.


Mustaqil davlatimizning tez suratda ijtimoiy rivojlanib borishini, unda yashayotgan fuqarolarning ijodiy va ma’naviy o’sishlarisiz amalga oshirib bo’lmaydi. insonlardagi ijobiy shaxsiy sifatlarning rivojlanishi va shakllanishi asosan ularning maktab davrlariga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham ta’lim - tarbiya muassasalarining oldiga shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, uning individual xususiyatlari, ruhiy holatlari, bilish jarayonlarini inobatga olgan holda ularning ilk va oddiy aks ettirishdan boshlangan onglarini etuk insonlarga xos darajada rivojlanishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishdek ma’suliyatli vazifa turadi.
Hozirgi kunda yuqoridari masalalarni echishda maktablar sezilar li qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Buning sabablaridan biri ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil etishda, bolaning rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishidagi psixologik qonuniyatlar va bilimlarga tayanmaslikdir.
Keyingi vaqtlarda tarbiyasi «qiyin» pedagogik qarovsiz, o’z xoliga tashlab qo’yilgan o’smirlar xaqida, o’qituvchi va o’quvchi orasidagi salbiy munosabatlardan kelib chiqadigan katta muammolar xaqida ko’p munozaralar olib borilmoqda.
Maktablar -hozircha hap bir o’quvchining psixologik xususiyatlari hamda ularning psixik rivojlanish darajalari haqida haqqoniy ma’lumot beradigan maxsus muassasalar bilan ta’minlanmaganlar.
Ta’lim-tarbiya jarayonida ro’y berayotgan turli xildagi qiyinchiliklarning yuzaga kelish sababini o’z vaqtida aniqlashda, muammoning asl mohiyati nimada ekanini tyshyniushda maktab o’qituvchisi ma’lum darajada turli qiyinchiliklarga duch keladi.
Tarbiyasi qiyin, ham oilaviy ham- pedagogik qarovsiz o’z holira tashlab qo’yilgan, o’qishra qiziqishi nasayib borayottan o’smirlarni hozirgi kunda har bir maktabda uchratish mumkin. Ular bilan ishlash esa yana maktab o’qituvchisining zimmasiga tushadi va o’sha katta mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi.
Endilikda maktablarda ta’lim - tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishda, o’qituvchi va o’quvchi oracidari munosabatlarni ijobiy izga solishda, o’smir va o’spirinlik davrini boshidan kechirayotgan o’qituvchiga ma’naviy va ruhiy ko’mak berishda, ota - onalar orasida psixologik bilimlarni targ’ib etishda, ta’lim muassasalariga amaliy psixolog maslahati kirib keldi.
Psixologik maslahat o’zining uzoq yillik tarixiga ega ekaniga qaramay, maktab, listey va kollej amaliyotchi psixologlarining maslahati nisbatan yosh, ammo juda tez rivojlanib kelayotgan yo’nalishdir.
Shunga ko’ra, Rsspublikamizning bir qatop viloyatlari shahar va tumanlarida maktab amaliy psixologlari o’z maslahatlarini boshladilar.
Psixolog vazifasida maslahat qilayotranlarning-aksariyati mutaxassis psixologlarning etishmasligi tufayli ushbu soxada-qiziqishlari bor bo’lgan pedagog o’qituvchilardir
Shuning uchun xam barcha maktab psixologlari o’z ish faoliyatlarini amalga oshirishlarida zarur bo’ladigan amaliy qo’llanmalar metodik tavsiyanomalar, maqsad, vazifalar, burchlari yoritilgan hamda faoliyatlarning yo’nalishlari ko’rsatilgan hujjatlarga muhtojligi sababli imkon darajada uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqilmoqda.
Bunday holat maktabda psixologik maslahatni tashkil etish va amaliyotchi psixolog faoliyatini to’g’ri belgilash bilan bog’liq bo’lgan barcha zarur muammolarning echimini topishga qaratilgandir.
Psixologik maslahat AQSh da 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQSh ning birinchi amaliyotchi psixologlari o’z-o’zini tarbiyalash muammosini o’rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot koeffistentini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik «Gaydens» maslahatining rivojlanishiga olib keldi.
Franstuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo’lib, u bu sohada 1894 yildan boshlab ish boshlagan. 1905 yilda Franstiya ta’lim vazirligi Binega umumiy dastur bo’yicha o’qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi.
1990 yilda Franstiyada maktab psixologik maslahati tashkil etiladi. 1970 yilda Franstiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik maslahatning asosiy turini tashkil etadi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo’yicha bir mutaxassis, ta’lim psixologiyasi bo’yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo’yicha bir mutaxassisni o’z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o’quvchiga maslahat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabda maslahat qilishi mumkin.
1985 yilda Franstiya pedagogik psixologlarining funkstiyalari aniqlab berildi. Pedagogik psixolog shaxsning har tamonlama rivojlanishi uchun qo’lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o’qituvchilarni va ota-onalarni ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o’z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta’kidlangan.
Ko’pchilik Sharqiy Evropa mamlakatlarida maktab psixologik maslahati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980 yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo’yicha modda maktab to’g’risidagi qonunga kiritildi. Psixologik maslahatning asosiy mazmuni - sog’lom shaxsning o’sishini ta’minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korrekstiya qilish, kasb tanlash muammolaridir.
Chexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy funkstiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir.
Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta’limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedalogiya doirasida vujudga keldi. Pedalogiya rivojlanayotgan va o’sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda pedalogik qarashlarini to’xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga sovet psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to’xtab qoldi. Faqat 60 yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi.
Eston psixologlari «tarbiyasi qiyin» o’smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar. 1984 yilda Moskvada SSSR FA psixologiya institutida «SSSR da psixologik maslahat muammolari bo’yicha I umumittifoq anjumani bo’lib o’tadi. Anjumanda maktabda psixologik maslahat sekstiyasi ham ish olib boradi.
Sobiq sovet Ittifoqida birinchi bo’lib Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik maslahat tashkil etildi / rahbari X.I. X.Liymets, Yu.L. Serd bo’lib, tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib boradilar/. Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi.
1989 yilda O’zbekistonda amaliyotchi psixologlarning etishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi.
Psixologik maslahatni 3 nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin:

  1. Ilmiy nuqtai nazar,

  2. tashviqot nuqtai nazar,

  3. amaliy nuqtai nazar.

Faqat mana shu nuqtai nazarlarning birligigina psixologik maslahat predmetini tashkil etadi.
Ilmiy nuqtai nazar psixologik maslahatning metodologik muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo’nalish ijrochilarining asosiy funkstiyasi maktab psixologik maslahatida ishning psixodiagnostik, psixokorrekstion va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishdan iborat.
Tashviqot nuqtai nazari halq ta’limi xodimlarini psixologik bilimlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu yo’nalishda asosiy harakatlantiruvchi shaxslar bo’lib, pedagoglar, metodistlar, didaktlar, maydonga chiqadi.
Maslahatning amaliy nuqtai nazarini maktab psixologlari amalga oshiradilar, ularning vazifasi - u yoki bu aniq vazifani hal qilish uchun ota-onalar, o’qituvchilar, sinf jamoasi, bolalar bilan ish olib borishdan iborat.
Hozirgi bosqichda psixologik maslahat faoliyatining 2 yo’nalishi: dolzarb va kelajak yo’nalishlari mavjud. Dolzarb yo’nalish o’qo’vchilar ta’lim tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular hulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Kelajak yo’nalishi har bir bola individuallgini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o’quvchi shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g’oyani olib kiradi. Ikki yo’nalish ham bir-biri bilan bog’liq.


Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti