O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini ko‘rib chiquvchi hududiy komissiyaning yig‘ilish bayoni №
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini ko‘rib chiquvchi hududiy komissiyaning yig‘ilish BAYONI № Raislik qiluvchi: T.Bobolov - viloyat hokimi, 0‘zbekiston yoshlar
ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini ko‘rib chiquvchi hududiy komissiya raisi
Ishtirok etganlar:hududiy komissiya a’zolari (ro‘yxat asosida)
KUN TARTIBI: 0‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini ko‘rib chiqib, munosib nomzodlarni saralash hamda saralangan hujjatlarni Respublika komissiyasiga taqdim etish to‘g‘risida. (T.Bobolov, I.Sapcirov, Z.Xidirova. F.Tairov, U.Xollivev. A.Maraximov. S.Hamidova. RSalomova. D.Bobovorov. N.Rahmatullaveva. JChorivevT.Bobolov) Viloyat hokimi T.Bobolov yig‘ilishni kirish so‘zi bilan ochib, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “0‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-sonli qarorining 8-bandi hamda 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “0‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 2017-yil 14-noyabrdagi 914-sonli qaroriga muvofiq 0‘zbekiston yoshlar ittifoqi (keying o‘rinda - Ittifoq) tizimida ko‘p yillikmehnat stajiga ega bo4gan fidoyi, professional jihatdan yetakchilik qobiliyatini namoyon etgan yoshlar, shuningdek, boshlang‘ich tashkilotlarda yetakchi, sardor sifatida samarali faoliyat ko‘rsatgan faol yoshlami oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha belgilangan nizomga asosan, joriy yilning aprel oyi davomida ikkinchi bosqich yakunlangani va nomzodlaming hujjatlari keyingi bosqichga tavsiya etilgani to4g‘risida to‘xtalib o4di.
Joylardagi Ittifoqning faol a’zolari tomonidan shahar va tumanlar komissiyalariga 65 nafar talabgorlaming hujjatlari kelib tushgan bo‘lib, jami 15 nafar talabgorlaming hujjatlari hududiy komissiyaga tavsiya etilganligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda hududiy komissiya tavsiya etilgan talabgorlaming hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayoni shaffof va oshkora ravishda o‘tkazilishi hamda talabgorlarga adolatli va xolis baho bergan holda qaror qabul qilish zarurligi bildirildi.
Nomzodlaming hujjatlarini saralash bo‘yicha hududiy komissiyaning yakuniy xulosalariga ko‘ra 2 nafar munosib nomzodlar saralab olindi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masala atroflicha muhokama etildi va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan komissiya
QAROR QILADI: 0‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun talabgorlami tanlash va ulaming hujjatlarini qabul qilish bo‘yicha hududiy komissiya a’zolarining nomzodlar natijalari bo‘yicha bergan xulosalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
0‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun nomzodlami tanlab olish bo‘yicha hududiy komissiyaning ish faoliyati Nizomga asosan olib borilganligi ma’qullansin.
0‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo'yicha hududiy komissiya a’zolari tomonidan munosib deb topilgan nomzodlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruh mas’ul kotibi (Sh.Abdilazizov)ga saralangan nomzodlaming hujjatlarini 1 kun muddatda Respublika komissiyasiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Ushbu yig'ilish bayoni qarori ijrosini ta’minlash 0‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi U.Xolliyev zimmasiga yuklansin