Oʻqituvchi
Oʻqituvchi
pedagog
, oʻrta va oliy
taʼlim
tizimi xodimi boʻlib,
oʻquvchi
va
talabalarni
oʻqitish bilan
shugʻullanadi. Boshqa nomlari: "ustoz", "domla", "muallim".
Oʻqituvchi
, muallim — turli yoʻnalishdagi oʻrta umumiy taʼlim maktablari, akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilar bilan taʼlimtarbiya ishlarini amalga oshiradigan mutaxassis.
Oliy maktab Oʻ.lari "domla" deb yuritiladi, ular "oʻqituvchiprof." tarzida umumlashma nom bilan
ham ataladi. Shuningdek, Oʻ.larga nisbatan "muallim" yoki "pedagog" atamasi ham qoʻllaniladi.
Oʻ.lik kasbi juda qadim zamonlardan buyon inson faoliyatining alohida turi sifatida mavjud. Chunki
inson faqat taʼlimtarbiya tufayligini hayotini davom ettira va rivojlantira oladi. Tamaddunning
Ossuriya, Bobil, Misr, Turkiston, Hindiston, Xitoy singari qadimiy oʻchoqlarida topilgan
tarixiymadaniy obidalar bu oʻlkalarda Oʻ.lik kasbi juda qadim zamonlarda shakllanganligini
koʻrsatadi. Bu davrlarda eng oqil, tajribali kishilar Oʻ.lik bilan shugʻullanishgan va ular boshqalarga
Oʻqituvchi dars paytida.
Los Anjeles
,
AQSh
.
qaraganda katta imtiyozlarga ega boʻlishgan. Yunonistonda faqat ozod kishilargina Oʻ.lik qilishga
haqli hisoblangan. Ular mamlakatning turli yoshslarida grammatiatlar, pedanomlar, didaskallar,
pedotriblar shaklida nomlanganlar va koʻpincha oʻz shaxsiy maktablariga ega boʻlganlar. Boy
oilalarda esa, taʼlimtarbiya ishi bilimli va savodli qullarga topshirilib, ular paydagoglar ("pedagog"
soʻzi shundan kelib chiqqan), yaʼni "bola yetaklovchilar" deb atalgan. Rim imperiyasida Oʻ.
imperator nomidan tayinlanadigan davlat amaldori sanalgan. Oʻrta asrlarga kelib, Gʻarb
mamlakatlarida Oʻ.lik bilan, asosan, cherkov xizmatchilari shugʻullanishgan. Shaharlarda dunyoviy
maktablar tashkil topgach, hunarmandchilik sexlari va savdogarlar gildiyalari tomonidan taklif
etilgan yollanma Oʻ.lar paydo boʻldi. Texnika taraqqiy etib, fkazdlar koʻpayishi bilan Oʻ.lik eng
ommaviy kasblardan biriga aylandi. Chunki maʼlum darajada taʼlim koʻrmagan odam texnika
vositalaridan foydalana olmas edi. Buning uchun esa, koʻplab maktab va Oʻ. kerak boʻlardi. Ayni
vaqtda, 18—19-asrlarda boy oilalarda murabbiy, guvernyor singari uy Oʻ.laridan foydalanish keng
yoyildi.
Sharq mamlakatlari, jumladan, Turkiston oʻlkasida ham Oʻ. eng qadimiy va obroʻli kasb hisoblanib,
"ustoz" deb eʼzozlangan. Oʻlkaga islom dini kirib kelishi bilan har bir qishloq, shaharlardagi har bir
mahallada masjid va deyarli har bir masjid qoshida maktab tashkil etildi. Bu maktablarning Oʻ.lari
domla deb ataldi. Shuningdek, maktablar alohida shaxslar uyida ham tashkil etilib, ular
maktabdor deyilgan. Oʻlkamizda qizlarni oʻqitishga ham alohida eʼtibor qaratilib, savodli ayollar
uylarida otinoyi maktablari tashkil etilgan. Bu maktab Oʻ.lari otinoyi yoki otinbibi deb yuritilgan.
Taʼlim davlatdan ajratilganligi, bolalarning oʻqishi, asosan, ota-onalarning ishi hisoblangani uchun
ham Turkistonda Oʻ.lik kasbiga maxsus tayyorlanilmagan. Madrasa koʻrgan yoki maktabdan
soʻng oʻz ustida ishlagan savodli kishi Oʻ.lik bilan shugʻullanishi mumkin boʻlgan.
19-asrning oxiridan, yaʼni oʻlkada maʼrifatchilik harakati paydo boʻlishi bilan Oʻ.ning saviyasiga
alohida eʼtibor beriladigan boʻldi. Turkistonda anʼanaviy yoʻsinda oʻqitadigan Oʻ.lar bilan birga
Yevropa mamalakatlaridan oʻzlashtirilgan usullarda dars beradigan yangi muallimlar ham faoliyat
koʻrsata boshladi. Bu hol, ayniqsa, jadidchilik harakati avj olgan kezlarda ancha keng yoyildi. Oʻ.lar
saviyasining oshganligi millat ruhiyatida uygʻonish boʻlishiga, taraqqiyotning bir qadar
tezlashuviga olib keldi.
