1-sinf matematika darsida tayyorgarlik davrini tashkil etish metodikasi ”



Download 104,24 Kb.
bet2/26
Sana21.07.2022
Hajmi104,24 Kb.
#833841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1- sinf matematika darsida tayyorgarlik davrini tashkil etish metodikasi( Nurmamedova Ayna)

REJA:
KIRISH
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi
Bitiruv malakaviy ish mavzusining o’rganilganlik darajasi
Bitiruv malakaviy ish maqsadi
Tadqiqot obyekti
Tadqiqot predmeti
Tadqiqot vazifalari
Tadqiqot metodlari
Tadqiqot metodologik asoslari
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-amaliy ahamiyati
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi
I BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARINI TASHKIL ETISH VA UNI O`TKAZISHNING UMUMIY MASALALARI.
1.1. Boshlang`ich sinflarda dars va matematika darslari tizimi.
1.2. Boshlang`ich sinflarda matematika dars turlari va ularning tarkibi .
I bob yuzasidan xulosalar.
II BOB. 1-SINFLARDA MATEMATIKADAN TAYYORGARLIK DAVRI DARSLARINI TASHKIL ETISH VA UNI O`TKAZISH TEXNOLOGIYASI.
2.1. 1-sinfda matematika bilan shug`ullanishning asosiy o`quv-tarbiyaviy vazifalari .
2.2. Sonlarni nomerlash va ular bilan amallar bajarishni o`rganishga tayyorlash darslari ishlanmalari.
2.3. Matematikadan tayyorgarlik davri darslarini tashkil etish va uni o`tkazishning samaradorligi.
II bob yuzasidan xuloslar.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR


KIRISH
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin ko`p jihatdan hamma sohalarda buyuk burilishlar, islohotlar amalga oshirilib, shaxdam qadamlar bilan oldinga borayotganini hayot ko`rsatmoqda. Xoh ishlab chiqarish sohasimi, qishloq xo`jaligimi, sanoatmi, fan, madaniyat, sport sohalarimi, barcha- barchasida yuksalishlarni ko`ramiz. Ta`lim-tarbiya sohasida katta islohotlar amalga oshirildi. ``Ta`lim to`g`risida``gi Qonun, ``Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi``ning qabul qilinishi ta`lim tizimida tub burilishlarga olib keldi. Ta`lim tizimining boshqa bo`g`inlari qatori boshlang`ich ta`limning rivojlanishiga alohida e`tibor qaratilishi kelajakda yetuk bilimli mutaxasis kadrlar tayyorlanishiga muhim omil ekanligi ko`rsatildi.
Yurtboshimiz I.A. Karimov 2013-yil 7-dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda qilgan ma`ruzalarida 2014-yilni ``Sog`lom bola yili`` deb taklif qildilar va quyidagi fikrlarni bildirdilar: ``Sog`lom bolani voyaga yetkazishda ta`lim-tarbiya va sportning o`rni va ta`sirini yanada kuchaytirish lozim.
Dasturda maktabgacha ta`lim muassasalari tizimini kengaytirish, ularni zamonaviy jihozlash, yuqori malakali pedagog va murabbiylar bilan ta`minlash, bolalarni maktabga tayyorlashning sifatini oshirish masalasiga alohida e`tibor qaratish darkor.
Bolalarning jismoniy va psixologik rivojlanishidagi eng asosiy davr- bu boshlang`ich sinf davridir. Hammamiz bilamizki, sobiq tuzum vaqtida bu masalaga yetarlicha ahamiyat berilmas edi. Quyi sinflarda dars berish, asosan, o`rta maxsus ma`lumotga ega bo`lgan muallimlarga topshirib qo`yilgan edi.
Boshlang`ich ta`limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bunday nomaqbul holatga butunlay barham berildi va bu vazifani bugungi kunda oliy ma`lumotli, yuksak irodali mahoratga ega bo`lgan pedagog kadrlar bajarmoqda.1
Boshlang`ich ta`lim sifatini oshirish davlat siyosatiga ko`tarilishini asl sabablari prezidentimiz ma`ruzalarida yaqqol namoyon bo`lmoqda.
Boshlang`ich ta`lim sifatini oshirish, ta`lim standartlari, o`quv dasturlari, darslik va qo`llanmalarni takomallashtirish, ilg`or pedagogik va axbarot kommunikatsiya texnalogiyalarini keng joriy etish masalalari, ``Sog`lom ona va bola`` yili davlat dasturida o`z ifodasini topishi kerakligi yurtboshimiz tomonidan ta`kidlandi.
Boshlang`ich ta`limga bunday yondashuv boshlang`ich sinf o`qituvchisidan katta bilim, mahorat talab etadi.
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi o`quv-tarbiya jarayonini shunday tashkil etishi kerakki, jajji boshlang`ich sinf o`quvchisi maksimal bilim, malaka va ko`nikmaga ega bo`lishi, ammo unga beriladigan bilim o`quvchini charchatib qo`ymasligi, uning fanga bo`lgan havasini bo`g`ib qo`ymasligi kerak.
Kuzatuv-tajribalar shuni ko`rsatmoqdaki, boshlang`ich sinflarga endigina qadam qo`ygan o`quvchi bilan dastlabki darslarni ayniqsa, Matematikadan tayyorgarlik davri darslarini tashkil etishda boshlang`ich sinf o`qituvchilari ko`p qiyinchiliklarga duch kelishadi. Maktabga kelgan o`quvchilar bilim darajasini ng xilma-xilligi, ularning yosh, psixologik jihatlari, bolalarning maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim olganlik va olmaganliklari, uy muhitidan maktab muhitiga moslanmasliklari kabi juda ko`plab muammolar o`qituvchi ishini tashkil etishda, bolalar bilan dars tizimini o`tishda muammolar kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Men bunday kamchiliklarni, muammolarni kuzatib, Matematikadan tayyorgarlik davrida o`quv mashg`ulotlarni tashkil etish va uni o`tkazish metodikasini qayta ishlab chiqish lozimligini o`zimga maqsad qilib oldim. Bu mening bitiruv malakaviy ishimni tayyorlashga asos bo`ldi va bitiruv ish mavzusini `` I sinfda Matematikadan tayyorgarlik davri darslarini tashkil etish va uni o`tkazish metodikasi`` deb nomladim.

Download 104,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish