Mustaqillik yillarida barcha sohalar kabi taʻlim sohasida ham katta oʻzgarishlar, tubdan yangilanishlar yuz bermoqda. Oliy taʻlim muassasalarida dars oʻtish va oʻqitish – davlat taʻlim standartlari asosida yuqori sifatda olib borilishi va ularni xalqaro standartlar darajasida koʻtarish davr talabi.
Bugungi kun yoshlari zamonga mos darajada, hamma imkoniyatlardan foydalangan holda, bilim olishi shart. Shu sababdan, oliy taʻlim muassasalarida yuqori tajribali ustoz pedogoglar tomonidan ochiq darslar ham mazmunli kechalar oʻtkazilib kelmoqda. Bunga institutning Fizika- matematika fakultetida fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi taʻlim yoʻnalishining 3B – guruhida oʻtkazilgan ochiq darsni misol qilib aytsak boʻladi. “Nazariy fizika”ning kvant mexanikasi boʻlimiga tegishli “Shryodinger tenglamasi” mavzusi oʻtkazilgan ochiq darsni fizika-matematika ilimlarining doktori B.Yavidov olib bordi. Tajribali ustoz oʻz ochiq darsini “Fizika oʻqitish metodikasi” kafedrasida tasdiqlangan ish rejaga asoslanib oʻtti.
Airatilgan vaqt davomida mavzuni toʻliq oʻzlashtirish, talabalarning darsga faol qatnashishini taʻminlash va ularning darsga qiziqishini yana da orttirish maqsadida interaktiv usulda tashkillashtirildi. Dastlab oʻqituvchi barcha mavzularni yodga tushirish yaʻni takrorlash maqsadida “Issiqlik nurlanish deb qanday nurlanishga aytiladi?”, “Absolyut qora jism deb nimaga aytiladi?”, “Absolyut qora jism nurlanish qonunlarini tushuntirish uchun Maks Plank qanday tamoyillarga asoslandi?” va “Toʻlqin –zarra dualizmi tamoyili kim tomonidan ilgari surilgan?” kabi tezkor savol javoblardan foydalanib, talabalarni darsga faol qatnashishga chaqirdi. Bunda oʻquvchilar savollarga tezkorlik bilan aniq javob berib oʻttilar.
Bundan soʻng oʻqituvchi kvant mexanikasining asosi hisoblangan Shryodinger tenglamasi, uning ahamiyati va Ervin Shryodinger haqida qisqacha toʻxtalib, olimning tinimsiz izlanishlari natijasida 1933- yili Nobel mukofatini olganini aytib oʻtti. Maʻruzada olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Shryodingerning hayoti va uning izlanishlari” haqida guruhda talabalar tomonidan zamonaviy texnologiyadan foydalangan holda elektron doskada “crossword” yechildi. Darsga barcha talabalar faol qatnashdi. Oʻz navbatida, bunday ochiq darslarni tez-tez oʻtkazilib turishi talaba yoshlarning fanlarni chuqur oʻrganishda, qoʻchimcha maʻlumotlar olishda, oʻquvchilarning bilim koʻnlikma va malakalarini oshirishda yordamini tekkizadi. Tashkillashtirilgan ochiq dars talabalarda ijobiy taʻsir koʻrsatib, ularda nazariy fizikani yana da chuqur oʻrganishga qiziqish uygʻotti.
Bu ochiq darsning qiziqarli va mazmunli oʻtganligi shunchalik lirikaga qiziquvchan talaba Tursunboyeva Dildor darsda oʻqituvchi aytgan har bir maʻlumotlardan ilhomlanib “Kvant fizikasi” haqida sher yozgan.
Kvant fizika faniga
Biz juda qiziqamiz,
Qonunlarning ichida
Sayohatlar qilamiz.
Bahrom domla bilimin
Ayamasdan beradi,
Doskada formulalarning
Hosila, integralin teradi.
Dars vaqtida bizlar
Toʻlqinga xos boʻlamiz,
Operator yordamida
Tenglama hosil qilamiz.
Avstraliyalik mashhur olim
Shryodinger boʻladi,
Tenglamasi tufayli
Nobel mukofat oladi.
I-jahon urushida
Ishtirok ham etibdi,
Har xil fanlarga oid
Kitoblar yozib ketibdi.
Pul birligiga ham
Olim nomi berilgan,
Uning qabriga ham
Formulasi terilgan.
Harakattan toʻxtamay
Bilimlarni olamiz,
Kitoblarni koʻp oʻqib
Shryodingerdek boʻlamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |