Reja:
Kirish
Zamonaviy mulk to’g’risida tushuncha va uning turlari.
Zamonaviy mulk to’g’risidagi multifan asoslari.
Mulkning adolatli qiymati va uni baholash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar zamonaviy mulk tushunchasi, uning adolatli qiymati, mulkchilik munosabatlarining mazmun-mohiyati va uning turli shakllari kabi tushunchalarning mohiyatini kengroq va chuqurroq o’rganishni taqazo etmoqda.
Bugungi kunda mulkchilik munosabatlarining o’zgarishi va xususiy mulkning vujudga kelishi ko’pgina sohalar kabi jumladan, ko’chmas mulk qiymatini baholash faoliyatining rivojlantirishga sabab bo’ldi. Buning natijasida ko’chmas mulk bozori va uning qiymatini baholash xizmatlari bozori o’ta tez sur’atlar bilan rivojlanib, ular o’zaro bog’liqlikda tobora takomillashib bormoqda. Shuni ta’kidlab o’tishimiz mumkinki, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlardan ko’chmas mulk qiymatini baholash, fuqarolarimizning mulkka bo’lgan loqayd qarashlarini tubdan o’zgartirish, mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishdagi iqtisodiy va huquqiy savodxonligini oshirishga harakat qilinmoqda va ma’lum ma’noda bunga erishilmoqda. Bu aytilganlarning tasdig’i sifatida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan: “Tarkibiy islohotlarning yana bir yo’nalishi bu – davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishdir. Biz davlat aktivlarini ochiq-oshkora va samarali sotish uchun, xalqaro moliyaviy va huquqiy maslahatchilarni jalb etgan holda, qator korxonalarni xususiylashtirishga oid keng qamrovli ishlarni boshladik. Umuman olganda, davlat ulushi bo’lgan korxonalar soni, kelgusi ikki yilda kamida 3 barobar qisqartiriladi”1 deb ta’kidlashlari ham hukumatimiz tomonidan xususiy mulk rivojlanishiga e’tibor qaratib kelayotganligidan dalolat beradi, bevosita kurs ishi mavzusini chuqur o’rganishga undaydi.
Shuningdek, kurs ishi mavzusining dolzarbligini mulkchilikka oid nazariy va faktologik bazisni o’rganish, turli mulkiy munosabatlarlarni tartibga soluvchi huquqiy mexanizmning mazmun-mohiyati, hususiyatlari va jihatlarini mustaqil ravishda tahliliy ochib berish va tizimlashtirish asosida konkret bilimlarga ega bo’lish, muhim nazariy-amaliy xulosalar shakllantirish, shaxsiy fikr va qarashlarini asoslab berish qobiliyatiga erishish va ko’nikmasini egallash zarurati belgilaydi. Zero bularning barchasi mulkchilikni yanada rivojlantirish kontekstida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish - hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi”2 degan talabiga hamohang.
Do'stlaringiz bilan baham: |