Oʻ. oldida turgan vazifalar va uning mavqei jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha
boʻlgan. Jamiyat gullabyashnagan davrda unga eʼtibor yuksak boʻddi yoki Oʻ.ning mavqei
koʻtarilgani uchun jamiyat rivoj topdi. Oktabr toʻntarishi amalga oshgandan soʻng va
shoʻrolarning oʻz oldiga qoʻygan ommani yoppasiga savodli qilish vazifasini bajarish uchun
Turkistonda ham tizimli ravishda Oʻ. tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Chunki butun oʻlka boʻylab
ochilgan maktablarda ishlaydigan mutaxassislar kerak edi. Shu sababli Oʻ.lar shoʻro
hokimiyatining dastlabki yillarida urushga olinmaydigan boʻldi. Taʼlim tizimi ham mafkuraga
boʻysundirilgan shoʻro davrida Oʻ.lar hukmron siyosatni oʻtkazuvchi kuchga aylantirildi. Ular
bevosita taʼlimtarbiyaga tegishli boʻlmagan turli gʻoyaviy-siyosiy hamda tashkiliy ishlarga
meʼyoridan ortiq jalb etildi. Oʻziga xos boʻlmagan ishlar bilan shugʻullanish Oʻ.lar obroʻsining
pasayishiga olib keldi.
Sobiq Ittifoq tarkibidagi boshqa respublikalar singari Oʻzbekistonda ham 1936-yil 10 apr.dan
SSSR MIK va XKS tomonidan shaxsiy Oʻ. unvoni (ixtisosligi) joriy etildi. Oʻshandan boshlab ped.
oʻquv yurtini bitirgan va davlat imtihoni topshirgan shaxsga rasmiy tarzda Oʻ. ixtisosligi
beriladigan boʻldi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Oʻ. tayyorlashga alohida eʼtibor berila boshlandi. Bu "Taʼlim
toʻgʻrisida"gi qonun (1997-yil 29 avg .da qabul qilingan) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oʻz
aksini topdi. Oʻzbekistonda Oʻ.lar universitetlar, ped. oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Oʻ. oʻz
pedagogik faoliyati jarayonida ilmiy bilimlarni egallab, pedagogik qobiliyatini shakllantirib boradi.
Mamlakatda oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimi joriy etilgan, har bir Oʻ. ga oʻqituvchilar
malakasini oshirish intlarida bepul pedagogik va metodik yordam olish imkoniyati berilgan.
Mamlakatda har yili 1-oktabrda "Oʻqituvchilar va murabbiylar" kuni umumxalq bayrami sifatida
nishonlanadi. Respublikada "Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi", "Oʻzbekiston
Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi", "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat
koʻrsatgan yoshlar murabbiysi" singari faxriy unvonlar mavjud. Oʻ.larga maksimal darajada qisqa
ish kuni va haq toʻlanadigan eng uzun mehnat taʼtili belgilangan. Shuningdek, Oʻ.lar uchun xalq
taʼlimi va ped. gazeta va jur.lari, jumladan, oʻzbek tilida "Maʼrifat", rus tilida "Uchitelskaya gazeta"
("Oʻqituvchilar gazetasi") gaz.lari, "Xalq taʼlimi", "Boshlangʻich taʼlim", "Uzluksiz taʼlim", "Taʼlim
taraqqiyoti", "Taʼlim va tarbiya", "Til va adabiyot taʼlimi" jur.lari, pedagogik va metodik adabiyotlar
nashr etiladi.
2002/03 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi kunduzgi umumiy taʼlim maktablarida 461,1 ming
oʻqituvchi ishladi. Ulardan 5 kishi (M.Ismatova, M. Madaliyeva, M.Zokirov, V. Pak, A. Mahmudova)
Oʻzbekiston Qahramonidir (2005).
Shuni aytish kerakki, Oʻ. alohida ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat aʼzolarining shakllanishiga taʼsir
koʻrsatgani uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki
u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham Oʻ.ning
professional jihatdangina yetuk boʻlishi kifoya qilmaydi. Uning maʼnaviy olami oʻquvchilarga
singdirilishi koʻzda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga toʻyingan boʻlishi kerak. Oʻ.lar tayyorlanadigan
oʻquv yurtlarida ayni shu jihatga alohida eʼtibor qaratiladi.
Hozirgi pedagogika fani Oʻ.ning amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik,
ijrochilik singari vazifalari borligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni toʻla uddalaydigan Oʻ.gina
bugungi yosh avlodning barkamol shaxslar sifatida shakllanishiga taʼsir koʻrsata oladi. Istiqlol
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
davri Oʻ.larida ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish mamlakat taraqqiyotini taʼminlash
omilidir.
Barkamol avlod orzusi, T., 1998; Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi [tuzuvchilar K. Hoshimov,
S.Ochil), 1—2j.lar, T., 1995, 1999; Pedagogik izlanish, T., 1990; Yoʻldoshev Q., Oʻqituvchi kitobi,
T., 1997. Qozoqboy Yoʻldoshev.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Kasbga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?
title=O%CA%BBqituvchi&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=O
ʻ
qituvchi&oldid=2403979
"
dan olindi
Adabiyot
Do'stlaringiz bilan baham: |